Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=84133
Postga havola
Fokuschi [394] [off]
Kutilgan kun: Karantin tugashi bilan bajarish mumkin bo‘lmagan besh narsa
Karantin tezroq tugab, koronavirus degan xavf ortda qolishini hamma istaydi. Barchamiz yana do‘stlar davrasida vaqt o‘tkazishni, bayramlar qilishni, sayohatga chiqishni intizorlik bilan kutyapmiz. Biroq yaxshi niyatlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, hech ham shoshilmaslik kerak. Karantin choralari yumshagan taqdirda ham vaziyat jiddiyligini yo‘qotmaydi. Axir o‘zingiz ham yaxshi bilasiz-ku, bu virusga qarshi hali vaksina ishlab chiqilganicha yo‘q!
Shundan ekan, karatin tugashi bilan ogohlik va ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslik kerak. Quyidagi besh narsani karantin tugashi zahotiyoq amalga oshirish tavsiya etilmaydi.
1. Ziyofat uyushtirish yoki kafe-barlarga borish
Odamlar orasida maxsus distansiya saqlanishi, alohidalanish tartiblari bekorga joriy etilgani yo‘q. Bu virusning bir insondan ikkinchisiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Katta-katta ziyofatlar va odamlar liq to‘la jamoat joylarida kontaktga kirishish xavfi ham katta. Ular orasidan bittasi SARS-Cov-2 tashuvchisi bo‘lsa bormi, virus yana tarqalishi mumkin.
“Yana bir bor eslatib o‘tamiz, bu virus juda zararli va tez tarqalish xususiyatiga ega. Odamlar ko‘p joy kasallanish xavfini oshirishi mumkin”, deb alohida ta’kidlaydi koronavirus bilan kurashish bo‘yicha koordinator Debora Birks.
2. Qo‘l yuvishni to‘xtatish
Karantin tugadi degani virus butunlay tugadi, degani emas. Izolyatsiya kabi cheklovchi chora-tadbirlarni joriy etishdan maqsad shifoxonalarni to‘lib ketishdan va sog‘liqni saqlash tizimiga favqulodda zo‘riqish yuklashdan chetlashishdir. Qolaversa, qo‘l yuvish tartibi faqatgina koronavirusga chalinmaslik uchungina kerak emas. Qo‘l yuvish shaxsiy gigiyenaning ajralmas bo‘lagi va shu sabab unga doim amal qilishingiz shart.
3. Xavf guruhidagi insonlarni ko‘rishga borish
Keksa yoshdagi yaqinlaringizni ko‘rishga borishingiz tabiiy. Biroq bunday yo‘l tutishga ham shoshilmagan ma’qul. Davo vaksinasi topilmas ekan, odamlar orasidagi distansiyaga amal qilish zarar qilmaydi. Keksalarni ko‘rishga borishdan avval bu siz yoki ular uchun haqiqatdan ham muhimmi? Avval shu haqida o‘ylab oling...
4. Katta sayohatlar uyushtirish
Sayohatlarga ruhsat berilgach, mehmonxona va chipta narxlari arzon bo‘lsa kerak. Biroq aeroport va vokzallarda odamlar to‘dasiga yaqin bo‘lishingiz haqida unutmang. Agar o‘zingiz kasal bo‘lib qolsangiz, kasallikni boshqa yerdagilarga ham yuqtirishingiz mumkin. Shu orqali virus yana dunyo bo‘ylab tarqalishi hech gap emas. Yana favqulodda holat joriy qilinsa, begona joyda qolib ketgingiz kelmasa kerak?
5. Niqoblarni tashlab yuborish
Ko‘p ishlatilishga mo‘ljallangan niqoblarni tashlab yubormang. Ularni tozalab yuvib, olib qo‘ying. Karantin tugasa optimizmni realizm bilan omuxta qilgan maq’ul. Ya’ni, har qanday vaziyatda ham real fikrlashga harakat qiling. Mustaqil bo‘lishdan foydalaning, ammo jamoat tartibini buzmang, ehtiyot choralariga qat’iy amal qiling.