Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=84423
Postga havola
vbbos [226] [off]
Matbuot erkinligi kuni O‘zbekistonda nimani anglatadi?
Xabarlarga ko‘ra, ushbu sana munosabati bilan Toshkentda 25 aprelda boshlangan matbuot kunlari 11 maygacha davom etadi.
Unda O‘zbekistondagi nodavlat tele va radiokampaniyalarning 100 dan ortiq vakillari ishtirok etishadi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar ishtirokida jurnalistlar uchun master klasslar tashkil etiladi. Bundan tashqari, respublikadagi eng yaxshi jurnalistlar "Oltin qalam" mukofoti bilan taqdirlanishadi.
Biroq, aksar kuzatuvchilar O‘zbekistonda matbuot erkinligi kunida o‘tkaziladigan tadbirlarni umuman so‘z erkinligi ustidan kulish sifatida baholaydilar. Xalqaro tashkilotlar esa O‘zbekiston hukumatini matbuot erkinligiga to‘siq qo‘ymaslikka chaqiradilar.
"Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro tashkilot hisobotlarida O‘zbekiston matbuot erkinligi bo‘g‘ilgan eng yomonlar qatoridan tushmay keladi.
Xalqaro tashkilotning yangi hisobotida ham 180 mamlakatdan iborat reytingida O‘zbekiston 166-o‘rinni egallagan.
"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti O‘zbekistondagi ommaviy axborot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat tashvishlanarli bo‘lib qolmoqda deb hisoblaydi.
3 may Jahon Matbuot erkinligi kuni arafasida qator xorijiy inson haqlari tashkilotlari dunyodagi tazyiq ostidagi jurnalistlarning ahvoliga yana e‘tibor qaratishga qaror qilgan, u jurnalistlar orasida o‘zbekistonlik tutqun ijodkorlar Dilmurod Sayyid, Muhammad Bekjonlar ham bor.
BBC Toshkentdan faol Dilorom Ishoqovani suhbatga chorlab, jahon matbuot erkinligi kuni O‘zbek matbuoti uchun qanday ahamiyatga ega? Haq so‘z uchun kurashgan va kurashib kelayotgan jurnalistlar jamiyatda qandaydir tarzda himoya qilingan holatlar uchraydimi? - deb so‘radi.
Dilorom Isxoqovaning aytishicha, O‘zbekistonda jurnalistika bir qolipga solingan holda ishlashiga ko‘p yillar bo‘lgan. Hayotdagi illatlar va muammolar yo‘q bo‘lmasligiga "Oltin qalam" va boshqa shunga o‘xshash mukofotlarni olib o‘zini "baxtli" sezib yurgan jurnalistlar ham aybdor. Ular haq so‘zni ayta olmaydi, aytsa ishdan ketadi. Ana shunday printsiplar bilan jurnalistika yashab yuribdi, deydi Dilorom Isxoqova.
Manba: BBCUZBEK