Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=70032
Postga havola
AMIROV [324] [off]
Шохжахон, # Шохжахон (20.08.2019 / 12:20)
Мансурбек, Nimaga bunday qilinyapti. Majburiy deb aytyapti rahbarimiz. Agar olmasak maktabda majlisda o'rtaga chiqarib sharmanda qilarmush.Joriy o‘quv mavsumidan O‘zbekistonda yagona o‘quvchi formasi joriy etilishi nazarda tutilgandi. Ammo hukumatning tegishli qaroriga o‘zgartirish kiritildi, yagona va majburiy formani joriy etish masalasi esa 5 yilga kechiktirildi.
Bundan tashqari, maktab direktorlari yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlandi.
O‘zgarishlar ketidan yagona maktab formasini tayyorlab, bozorga chiqishga tayyor turgan tikuvchi-tadbirkorlar norozi bo‘lishmoqda. Ular zaxira matolar allaqachon sotib olingani, tikuv ishlari boshlangani, ammo istiqboldagi xaridorlar yo‘qligidan xavotirda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov bilan suhbatlashdik.
«To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish ishida katta muammo paydo bo‘lmaydi, eng katta masala esa mahsulotni sotishda ko‘rinadi. Tadbirkorlar to‘g‘ri ta'kidlayaptiki, xarajatlar qilindi, zaxira matolar xarid qilindi», — deydi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov.
Uning aytishicha, hukumat qarori qabul qilinishi bilan u majburiy xarakterga ega bo‘lmadi. Yagona maktab formasini tanlab, uni amaliyotga joriy etish uchun ko‘p sinov va takliflar ko‘rib chiqildi.
«Adashmasam, 100ga yaqin dizaynlar ko‘rildi. Shaxsiy fikrim sifatida ochig‘ini aytaman, masalan ota sifatida mening nazarimda eng mos va zo‘ri forma tanlandi, deya olmayman. Men xohlardimki, o‘quvchilar trikotaj matodan ishlangan formada yursa, bolalar harakatlanishda qiynalmaydi. Uni yuvib, tozalab kiyaversa bo‘ladi, ko‘ylak va kostyum o‘ziga yarasha parvarish talab etadi», — deydi u.
Raisning ta'kidlashicha, trikotaj matodan tikilgan formalar narx va sifat jihatdan ustun va voyaga yetmagan o‘smirlar sog‘lig‘i uchun salbiy ta'siri yo‘q. Haydarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli mish-mishlarni inkor etib, maktab formasini joriy etishda kimgadir monopol huquqi berilmaganini ta'kidladi.
«To‘qimachilik sohasida ishlab yurgan korxona vakillari uyushma huzurida tashkil etilgan dizayn markazida o‘qib, malaka oshirdi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va soliq tushumini saqlab qolish uchun hokimlar ham o‘z hududida bo‘lgan tikuvchining ishlashidan manfaatdor edi. Umuman 218ta korxona tanlab olindi. 1,5 million nafar o‘quvchi uchun mato zaxirasi shakllantirildi, 600 ming uchun forma allaqachon tikilgandi. Mato bo‘lsa, undan forma tikish faqat vaqt masalasi. Zaruriyat bo‘lsa, ish 3 smenada tashkil etiladi», — deya ta'kidladi u.
Ilhom Haydarovning ma'lum qilishicha, yagona maktab formasi bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsa, aholi xarid quvvatiga ham salbiy ta'sir qilmaydi. Shuning uchun uni joriy o‘quv mavsumidan majburiy tatbiq etish masalasi qayta ko‘rib chiqildi.
«Mahsulotlar esa sotiladi, lekin qachon sotilishi jiddiy masala hisoblanadi. Bu soha vakillari katta aylanma mablag‘ga ega emas, barcha uzilishlar tovar tannarxiga o‘tiradi. Bu bevosita raqobatbardoshlikni pasaytiradi. Har bir tadbirkor 6 oy yo 1 yillik biznes rejani tuzib, ish boshlaydi. Albatta, birinchi qaror e'lon qilinganda, eng kamida 200 nafar tadbirkor 5 millionga yaqin maktab formasini tikish bo‘yicha buyurtmani tayyorlashni reja qilgandi. Shuning uchun, ularning noroziligini biz tushunamiz, ularni himoya qilish bizning vazifamiz. Hukumatga turli taklif va yechimlar taqdim etilgan, masalan tikilgan tayyor maktab formalarini davlat zaxirasi uchun sotib olib, tadbirkorlarni moliyaviy inqirozdan qutqarib qolish ham mumkin», — deydi u.
Video lavha: https://youtu.be/H_H3J_7Fh1Y?t=3
Manba: http://kun.uz