Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=91468
Postga havola
TimX [613] [off]
Ko'zim yumuq ustimda oppoq matodan libos.
Qayga olib ketarlar, bir on to'xtang iltimos
Ibodatim qilib olay, ulgurmadim hayotda
Farishta der - endi kech, uchrashamiz oxiratda...
Baqiraman dod solib, bormayman deb benamoz
Hech kim eshitmas arzim, chiqmas sado, bir ovoz
Ko'tararlar tobutni zulmat qabriston tomon
Onam yig'lar burchakda, mening qalbimda armon...
Yoshman deb, o'ynab kuldim, bormadim masjid sari
Ichdim tavba qilmadim, imkon borku deb hali
Gunohdan tiyilmadim, yallo qildim bog'larda
Namoz o'qirman derdim qarib qolgan chog'larda...
Masjid uchun bitta ham g'isht qo'ymadim erinib
O'zim uchun dang'illama qasr qurdim kerilib
Mana endi ojizman, qimir qilmaydi tanam
Tuynuksiz qabr bo'ldi yetib kelgan boshpanam...
Yana berilsa hayot, bo'lardim chin musulmon
Bajarib har amalni, sajda qilardim har on
Oyoq uzmay masjiddan, borardim kun besh mahal
Faqat tirik bo'lsaydim imkon bo'lsaydi agar
Oh dodlarning foydasi ko'rinmaydi endi hech
Tavba qilishga esa endi juda-juda kech
Janozamni o'qishar so'nggi manzilga qo'yib
To'yib yig'lagim kelar, yig'lagim kelar to'yib
O'qib amal qilmadim islomiy shariatga
Endi bunda yuzim qaro, ko'ksim to'la hasratga
Qabr ichra tanxo o'zim qaltirayman zulmatda, Nega namoz o'qimadim, nega qoldim g'aflatda...
Hamma ketgach qabrga keldi ikkita malak
Javob topmay savolga bo'larman men jonsarak
So'zlashga tilim ojiz qabr - azob, beomon
Nega shuni avvalroq o'ylamadim men nodon...
Aytolmam davomini, qiynar olov tig'lari
Iymonsiz bunda yongay, bo'lsada yosh yo u qari...
So'nggi so'zim bo'lma mendek bo'l hozir ibodatda
Shunda azob chekmagaysan oxir kun qiyomatda...