Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=86728
Postga havola
Clever [253] [off]
DARD HAM BIR NE'MAT EKAN...
Biror kishi dard cheksa, (Issiq jon-da...) deb taskin beradilar. Darvoqe, issiq jon bemor bo'ladi, tashvishlarga duch keladi, chora izlaydi. (Sahihi Buxoriy)da ko'ngilni ko'taruvchi hadisi sharif bor: (Alloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko'rsa, unga biror musibatni yuboradi). Demak, mo'min bandaning dardu tashvishi ham bir ne'mat ekan: ham gunohlari daraxt xazonlaridek duv-duv to'kiladi, ham Haq taoloning muhabbatiga alomat bo'ladi, ham Parvardigorni zikr qiladi - (Ey Alloh!) deydi, shifo tilaydi, duo-iltijo qiladi. Hazrati Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: (Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdek qattiq dardga chalingan odamni ko'rmaganman) (Sahihi Buxoriy)dan. Darhaqiqat, ul zot Allohning habibi - eng sevikli Rasuli edilar.
Haq taolo ba'zi dushmanlariga dardni ham ravo ko'rmas ekan. Chunonchi, zolim Fir'avnga dard bermagan ekan. Ularning alamli azobi oxiratdadir.
Ammo ba'zi bandalar gunohlari tufayli ham dardu musibatlarga yo'liqadi, rizqidan ham mahrum bo'ladi. Buning davosi - asl tavba, chin irtig'for, yana dori-darmon...