Uylanmoqchi bo'lganlar, sevgi bobida boshi og'ib yurganlarga Mirzakarim Norbekovni Tentakning tajribasi kitobini maslahat beraman. 2,3-qismlarini o'qish yetadi. O'zim o'qib tugatganman, Norbekovni kitoblari juda zo'r lekin))
Isajon Sultonning Romanlar va Asarlar 2 jildni o'qiyapman. Ichida "boqiy darbadar" degan Roman borakan hammaga maslahat beraman nihoyatda zo'r yozilgan ekan 80 betdan sal osharkan.
Ahmad Lutfiy Qozonchi - qaynona va o'gay ona asarlarini o'qishni tavsiya qilaman. Ushbu asarlarni shu paytgacha o'qigan minglab asarlarim orasida eng zo'ri deb ayta olaman. Sizlar ham o'qib chiqinglar.
John, "Boqiy darbadar" bu asarga juda qiziqib qolgandim, nihoyat o'qishni boshladim. Rostan, juda ham teran fikrlar aks etilgan asar. O'qishni tavsiya qilaman boshqalarga ham...