Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=77518
Postga havola
sobirjonovv [1587] [off]
Havo etni junjiktirar darajada sovuq. Isinib olish uchun uyga shoshaman. Xospisdagi bolalar uchun mandarin yoki biror shirinlik olmaganim yodimga tushadi.
Mashinamni Fudsiti tomonga buraman. Mana... Apelsin, mandarin yana qandaydir mevalarning yoqimli hidi tutgan bozor. Aravalar orasidan tiqilib o‘tib abxaz mandarinlari sotiladigan joyga bordim. Tatib ko‘rdim, mazasi boshqacha. “Onam haqi qasam ichaman, Abxaziyaniki”, deydi sotuvchi. Lekin men ham, u ham mandarin u joydan kelmaganligini bilamiz. “Nega yolg‘on gapirish kerak ekan-a”, deb o‘ylayman.
Uch quti arzonroq serb mandarinlaridan oldim, aravakash yuklarimni aravaga soladi va biz chiqish tomonga yo‘l olamiz. Eshik oldida pilladek o‘rab, osib qo‘yilgan o‘zbek qovuni diqqatimni o‘ziga tortadi. Sotuvchi tarozida qovunni tortar ekan, uch quti mandaringa ko‘zim tushib: “Juda ko‘p olmadingmi, bitta o‘zinggami?”, dedi.
“Bu bemor, yetim bolalarga”, deyman. Ruschada qiynalib gapirayotgan sotuvchining yuzi jiddiylashdi, yana bir marta qayergaligini so‘radi. Indamay bir quti xurmoni ko‘tarib aravaga qo‘shdi: “Mendan bolalarga sovg‘a”.
Hissiyotlarim qorishib ketdi. "Olaymi, olmaymi?.. Qanday olaman, tekinga-ya?!"
U yana so‘raydi: “U bolalarning ota-onasi yo‘qmi?”
“Bor, ammo ularning ko‘pchiligi tuzalmas kasal bo‘lgan bolalar”.
Shunda haligi o‘zbek bir quti pomidorni ko‘tarib uniyam aravaga joyladi.
Pulim tugaganidan, to‘lolmasligimdan xijolat bo‘lib deyman:
-Ularga bu mumkin bo‘lmasa kerak...
- Mumkin, mumkin, - deydi sotuvchi o‘zbek, - bilaman mumkin. Faqat berganingda, “Alloh, Umardan rozi bo‘lgin”, desang kifoya.
... Bozordan chiqib ketyapman, orqamdan aravani itarib aravakash kelyapti. Mening esimda tomog‘imda nimadir tiqilgan, ko‘zimda yosh aylanadi...
“Alloh Umardan rozi bo‘lgin, Alloh Umarni mukofotlagin...”
Ijtimoiy tarmoqdan olindi
Manba: Azon.uz