UZFOR
Bildirishnomalar 0
Сирожиддин
tomonidan
axwze
ning
Fhost.uz - Sifatli hosting
nomli mavzusi faollashtirildi!
Bahh_Tee
tomonidan
Bahh_Tee
ning
CORES.UZ - Dasturchilar dunyosi
nomli mavzusi faollashtirildi!
Сирожиддин
tomonidan
Astanov
ning
Menga qoshiling va tredingni organing
nomli mavzusi faollashtirildi!
Сирожиддин
tomonidan
Сирожиддин
ning
Forumini soddalashtirish bo‘yicha takliflar (fikringiz muhim)
nomli mavzusi faollashtirildi!
Сирожиддин
tomonidan
Astanov
ning
Asadbek
nomli mavzusi faollashtirildi!
Forum
Chat
1107
Statistika
UZMOBI.UZ
Yana
Foydalanuvchilar
Forum faollari
Mukofotlar
Sayt statistikasi
Ma'lumot markazi
Sayt qoidalari
Postga havola
Viktor Tomilov. Kosa tagida nimkosa!
17:21:29, 14 Jun 2019
AMIROV
Viktor Tomilov
Afroizmlari
Kim bitta toshga ikki marta qoqilsa, uchinchi marta ham qoqiladi.
* * *
Batartib turmush uchun kurashib, o‘z uyida shikoyat daftari yuritishni yo‘lga qo‘ydi.
* * *
Agar dunyoni ag‘dar-to‘ntar qilmoqchi bo‘lsang, buning yo‘li oson: oyog‘ingni osmonga qilib, boshing bilan tursang bas.
* * *
O‘rmondagi e’lon: tsirkda ishlash uchun olim ayiq kerak.
* * *
Ko‘k rang tinchlantiradi: masalan, ko‘z ostidagi ko‘kariq…
* * *
Tushlar nafaqat umrni, balki ish vaqtini ham qisqartiradi.
* * *
Erning tortish kuchi hamma joyda bir tekisda emas: mansab orom kursilarida u sezilarli darajada kuchliroq.
* * *
Agar o‘zingizda kitobni ochishga yetgulik kuch topolmayotgan bo‘lsangiz, bemalol og‘ir atletika bilan shug‘ullansangiz bo‘ladi.
* * *
Bo‘ydoqlikning barcha huzur-halovatini his qilish uchun… uylanish kerak.
* * *
San’at qurbonlar talab qiladi, ammo qurbonlar hammavaqt ham spektaklga kelavermaydi.
* * *
Farishtadek yashash uchun shaytondek ishlash kerak.
* * *
O‘qishni boshlash hech qachon kech emas, hatto oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin ham.
* * *
E’lon: hammualliflar guruhiga muallif kerak
* * *
Ichishni tashlash o‘zi ozlik qiladi, sog‘lom fikrlashni ham o‘rganish lozim.
* * *
Kitob javoniga “dafn qilingan” kitobni dunyo yuzini ko‘rdi deb hisoblash mumkinmi?
* * *
Xotini uni katta odam deb hisoblaydi, chunki xotini olib bergan kiyimlari hamisha kattaroq keladi.
* * *
Pulni narigi dunyoga olib ketib bo‘lmaydi, ammo pul bilan orttirilgan shuhratni olib ketish mumkin.
* * *
Stolning fikri: oyoqlar va keng yelka bo‘lsa bo‘ldi, bosh hammavaqt topiladi.
* * *
— Eh! Mening hayotimga hech kim aralashmagandami! Nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatib qo‘yardim! — dedi xamir.
* * *
Yaxshi eshitish qobiliyati nafaqat musiqachilarga, balki jamoatchilikning fikrini bilishi lozim bo‘lgan odamlarga ham kerak.
* * *
Shuhratparast edi… jismoniy mashqlardan faqat yuqoriga tortilishnigina bajarardi…
* * *
Nog‘oraning asosiy afzalligi — ichi bo‘shligidir.
* * *
Ishlayotganlarga kamroq xalal berish — ishlab chiqarishni o‘stirishning katta zaxirasidir.
* * *
Bir ko‘z qisish bilan bitadigan ishlar bor, ammo kimga ko‘z qisishni bilish kerak-da…
* * *
Qo‘llar va oyoqlar tezroq boyib ketishni istab qolishganda, boshni qimmatroq bahoda sotishga harakat qilishadi.
* * *
Oltindan yasalgan baliq Oltin baliq bo‘lolmaydi.
* * *
O‘zing o‘tirgan shoxni kesishning nima keragi bor? Pishaver — o‘zlari qoqib tushirishadi.
* * *
Butun hayotida qiyshiq oynaga qarab kelgan odam to‘g‘ri oynadan o‘zini taniy oladimi?
* * *
Odam hamma narsaga qodir! Faqat odam bo‘lish qiyin.
* * *
Miqdor sifatga aylanadi, ammo yuqoridan berilgan ko‘rsatma bo‘yicha…
* * *
Qanday boy til!… U bilan har qanday miqdordagi pulni ifodalash mumkin.
* * *
Agar qo‘llar qisqa bo‘lsa, unda muvaffaqiyat oyoqlarning uzunligiga bog‘liq bo‘ladi.
* * *
Keng xalq iste’moli mollari fabrikasi parodiya janrida faoliyat ko‘rsatardi…
* * *
Uchar likopchani cho‘chitib yubormaslik uchun unga qoshiq ko‘tarib yugurib bormaslik kerak…
* * *
Qora kunga deb o‘g‘irlangan narsa o‘sha kunni yaqinlashtiradi.
* * *
Moddaning og‘irligi o‘lchanayogan joyga emas, kim o‘lchayotganiga bog‘liq.
* * *
Ayrim odamlar qayerga yiqilishi mumkinligini bilishadi va oromkursi hozirlab qo‘yadi.
* * *
Eshakning faxrlanish uchun asosi bor — uni tez-tez odam bilan tenglashtirib turishadi.
* * *
Ko‘z, qosh, burun ham milliy o‘ziga xosliklarga… og‘iz esa baynalmilal xarakterga ega.
* * *
Bo‘ri ham qo‘ylarni yaxshi ko‘radi, ammo o‘ziga xos tarzda…
* * *
Yozganlari shunchalar xom ediki, g‘ijimlab o‘choqqa solganda ham yonmadi.
* * *
Odamlarni bir-biridan masofa emas, fikrlar uzoqlashtiradi.
Biriktirilgan fayl:
(145.47 kb.)
Yuklandi: 204 marta
« Mavzuga qaytish
Kunduzi: °C
7 Feb 2026 yil
Joylashuv aniqlanmadi
Men turgan joyni ko'rsatish
Shaxsiy ma'lumotlar
Ism, Familiya, Manzil
Sozlamalar
Mahfiylik siyosati, sozlamalar
Xavfsizlik
E-mail, Login, Parol
Bildirishnomalar
Mavzularda, chatlarda javoblar, tizimdagi yangilanishlar
Reklama
Reklamangiz uchun individual joy
Hozir saytda: 206 onlayn
O'tgan haftaga nisbatan
45%
45% Complete
CORES.UZ
Платформа разработчиков
который можно найти всё
UZFOR.NET - Rasmiy guruh
t.me/@uzfornet_rasmiy
Home
Mail
Chat
Notify