Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob’yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows Operatsiyon tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 versiyasidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi.
Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi.
Delphi — Paskal dasturlash tilining rivojlangan davomchisi boʻlmish Turbo Paskal tilining rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Paskal tilida butunlay Proceduralar yordamida dasturlar tuzilgan. Turbo Paskal 5.5-sonidan boshlab obyektga moʻljallangan xususiyatlarni qoʻshdi, delphi — obyektga moʻljallangan dasturlash tili esa Introspekiyani, yaʼni metodli klasslari xususiyatlari hamda ulardan tashkil topuvchilarining kompilyatsiya kodi tarkibiga qoʻshdi.
ITUz.BlogSpot.Com saytida Delphi dasturlash tili bo'yicha darsliklar bor