Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=68913
Postga havola
uDesign [758] [off]
AJAX web dasturlash texnologiyasi bo’lib, uning yordamida interaktiv web ilovalarni yaratish mumkin. Agar sizda JavaScript, HTML, CSS va XML bo’yicha bilimlar mavjud bo’lsa, sizga AJAXni o’rganish uchun bir soat yetarli.
Ushbu kursni o’rganishingiz uchun sizda HTML va JavaScript bo’yicha bilimlaringiz bo’lishi kerak.
1-qism. AJAX nima?
AJAX nomi Asynchronous JavaScript and XML deb yoyiladi. AJAX XML, HTML, CSS va JavaScript yordamida interaktiv, tez ishlaydigan web ilovalar yaratishga mo’ljallangan yangi texnologiya hisoblanadi.
AJAX content uchun XML, natija ko’rsatish uchun CSS va dinamik content ko’rsatish uchun esa DOM va JavaScriptlardan foydalanadi.
Oddiy web sahifada ma’lumot serverdan(shuningdek serverga) sinxron so’rovlar yordamida uzatiladi. Bu degani formani to’ldirib jo’natish tugmasini bosganingizda sizning oynangiz yangilanib serverdan kelgan yangi ma’lumotlar bilan to’ldirilgan sahifani ochadi.
AJAX bilan esa, yuqoridagi holat ancha qulayroq amalga oshadi. Jo’natish tugmasini bosganingizda JavaScript serverga ma’lumotlarni uzatadi, natijani qabul iqladi va uni sahifaning kerakli joyiga joylashtiradi. Bu holatda siz ma’lumot serverga uzatilib natija qaytarib olinganini umuman sezmaysiz.
XMLdan asosan serverdan keluvchi ma’lumotni qabul qilish vositasi sifatida foydalaniladi.
AJAX – web browser texnologiyasi hisoblanadi. Shuning uchun ham serverda qanaqa dastur ishlashidan qat’iy nazar undan foydalanish mumkin.
Foydalanuvchi AJAX yordamida server bilan ma’lumot almashish jarayoni bo’layotgan paytda ham sahifadan foydalanishni davom etishi mumkin. Chunki AJAX barcha ishlarini orqa fonda(backgrounda) amalga oshiradi.
AJAX ishlatilganda sahifa emas ma’lumot almashinadi.
RIA texnologiyasi.
RIA haqida qisqacha. RIA(Rich Internet Application) texnologiyasi – bu kompyuter dasturlarining xususiyatlariga ega bo’lgan web ilovalar. RIA tushunchasi SPA(single-page application)ga bog’liq hisoblanadi. U foydalanuvchiga drag-and-drop(oynadagi elementlarni sichqocha yordamida harakatlantirish xususiyati), fon menyusi(sichqoncha o’ng tugmasini bosganda chiquvchi menyu), WYSIWYG(What you see is what you get) tahrirlash va shu kabi interaktiv xususiyatlarini taqdim etadi. HTML5 hozirgi ko’pchilik zamonaviy browserlar uchun RIAni ishlatishga standard bo’lib hisoblanadi.
RIAda AJAX
AJAX shu paytgacha bo’lgam eng asosiy RIA texnologiyasi hisoblanadi. U hozirda juda rivojlanmoqda hamda u asosidagi ko’plab freymworklar paydo bo’lmoqda. Ammo, shu bilan birga, AJAX ba’zi browesarlarda ishlamay qolsihi mumkin hamda u faqat JavaScript bo’lgan holdagina ishlaydi. JavaScriptni esa ishlatish va debug qilish ancha murakkab.
AJAXda ma’lumotlar bilan ishlashning qisqacha tavsifi:
HTML va CSSdan foydalangan holda browserda ko’rsatadi
Ma’lumot XML ko’rinishida saqlanadi hamda u serverdan olinadi.
Browserda XMLHttpRequest oyekti yordamida ma’lumotlar orqa fonda olinadi.
Browserga chiqarish JavaScript yordamida amalga oshiriladi.
3 daqiqa 13 soniyadan keyin yozdi:
AJAX bu dasturlash tilli emas!