Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=76574
Postga havola
Сирожиддин [2882] [off]
Quyoshli kunlarning birida muallima o’z o’quvchilariga odatdagidek dars o’tayotgan edi. Birdan xayoliga yangi fikr kelib qoldi.
Quyosh nurida toblanish va o’zgacha uslubda dars o’tish uchun o’quvchilarni tashqariga olib chiqdi.
Tashqariga chiqishgach, muallima maktab tomorqasida yangi ekilgan ko’chatlardan birini ko’rsatib, o’quvchilardan birini uni sug’urishga yubordi. O’quvchi borib, ko’chatni sug’urdi. Keyin boshqa ko’chatni sug’urishni buyurdi. O’quvchi uni ham qiynalmasdan sug’rib oldi. Shundan keyin muallima mazkur o’quvchiga katta daraxt oldiga borishni va uni sug’urishni tayinladi. O’quvchi ustoziga qarab: “Ustoz, bu qo’limdan kelmaydi. Bu darxt ancha oldin ekilgan qadimiy daraxtdir. Tanasi ham katta. Buni sug’urishga kuchim yetmaydi” dedi.
O’quvchidan bu javobni eshitgan ustoz tabassum qildi va qolgan talabalarga qarab: “Bu o’simliklar bizning yomon odatlarimiz deb faraz qilaylik. O’sha odatlarimiz eskirib borgani sayin qalbimizda, tana a’zolarimizda chuqur o’rnashib oladi. Keyin biz ulardan voz kechishimiz, qutulishimiz qiyin bo’ladi. yomon odatlarimiz endi ko’rina boshlagan paytda yangi ekilgan ko’chatlar kabi sug’urib tashlash oson bo’ladi. Shuning uchun ulardan qutulish maqsadida harakatni hozirdan boshlaylik! Ularni yaxshi odatlar va fazilatlarga almashtiraylik!” dedi.