Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=92124
Postga havola
Сирожиддин [2882] [off]
Takrorlashning bilimlar onasi ekanligiga hech shubha yo’q. Bugun o’rganilgan yangi ilm erta va indin muntazam takrorlab turilmasa, bir kun kelib inson hotirasidan butkul o’chib ketishi ko’p bor isbotlangan haqiqatdir. O’zlashtirilgan bilim va tushunchalarning tez-tez takrorlab turilishi, savol-javoblar yoki o’rganilgan ilmni amaliy qo’llashga doir vaziyatlar asosida ularning o’tkirlab turilishi o’rgangan bilimimiz har doim o’zimiz bilan qolishimizni kafolatlaydi.