Hayotda ba'zi muhim masalalar borki, ularni muhtaram kitobxonlarga eslatib qo'ysak, savob bo'lar, inshoalloh.
Baytda aytilganidek,
Siringni yashirma sen ikki yordan,
Tabibi hoziqdan, ham yori g'ordan.
Tabibi hoziq - ziyrak, dono, o'z ishida ustoz bo'lgan zot. Yori g'or - eng ishonchli sirdosh, hazrati Abu Bakr Siddiq roziyalloxu anhu kabi sodiq do'st.