Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=73376
Postga havola
menejer [73] [off]
Xorazmda sovchilikka erkaklar borishadi, chunki "xotin boshlagan to'ydan to'y bo'lmaydi" deyishadi. To'g'ri oldin ayollar qiz topadi, surishtiradi, lekin qizni so'rab birinchi erkaklar boradi va erkaklar bilan gaplashadi. Qizni otasi "Maslahatlashib ko'raylik" deydi xotini orqali qizini ko'nglini biladi, aka-ukalar, opa-singillar bilan asosan katta yoshli amaki, tog'a (doyi) amma xola opalarni yig'ib maslahat qilishgach sovchilar ikkinchi kelishda javobini aytadi. agar bermasa o'zi yoki birov orqali rad javobini yetkazadi, shunda sovchilar "birovni eshigiga 2 marta borib quruq qaytibdi" degan gapni eshitmaydi-da. Ikkinchi borishda ba'zan birinchi borishda qandni qandni berib kelsa ish pishgani, qand degani 2-3 kilo qimmat shokolad bo'ladi))) Keyin "qatlama-patir" olib boriladi ana unda ayollar xam boradi va qizga qalin puli beriladi, buniyam erkaklar kelishadi ayollar aralashmaydi. qalin puli kelishuvga qarab deylik 10 million o'rtacha. keyin kelinni kiyintirib kelishadi tilla taqinchoqlar, yozgi, qishgi, kuzgi-bahorgi kiyimlar 2-3 tadan kuyovni onasi amma xolasi olib beradi, kelin xam opasi yoki amma xolasi bilan boradi bozorga, bu xam qanchadan millionlarga tushadi kuyov tarafga. Albatta bir viloyatning o'zida bir-biridan farqlanuvchi urf odatlar ko'p. Men bu borada tajribam yo'q, bilganimcha asosiy narsalarni aytdim to'ydan oldingi. Xa aytgancha qizni otasi 10 million qalin pulni ustiga bir molni pulini qo'shib qiziga sep qo'shadi. To'y kuni xam qiz tomonni asosiy xarajatini kuyov tomon beradi un, yog', guruch, go'sht va h.k.
9 daqiqa 36 soniyadan keyin yozdi:
qalin pulni ustiga bir molni pulini qo'shib" deganin hazilomuz gap aslida, bu otani himmatiga bog'liq, xoxlasa 12 million qalin olib 7-8 millionlik sep qo'shadi. Xorazmda kelin taraf kuyovga xech narsa obermaydi. oberadiganlariyam bor kastyum shimini lekin qalin puli olayotganda kastyum shimni pulini oladi)))
9 daqiqa 36 soniyadan keyin yozdi:
qalin pulni ustiga bir molni pulini qo'shib" deganin hazilomuz gap aslida, bu otani himmatiga bog'liq, xoxlasa 12 million qalin olib 7-8 millionlik sep qo'shadi. Xorazmda kelin taraf kuyovga xech narsa obermaydi. oberadiganlariyam bor kastyum shimini lekin qalin puli olayotganda kastyum shimni pulini oladi)))