Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=76714
Postga havola
Bukmekerlik nima? Stavka o‘ynab boyib ketganlar va Santa Klaus o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
20:31:45, 6 Dec 2019
20:31:45, 6 Dec 2019
sobirjonovv [1587] [off]
Iltimos , boshidan oxirigacha o'qing!
Misol uchun do‘stlaring bilan bitta amakining oldiga kelasanda, aka "Real" - "Barselona" o‘yiniga pul tikmoqchimiz deysan. Amaki esa o‘zining hisob-kitoblaridan kelib chiqib, uka "Real" g‘alabasiga 100 so‘m tiksang, 200 so‘m yutasan, "Barselona" g‘alabasiga 100 so‘m tiksang, 150 so‘m yutasan, durang bo‘ladi deb 100 so‘m tiksang, 300 so‘m yutasan deydi.
Sen va yana 8 nafar Eshmat "Real" g‘alabasiga deb 100 so‘mdan pul tikasizlar. Bir Toshmat esa "Barselona" g‘alabasiga deb tikadi. O‘yinda "Barselona" yutdi. Sizlardan to‘plangan 1000 so‘m puldan amaki Toshmatga 100 so‘m o‘zining puli va 150 so‘m yutug‘ini beradi. Amaki 750 so‘m plyusda. Eshmatlar esa minusda.
Eng qizig‘i shu yerda boshlanadi. Pul yutgan Toshmat, bundan sevinib ketadi, axir osongina pul yutdi. Yana yutaman deb o‘ynayveradi. Yutqazgan Eshmatlar esa yutqazgan pulimni o‘rniga qo‘yishim kerak deb o‘ylab yana o‘ynayveradi. Natijada vaqt o‘tgan sari sen ularning quliga aylanib boraverasan. Bu fan tilida ludomaniya deyiladi.
Bukmekerlik kontoralarida juda katta pullar aylanadi. Reklamalarga ham pullarni ayashmaydi. Sening biron sevimli blogering shu narsalarni reklama qilishi mumkin, chunki unga juda katta pul to‘lashadi. U esa o‘z vijdoni va pul o‘rtasidagi tanlovda pulga yengilib, reklama qilishi mumkin.
Blogosferada sportga ixtisoslashgan kanallardan tashqari har qanday kanalning bukmekerlarni reklama qilishi "zashkvar" xisoblanadi. Ya’ni bu ish eng pastkash insonlarning ishi. Hattoki kun bo‘yi mardikorchilik qilib, qora terga botib ishlab ham pulini stavkalarda yutqazib yuboradiganlar ko‘p dunyoda. Chunki ularning xayoli osonlik bilan boyib ketishda.
Bizda, sir emas bukmekerlar, stavkalar o‘sha qarorsiz ham bemalol ishlashyapti. Hatto o‘sha mashhur kontoralarning saytlari o‘zbek tilida ham bor (mijozga munosabatni qara?) Yigitlar Viza karta ochishib, onlayn o‘ynashmoqda. Bu yerda katta pullar davlat solig‘idan qochib aylanadi. Balki, davlat shuni tartibga solishni xohlar. Bu loyiha "pirog shundoq ham yurtimizga kirib kelib bo‘lgan bo‘lsa, nima uchun uni bir qismini o‘zimiz yemasligimiz kerak?" degan savol bilan qilingandir.
Men bu qarorni bekor qila olmayman, lekin qoralayman. Imkonim boricha yoshlarni bu illatning zararlaridan ogohlantirib boraman.
Bukmeker kontorasini reklama qilgan blogerni ko‘rsam, yuziga tupurvorsam kerak. Reklamasining pulidan yuzini artgani salfetka sotvolaveradi.
Kuzatishlarim bo‘yicha, hozir O‘zbekistonda juda ko‘pchilik yoshlar futbol, tennis, basketbol va boshqa sport turlarini tomosha qilishga qiziqishmoqda. Ming afsuski, ayrimlarda bu qiziqishlar shunchaki sportga bo‘lgan muxlislik emas... Sizga “Bukmeker”, “Stavka”, “1хbet” degan so‘zlar tanishmi? Tanish bo‘lmasa tanishga ham qiziqmang.
Sizlarga "bu qimor, gunoh bo‘ladi" deb nasihat qilmoqchi emasman. Shunchaki, bir misol tariqasida stavkadan hech qachon boyib ketmasligingni tushuntirmoqchiman. Masalan, “Kaper” degan kasb bor, ular sport o‘yinlari tahlilini qilib, o‘sha ekspress stavkalar uchun go‘yoki 100 foiz aniq natija deb, laqmalarga sotadi. Sen esa undan o‘sha go‘yoki 100 foiz aniq narsani sotib olasan, kamiga unga pul ham tikasan. Natijada, ikki baravar pul yutqazasan.
Endi savol! Nima uchun kaperlar o‘zlari 100 foiz aniq xulosasi orqali o‘zi o‘ynamaydi? Lekin senga sotadi. Chunki, bu hech qachon 100 foiz aniq bo‘lmaydi. Bu xuddiki folbinlarga ishonishday gap. Folbinlar, bashoratchi sharlatanlar ham boshqalarga ertak to‘qib bergani uchun pulini olishadi, lekin o‘zi qaysi lotereyani sotib olib, yutish mumkinligini bilmaydi. Chunki ular oddiy firibgar, xolos.
Endi yuqoridagi savol: Stavka o‘ynab boyib ketganlar va Santa Klausning o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Ular ikkalasi ham real hayotda yo‘q. Bog‘liqlik shunda.
Hech qachon stavkalar orqali boyib ketgan odamlarni ko‘rmadim... Ko‘rgan ekanman, o‘sha “Fonbet”, “1хbet” va shu kabi bukmekerlik kontoralarini ochgan va uni yurituvchi odamlar boy bo‘lishadi. Lekin ularni sen va sen kabilar boy qiladi. Bir marta yutgan bo‘lsang, omad hamisha kulib boqaveradi, degani emas. Stavka o‘ynab, boyib ketganlarni ko‘rmasamda, stavka o‘ynab xonavayron bo‘lganlarni ko‘rdim.
Bu azart, borib-borib narkotik kabi seni o‘z quliga aylantirib oladi va bundan chiqib ketish qiyin bo‘lib qoladi. Ko‘zingni och, do‘stim. Agar bekorchi puling bo‘lsa, investitsiya qil, biznesga tik. Yoki shunchaki extiyojmand odamlarga yaxshilik qil. Birovga qilgan yaxshiliging albatta bir kun kelib, undan bo‘lmasada boshqalardan qaytadi. Men buning ko‘p guvohi bo‘lganman. Insonlarga yaxshilik qilishingdagi ularning minnatdor ko‘zlariga qarab turish ham, o‘sha stavka azartidan kam ma’naviy kayf bermaydi odamga.
Yigitga berilgan omad, bir marta 100 ming so‘m pul yutib olishda sarflanib ketmasin...
Manba: Sof.uz