Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=86736
Postga havola
Clever [253] [off]
KASALLIKLARNING KELIB CHIQISHI
Abu Ali ibn Sino mo‘'jaz va qisqa uslubda Sulton Muhammadga atab bir asar yozgan. Bu asarni o‘qib o‘rganishdan ulug‘ Tangrining xohishi bilan har-xil foydalar hosil bo‘ladi. Bilish kerakki, deyarli barcha kasalliklar ko‘p yeyishdan, ko‘p gapirishdan, ko‘p uxlashdan va ko‘p jinsiy aloqa qilishdan paydo bo‘ladi. Ko‘p yeyishdan me'da buziladi, jigar zaiflashadi, qorin va buyrak kasalligi yuz beradi, ovqat singmaydi, yomon yellar paydo bo‘ladi, hazm buziladi va a'zolar susayadi. Ko‘p uxlashdan yuz sarg‘ayadi, tana og‘irlashadi, miya gangib qoladi, ko‘z shishadi va savdo g‘alaba qiladi. Ko‘p gapirishdan bosh og‘rig‘i, shaqiqa, safroli harorat, ortiqcha xafalik va umr oxirida og‘ir kasalliklar yuz beradi. Ko‘p jinsiy aloqa qilishdan buyrak zaiflashadi, tana ozib ketadi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, miya quriydi, tezda falaj bo‘lib qoladi, boldirlari va paylari susayib qoladi, tana rohat topmaydi, soch tez oqaradi, badan terilari dag‘allashadi.
Agar odat o‘zgartirilsa ham nuqson yuz beradi: tugunchalar va chipqon chiqadi. Qorin to‘qida va ochida, havo issig‘i va sovug‘ida, g‘azab ustida, ishtiyoq bo‘lmagan vaqtda jinsiy aloqa qilish kerak emas. Hammomda, oyoq ustida turib, engashib, yonboshlab va bosh yalang jinsiy aloqa qilishning zararlari ko‘p. Sovuq, sho‘r hamda nordon ozuqalardan parhez qilish kerak. Jinsiy aloqaga zarar va nuqson yetmasligi uchun uyqusizlikdan, ko‘p piyoda yurishdan, ko‘p och qolishdan, siydikni ko‘p vaqt tutib turishdan va og‘ir yuk ko‘tarishdan ham saqlanish kerak. Keksa ayol bilan yosh erkak jinsiy aloqa qilishdan ham juda katta noxushliklar kelib chiqadi.