Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=70808
Postga havola
Ali AVFO Xujandiy [364] [off]
Cyclone, Siz aytayotgan Singapurlik “qizcha”ning mijozlari asosan Yevropalik bo‘lsa kerak?! Yoki adashdimmi?! Oylik, maoshlarniku taqqoslash ham shart emas. Buyurtmachining talablariniku aytmasak ham yo‘q.
Shu voqea nimagadur esimga tushib ketdi:
Bir kuni tulki daryo qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi: - “Daryo suvining chuqurligi qancha ekan?”
Tuya javob berdi: - “Tizzagacha ekan”. Tulki daryoga tushdi. Tushishi bilanoq suvga cho‘ka boshladi. Chunki, suv uni butunlay ko‘mib qo‘ygan edi. Ko‘p mashaqqat chekib boshini suvdan chiqardi va zo‘rg‘a daryoning o‘rtasidagi katta xarsang toshga chiqib oldi.
Biroz xansirashi bosilgach, tuyaga qarata g‘azab bilan: - “Sen menga suvning chuqurligi tizzagacha demaganmiding?!” deya baqirdi. Tuya bunga javoban: “To‘g‘ri, shunday dedim. Tizzamgacha yetadi-da” dedi. Tuya bilan tulkining bo‘yi orasida farq bor, albatta. Siz xam xayotingizdagi biror ish yuzasidan birovdan maslaxat so‘rayotganingizda u sizga o‘ziga foydasi tekkan va o‘zi tajriba qilib ko‘rgan doiradagina maslaxat beradi. Va ko‘pincha aytayotgan maslaxatlari o‘zigagina mos va munosib bo‘ladi, sizga esa to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun boshqaning o‘ziga xos bo‘lgan tajribasini o‘z muammoyingiz uchun asosiy yechim yoki qat’iy xukm qilib olmang! Chunki, u yechim sizni tulkiga o‘xshab g‘arq qilishi mumkin.
Siz aytayotgan Singapurlik qizchaning mijozlari tuya, bizlar esa oddiy tulkimiz. Kulmang, rostan ham tulkimiz ;)
Mavzuga to‘xtaladigan bo‘lsak, qaysidir ma’noda haqsiz, xizmatni pasga urish to‘g‘ri emas, lekin.. bozor shunaqa. Uyog‘ini sixni ham, kabobni ham kuydirmasdan kelishib olishsa sotuvchi ham, buyurtmachi talofat ko‘rmaydi. Sog‘ bo‘lasiz