Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (u 70% qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 mln. qidiruv soʻrovlarini registratsiya qiladi va ayni vaqtda 8 mlrd. dan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google 101 tadan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq komputerlardan iborat.(2004-yil avgust oyi maʼlumotlariga asosan)