Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=89417
Postga havola
ŝჩσჩĵฉჩσฑ [1725] [off]
Uchinchi mingyillik avlodi ijtimoiy tarmoqlar qurshovida voyaga yetmoqda. Mana shunday tarmoqlardan biri TikTok'dir.
TikTok butun dunyo bo‘ylab eng tez ommalashayotgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan biri bo‘lib, video kontentni onlayn ulashishga ixtisoslashgan. Platforma o‘z foydalanuvchilariga qisqa musiqiy videoroliklar va filterlar yaratish hamda boshqa imkoniyatalarni taqdim etadi.
Kontentlar ba’zan kulgili, ba’zan kulgili emas, ammo ilova o‘ta o‘ziga tortuvchan.
TikTok foydalanuvchilariga o‘zlarini o‘ta kreativ ravishda namoyish qilish imkonini beradi. Ammo yoshlarni birdek o‘ziga jalb qilayotgan bu ilovaning siri nimada? Keling, TikTok statistikasiga bir e’tibor qaratamiz va bu savolga javob topamiz.
TikTok aslida nima?
TikTok iOS va Android uchun mo‘ljallangan multimedia ilovasi bo‘lib, qisqa videolar yaratish va ulashish uchun xizmat qiladi. Ilova ilk bora 2016 yil sentyabr oyida Xitoyda Douyin nomi bilan taqdim qilingan. 2017 yilga kelib, ByteDance kompaniyasi Douyin'ni Xitoydan tashqaridagi bozorlar uchun TikTok nomi ostida chiqardi. TikTok va Douyin bir xil dasturiy ta’minot asosida ishlaydi, ammo Xitoy sennzraviy cheklovlariga amal qilish maqsadida alohida-alohida tarmoqdan foydalanadi. TikTok'ni App Store va Google Play Store'dan dunyoning istalgan mamlakatida topish mumkin. TikTok'ning qancha foydalanuvchisi bor?
Yuqorida aytganimizdek, TikTok 2016 yil sentyabr oyida yaratilgan bo‘lsa ham, mana shu uch yil muddat muddat oralig‘ida o‘ta ommalashishga ulgurdi. Datareportal ma’lumotlariga ko‘ra, TikTok'ning dunyo bo‘ylab faol foydalanuvchilari soni 800 million kishini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bilan TikTok ijtimoiy tarmoqlar orasida ommaboplik bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi va LinkedIn, Twitter, Pinterest va Snapchat'lardan ko‘ra mashhurroqdir. 800 million foydalanuvchining 150 millioni xitoyliklardan iborat. Platforma, ayniqsa, aksariyat Osiyo davlatlari, jumladan, Kombodja, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya va Tailand aholisi tomonidan juda iliq kutib olingan. TikTok'ning qanchalik tez ommalashganini bilish uchun uni boshqa platformalar bilan taqqoslab ko‘ramiz. 800 million foydalanuvchi yig‘ish uchun Instagram'ga 6 yil kerak bo‘lgan, Facebook'ka esa 4 yil. TikTok esa atigi 3 yilda bu raqamni kesib o‘tdi.
2. TikTok necha marta yuklangan?
TikTok oxirgi bir necha yil ichida dunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklangan ilovalardan biridir. 2019 yilga kelib, ilovaning yuklashlar soni App Store'da ham, Google Play Store'da ham 1,5 milliarddan oshib ketdi.
2019 yil fevral oyi holatiga ko‘ra, TikTok har ikki do‘konda 1 millard marotaba yuklangan edi. Keyingi 8 oy ichida yuklanishlar soni yana yarim milliarddan oshdi! Buni qoyilmaqom ko‘rsatkich deyishdan boshqa iloj yo‘q!
Sensor Tower statistikasining ko‘rsatishicha, 2019 yil yanvardan noyabrgacha TikTok 614 million marta yuklangan. 11 oy ichida erishilgan bu natija 2018 yilgi yillik ko‘rsatkichlardan 6% yaxshiroq edi.
Taqdim qilinganiga uncha ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, TikTok o‘tgan dekadaning eng ko‘p yuklangan 10 ilovasi ro‘yxatida YouTube va Twitter'dan ham yuqoqiroq bo‘lgan o‘rin, ya’ni yettinchi o‘rinni egallagan.
3. TikTok App Store'da eng ko‘p yuklangan ilovadir.
Yuqoridagi statistikalar sizni hayon qoldirmasligi mumkin, ammo quyidagisini o‘qib ko‘zingiz kosasidan chiqib ketishi aniq! 2019 yilning birinchi choragi holatiga ko‘ra, TikTok App Store'dagi eng ko‘p yuklangan ilova sanaladi. Sensor Tower ma’lumotlariga ko‘ra, dastur bir chorakning o‘zida 33 million marta yuklangan. Shunday qilib, TikTok YouTube, Instagram, WhatsApp, Facebook Messenger'larni ham ortda qoldirgan.
Aftidan, TikTok Android'dan ko‘ra iPhone foydalanuvchilari orasida ommalashgan ko‘rinadi, sababi ilova Google Play Store'da eng ko‘p yuklanganlik borasida WhatsApp va Facebook Messenger'dan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Shunday bo‘lsa-da, 2019 yilning birinchi choragi TikTok uchun hozirga qadar eng omadli keldi — ushbu kvartalda ilovaga 188 million yangi foydalanuvchi qo‘shildi. Bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 70% lik o‘sish demakdir.
4. TikTok butun dunyo o‘smirlarini «asirga olgan».
TikTok e’tiborni yoshlarga qaratib ayni to‘g‘ri yo‘lni tanlaganini isbotladi. Platformani katta avlod vakillari unchalik ham tushunmas, ammo yoshlar uchun TikTok'dan foydalanish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Globalwebindex'ga ko‘ra, TikTok foydalanuvchilarining 41% i 16—24 yosh oralig‘idagi o‘smir va o‘spirinlardir. Yoshlar orasida TikTok nimaligini bilmaydiganlarni topish mushkul, ammo kattalar orasida u haqda eshitmaganlar ko‘p. Buning sababi nimada? Sabab, oddiygina, maqsadda. Avvalo, aytish kerakki, ilova yaratuvchilari avvalboshdan o‘zlarining auditoriyasi qilib 18 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilarni tanlagan. Boshqacha qilib aytganda, TikTok'ni yaratganlar boshqa platformalar yaratuvchilaridan ko‘ra yoshlar va ularning qiziqishlarini ko‘proq tushuna olgan.
Manba: terabayt.uz