Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar. Hozirgi kunda butun jahonda dasturlash tillari jadallik bilan rivojlanmoqda. Lekin, ko'pchiligimiz saytimizdagi html kodlarining boshlanish nuqtasiga qaraganimizda quruqgina <!DOCTYPE html> yoki otam zamonidan qolib ketgan wapforum.dtd ko'rinishida turganligiga guvoh bo'lamiz. Qidiruv tizimlarida gegamon bo'lgan saytlar esa allaqachon w3-strict.dtd ni qo'llashni boshlagan. Xo'sh bu narsa qanchalik SEO uchun effekt beradi va uni saytga qanday qilib to'g'ri joylashtirish mumkin?