Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=19624&page=1
Toshkent Davlat Yuridik Unversiteti (TDYU)
Mavzu fayllari (1)
Xabarlar
Unversitet haqida
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.
Oliygoh tarixi bizning davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishi va Xadicha Sulaymonova, Hojiakbar Rahmonqulov, Boris Blinder, Georgiy Sarkisyans, Shavkat Urazayev, Shoakbar Shoahmedov, G‘afur Abdumajidov, Ikrom Zokirov kabi ko‘zga ko‘ringan yetuk huquqshunos-olimlar hamda milliy huquqshunosligimizga katta hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab huquqshunoslar nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Universitet o‘z faoliyatini mustaqil o‘quv va ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko‘p yillik an’analarni o‘zida saqlab kelgan holda, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda, qonun chiqarish va qonun qo‘llashning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.
Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari tarkibiga 192 kishi kiradi, ulardan 40 nafari fan doktori, 110 nafari fan nomzodlaridir. Universitet o‘qituvchilaridan 20 nafari professor, 78 nafari esa dotsent unvoniga ega. Professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)” ta’lim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):
Davlat huquqiy faoliyati;
Fuqarolik huquqiy faoliyati;
Jinoyat huquqiy faoliyati;
Xalqaro huquqiy faoliyat;
Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).
Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):
"Davlat boshqaruvi huquqi";
"Soliq va bojxona huquqi";
"Biznes huquqi";
"Xalqaro tijorat huquqi";
"Shartnoma huquqi";
"Korporativ huquq";
"Tabiiy resurslar huquqi";
"Mehnat huquqi";
"Jinoyat qonunchililigini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti";
"Sud ekspertizasi va kriminalistika".
TDYU tizimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilgan Falsafa va huquq instituti bazasida Huquqiy tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, sud-huquq tizimini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy bozor islohotlarini chuqurlashtirish, shuningdek, mamlakatda qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
markaz tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarga TDYU va respublikaning boshqa yuridik ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va talabalarini keng jalb etish;
universitet, yuridik ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlariga joriy etish uchun Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijalari asosida yuridik fanlarni o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash faoliyatida hamda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning boshqa sohalarida foydalanish uchun yuridik fan va amaliyotning dolzarb muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar va tavsiyalar tayyorlash.
* * *
Universitetga qabul
Ko‘p beriladigan savollar (va javoblar)
1. TDYU bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?
Bakalavriat – to‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatdagi oliy ta'limning yo‘nalishlaridan birida fundamental bilim beruvchi asosiy oliy ta'lim.
Bakalavriatga kirish uchun abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi №118 qarori bilan tasdiqlangan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ta'lim yo‘nalishi, o‘qishning tili va shakli ko‘rsatilgan ariza;
O‘rta (11-sinf), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar o‘quv muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi;
0-86-U shakldagi tibbiy ma'lumot;
Pasport yoki 16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganlik guvohnomasi;
3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6ta rangli fotosurat.
Tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilish huquqini beruvchi xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalar g‘oliblari sertifikatlarining asl nusxalarini topshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida xizmatni o‘tagan fuqarolar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan bir qatorda harbiy biletlarining asl nusxasini hamda xizmatni o‘tash joyidagi harbiy qo‘mondonlik qismining tavsiyanomasini ham taqdim qiladilar.
Hujjatlar 1 iyuldan 20 iyulga qadar qabul qilinadi.
Magistratura – bakalavriat asosidagi ikki yildan kam bo‘lmagan aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta'lim.
TDYU magistratura bosqichiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 iyuldagi №206 “Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichiga qabul tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
TDYU magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlar qabul hay'atiga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
TDYU rektori nomiga mutaxassislikni ko‘rsatgan holda ariza;
Oliy ma'lumot haqidagi diplomning asl nusxasi (yoki O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarini davlat granti asosida tugatganlar uchun diplomdan ko‘chirma) hamda diplom ilovasining asl nusxasi;
3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6ta rangli fotosurat;
0-86-U shakldagi tibbiy ma'lumot.
Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichiga qabul tartibi haqidagi Nizomning 14-bandida ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq hujjatlarni taqdim etgan abituriyentlarni qabul hay'ati rad etishga haqli emas.
2. TDYU bakalavriat va magistratura o‘qishga kirish jarayoni qanday?
TDYU bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi №118 qarori bilan tasdiqlangan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq har yili 1 avgustda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Tarix;
Chet tili;
Ona tili va adabiyoti.

Kirish imtihonlari 3 avgustdan 10 avgustgacha bo‘lgan vaqtda o‘tkaziladi hamda test sinovlari va yozma imtihondan iborat bo‘ladi.
Test sinovlari “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Ixtisoslik fani”, "Chet tili" fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Yozma imtihon uchun savollar yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaxassislar tomonidan tuziladi.
Xalqaro tizimdagi ingliz tilidan test imtihoni IELTS (International English Language Testing System) yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language)ni belgilangan tartibda topshirgan hamda mavjud IELTS sertifikati bo‘yicha 5.0 dan kam bo‘lmagan ballni, TOEFL sertifikati bo‘yicha esa 58 dan kam bo‘lmagan ballni olgan abituriyentlar "Chet tili" fani bo‘yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadilar. Mazkur abituriyentlar uchun maksimal 50 ball hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalari bilan taqdirlangan abituriyentlar TDYU magistratura bosqichiga davlat granti asosida TDYU magistraturaga qabulning umumiy kvotasidan tashqari bakalavriatdagi ta'lim yo‘nalishi bilan magistraturadagi tanlagan mutaxassisligi mos kelganda qabul qilinadi.
3. Talabalar qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim oladilar?
TDYUda ta'lim yuridik sohaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
Davlat-huquq faoliyati;
Fuqarolik-huquqiy faoliyati;
Tadbirkorlik-huquqiy faoliyati;
Jinoiy-huquqiy faoliyat;
Xalqaro-huquqiy faoliyat.
4. TDYU o‘quv rejasiga qanday modullar kiritilgan?
TDYU o‘quv rejasi fan va ta'limning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv modullarini o‘z ichiga oladi:
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar;
Umumkasbiy fanlar;
Maxsus fanlar (kasbiy mutaxassislik);
Qo‘shimcha fanlar.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlariga, pedagogik, axborot-kommunikatsion, innovatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilishni ko‘zda tutgan, nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liq tarzda ta'minlash, talabalarda analitik tafakkurni shakllantirish, yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish va ulardan foydalana olish, davlat qurilishi va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirish, shu sohadagi xalqaro tajribani o‘rganishning dolzarb huquqiy muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy ish natijalarini huquqni qo‘llash amaliyoti va o‘quv jarayoniga samarali tatbiq etishni ta'minlashga qaratilgan ta'limning modul tizimi tashkil qilingan.
5. TDYUda ta'lim necha tilda olib boriladi?
TDYUda ta'lim davlat va rus tillarida olib boriladi.
Shuningdek, TDYUda yuridik fanlar bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar ingliz, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.
TDYUda Yapon tili markazi faoliyat yuritadi. Bu markazda talabalar 1-kursdan boshlab yapon tili va huquqini o‘rganish imkoniyatiga egalar. Tahsil bepul amalga oshiriladi.
6. Talabalar bilimi qanday baholanadi?
Talabalar bilimi nazoratning reyting tizimi haqidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining № 204 2009 yil 11 iyunda (reg.№ 1981 2009 yil 10 iyul) tasdiqlangan oliy ta'lim muassasalari talabalarining bilimini baholash haqidagi buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimi bevosita joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat orqali aniqlanadi.
Talabaning joriy nazorati seminar va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatkichlari bilan baholanadi.
Oraliq nazorat talabalarning mustaqil yozma ishi – keys-stadi natijasi asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat esa yozma sinov asosida amalga oshiriladi.
7. O‘quv adabiyotlarini qayerdan olsa bo‘ladi?
TDYU keng qamrovli ilmiy fond va boy yuridik kutubxonaga ega. Talabalar o‘qish jarayonida o‘quv manbalaridan bevosita foydalanish imkoniyatiga ega.
O‘quv adabiyotlarini, shuningdek, "Sharq" nashriyoti do‘konlari va yuridik adabiyotga ixtisoslashgan maxsus kitob do‘konlaridan sotib olish mumkin.
8. Talabalarning amaliyoti qanday tashkil etilgan?
Talabalar o‘tashi lozim bo‘lgan amaliyot TDYU ta'lim tizimi har bir yo‘nalishi uchun alohida tashkil etiladi. Amaliyot davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yuridik xizmat, ishlab chiqarish, xo‘jalik, tijorat korxonalarida, bank-moliya va boshqa muassasalarda amalga oshiriladi.
Bakalavriatda amaliyotni tashkil etish:
2-kurs – tanishtiruv amaliyoti
3-kurs – ta'lim yo‘nalishiga qarab malakaviy amaliyot
4-kurs – diplom oldi amaliyoti
Magistraturada amaliyotni tashkil etish:
1-kurs – malakaviy amaliyot
2-kurs – ilmiy izlanish mavzusi asosida olib boriladigan ilmiy stajirovka.
9. Taqsimot bo‘yicha ishga joylashish imkoniyati bormi?
TDYU 4-kurs bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash maqsadida ular uchun har yili bahor oyida "Karyera kuni" tashkil etiladi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bank va moliya muassasalari hamda boshqa tashkilotlardan vakillar taklif etiladi. Bundan maqsad bitiruvchilarga vakant joylari, ishga joylashishning zaruriy talab va sharoitlari, shuningdek, maosh darajalari va qiziqtirgan savollariga mehmonlardan javob olish, vakant joylar haqidagi takliflarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lish. Taqdim etilgan kvota asosida davlat granti bo‘yicha tahsil olgan bitiruvchi taqsimot bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan muddatda ish bilan ta'minlanadi.
10. TDYU doktoranturasiga o‘qishga kirish jarayoni qanday?
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim TDYUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi № UP-4456 "Oliy toifadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini kelgusi takomillashtirish to‘g‘risida"gi buyrug‘i hamda 2012 yil 28 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining № 365 "Oliy toifadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni oliy ta'limdan keyingi ta'limini amalga oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari haqida"gi Qaroriga muvofiq uch yil muddatda quyidagicha amalga oshiriladi:
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti – oliy toifadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli bo‘lib, oliy ta'lim muassasasida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslikni chuqur o‘rganish va ishlab chiqarishdan ajralgan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish uchun tashkil qilinadi;
Mustaqil izlanuvchilik - oliy toifadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli bo‘lib, oliy ta'lim muassasasida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslikni chuqur o‘rganish va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish uchun tashkil qilinadi.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarining katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga qabul 2012 yil 28 dekabrdagi № 365 Vazirlar Mahkamasining Qaroridagi 2-Ilovaga muvofiq TDYUda tuziladigan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
TDYU qabul kvotalariga muvofiq har yili 1 sentyabrdan kechiktirmagan holda ommaviy axborot vositalarida xohlovchilardan katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida tahsil olish uchun hujjat qabul qilish to‘g‘risida e'lon beradi. E'londa hujjat qabul qilish muddati, talab qilinadigan hujjatlar hamda topshiriladigan imtihonlar ro‘yxati, o‘qish uchun to‘lov shartlari (byudjet va to‘lov-kontrakt shartlari) va boshqa zaruriy ma'lumotlarni ko‘rsatadi.
Hujjatlar 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha qabul qilinadi.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarida o‘qish uchun xohlovchilarni tanlov asosida saralash kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari 1 dekabrdan 20 dekabrgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida kiradigan yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriladigan shaxslar katta ilmiy xodim va mustaqil tadqiqotchilarga qo‘yiladigan davlat talablariga munosib bo‘lishlari shart.
11. Toshkent davlat yuridik universiteti avvalgi institutdan nimasi bilan farq qiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi №PP- 1990 "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosiga ko‘ra demokratik islohotlar olib borilayotgan mamlakatimizning yuqori talablariga, fuqarolik jamiyati qurish va zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi hamda "yurisprudensiya" ixtisosligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha asosiy oliy ta'lim va ilmiy-metodik muassasa davlat maqomi berildi.
YUqorida qayd etilgan qarorga muvofiq bo‘yicha o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlariga, pedagogik, axborot-kommunikatsion, innovatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilish, nazariy tayyorgarlikni huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liq tarzda ta'minlash, talabalarda analitik tafakkurni shakllantirish, yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish va ulardan foydalana olish TDYUning asosiy vazifalaridan deb belgilangan.
Shu munosabat bilan umumtan olingan xalqaro ta'lim dasturlari va talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan ta'lim dasturlari asosida hamda talabalarda analitik qobiliyatni, tizimli tahlil, tegishli yuridik faoliyat sohalarida boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning modul tizimini qo‘llash bilan o‘quv jarayonini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, kasbiy ta'lim dasturlari doirasida ixtisoslik huquqiy fanlari bo‘yicha o‘quv yuklamasi hajmini ko‘paytirish va bunda talabalar tomonidan davlat-huquq, jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, xalqaro huquq, tadbirkorlik huquqiy (biznes-huquq) va boshqa yuridik sohalardagi bilim va amaliy ko‘nikmalarni chuqurroq o‘zlashtirish, shuningdek, Universitetda ixtisoslik yuridik fanlar, qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash faoliyatining dolzarb nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha rahbar tarkibiy bo‘linmalarning mas'ul xodimlari tomonidan (soatbay asosida) ma'ruza o‘qish, mashg‘ulotlarni o‘tish zarurligini hisobga olish nazarda tutilgan.
12. TDYUda xorijliklar tahsil olishi mumkinmi?
Chet el fuqarolarining TDYU bakalavriat va magistraturaga qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi № 169 "O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga chet el fuqarolarining qabul qilinishi va unda tahsil olishi tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan amalga oshiriladi.
13. TDYUga O‘zbekistonning boshqa oliy ta'lim muassasasidan yoki xorijiy oliy ta'lim muassasasidan o‘qishni o‘tkazish mumkinmi?
TDYUga O‘zbekistonning boshqa oliy ta'lim muassasasidan yoki xorijiy oliy ta'lim muassasasidan o‘qishni o‘tkazish yozgi ta'til vaqtida o‘quv semestri boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi №118 "Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni qabul qilish, o‘qishini o‘tkazish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi haqidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
manba: tsul.uz

Man shu universitetda o’qiyman
1 daqiqa 10 soniyadan keyin yozdi:
176.5 ball bilan kirdim
1 daqiqa 10 soniyadan keyin yozdi:
176.5 ball bilan kirdim
Biriktirilgan fayllar [1]:
— 90d81b51-e546-4815-8db1-cb3c2959.jpeg (1162.1 KB) (221 ↴)

REMIX, # REMIX (11.11.2018 / 19:43)
Man shu universitetda o’qiyman
1 daqiqa 10 soniyadan keyin yozdi:
176.5 ball bilan kirdimKredit sistema haqida taassurotlar qanaqa ? Adashmasam silar bilan biz kredit sistemada o'qiymiz))
#tuit

REMIX, # REMIX (13.11.2018 / 08:45)
Benyamin, Qanaqa kredit sisitemasini gapiryapsiz?Biz Modul tizimida o’qiymizko'chadan eshitudim Yuridicheski ham kredit sistemasida o'qitilyapti deyishgandi. U qanaqa tizim (modul) ??

Sunnat, Ha tepada ID kartamni rasmga tushirib yubordimku.Hali studentchiskiy bermadi...
1 daqiqa 31 soniyadan keyin yozdi:
Bizda 2013-yildan beri Modul tizimida o’qitiladi...
3 daqiqa 25 soniyadan keyin yozdi:
Modul tizimini Adliya vazirligi qo’llaydi shuning uchun biz haftada 5 kun o’qiymiz har 4 haftadan keyin 1 hafta dam olishga beradi.

Sunnat, Yo’q.Siz oldin uni qaysi patokda o’qishini biling keyin qaysi guruhligini bilsa bo’ladi bitta patokda 3ta guruh bor.
Salom man kirmoqchiman shu universitetga. Qaysi fanlarni o'qishim kerak. Qanday kasb egasi bo'lib chiqaman,.......
Ortiqcha gap qilmay to'g'ri javob bersangiz hursand bo'lardim.......
Javob uchun oldindan raxmat.

ricard, # ricard (06.12.2018 / 21:44)
Salom man kirmoqchiman shu universitetga. Qaysi fanlarni o'qishim kerak. Qanday kasb egasi bo'lib chiqaman,.......
Ortiqcha gap qilmay to'g'ri javob bersangiz hursand bo'lardim.......
Javob uchu1. Tarix
2. Ingliz tili
3. Ona tili va dabiyot
(blok kesimida)
Ishlashingiz mumkin bo'lgan kasblar:
Birinchi navbatda yuridik shaxsga aylanasiz, yurist bo'lib ishlashingiz mumkin. Boshqa kasblarda ham ishlash huquqingiz bo'ladi, bu esa ayrim faktorlarga bog'liq.
Maslahatim: Oldin puxta tayyorlaning, keyin armiyaga boring, lgota olib qaytgach yana tayyorlanganingiz bo'yicha takrorlab chiqing. Hozirgi vaqtda 120 ball olsangiz +60 ball bilan balki byudjetga kirib qolishingiz mumkin. Lekin lgota bo'lmasa bu OTMga hujjat topshirishni maslahat bermasdim.

Benyamin, # Benyamin (07.12.2018 / 10:43)
ricard, 1. Tarix
2. Ingliz tili
3. Ona tili va dabiyot
(blok kesimida)
Ishlashingiz mumkin bo'lgan kasblar:
Birinchi navbatda yuridik shaxsga aylanasiz, yurist bo'lib ishlashingiz mumkin. BoMajburiy ijroda ishlash niyat bor. Jizzaxlikman. Ligota olmasa qiyin. Qo'shnim ligota opkelib o'qiwga kirsi

Lgota olmasdan ham kirsa bo’ladi man toza bilim bilan kirdim
1 daqiqa 21 soniyadan keyin yozdi:
Tarix 28 ta,Ona tili 27 ta ingliz tili 30 ta CEFR B1 olgandim

Юрист насиб бўлса шу соҳада ҳам ўқийман
REMIX, # REMIX (14.12.2018 / 21:32)
Lgota olmasdan ham kirsa bo’ladi man toza bilim bilan kirdim
1 daqiqa 21 soniyadan keyin yozdi:
Tarix 28 ta,Ona tili 27 ta ingliz tili 30 ta CEFR B1 olgandimQoyil siz 3ta fandan ham mukamal tayorlangan ekansiz tarix va englis ona tili dan necha yil tiniq tayorlangansiz

Loading, Endi man o’zi boshida Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyaga ancha yil topshirdim.Boshida bilim kamlik qildi lekin ozirgi yillarda 1-3 ball orasida yetmay qolardi oxirgi marta testlar 36 talik paytida 181 ball bilan yiqilgandim o’shanda praxadniy 194 bo’lgan Diplomatiyaga
2 daqiqa dan keyin yozdi:
Keyin CEFR olib kiraman deganimda ular bizga IELTS o’tadi deyishdi.Keyin boshqa o’qishga irodam dosh bermasligi sababli Olloh o’zingga tavakkal qildim deb Yuridkikka topshirdim
5 daqiqa 32 soniyadan keyin yozdi:
Xullas manda abituriyentlik juda o’g’ir O’tgan 4-5 yil toza tayyorlanganman.Lekin qiziqarli jihati hozirda 3-kursni o’qiydigan talabalar kirgan paytida man ham bemalol kirardim to’plagan ballim bilan o’shanda Yuridik 2015 yoki 2016 167 ball bo’lgan man esa 174,5 bilan Diplomatiyadan yiqilgan edim
7 daqiqa 11 soniyadan keyin yozdi:
Lekin xudoga shukur qilaman sababi kirdim va guruhda eng faol va bilimli talaba hisoblanaman...

Universitetga topshirish fanlari o'rin almashdimi.
Hulllas do'stlarim birinchi fan ona-tili va adabiyot, 2-fan ingliz-tili, 3-fan tarix.....
exxx rostmi shu gaplar berilib tarix o'qiyotgandim. Iltimos aytvoringlar do'stlar

Bir qo'shnim o'qiydi shu yerda. 1tarix 2til adabiyot 3ingliz tili edi.
U yerga kirish u.n inetdan kechiyiz k.k :-)

Sharshara, # Sharshara (06.02.2019 / 13:01)
Universitetga topshirish fanlari o'rin almashdimi.
Hulllas do'stlarim birinchi fan ona-tili va adabiyot, 2-fan ingliz-tili, 3-fan tarix.....
exxx rostmi shu gaplar berilib tarix o'qiyotgandim. IltiHa o'zgaradi. Endi uchala fanlarga birdek e'tibor qarating.

Benyamin, # Benyamin (06.02.2019 / 23:28)
Sharshara, Ha o'zgaradi. Endi uchala fanlarga birdek e'tibor qarating.Aha raxmat. 3 yil vaqtim bor ulgursam kerak. Shu fanlarga.

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 35 ta
So'ngi faollik vaqti: 00:52:53, 26 Aug 2019