Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=22780
Daryo yangiliklari
Ushbu mavzu CHEfan tomonidan muhokama uchun yopilgan!
Mavzu yopilgan vaqt: 15:43:57, 13 Aug 2019

Xabarlar
Toshkent shahridagi 19-maktab o‘quvchisi, 16 yoshli Bekzod To‘raxo‘jayev 2017-yilning sentabrida shifokorlar aybi bilan vafot etgan. Bu holat bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi 2018-yil 27-fevral kuni hukm chiqardi, deya xabar bermoqda UzNews.Xabar berishlaricha, Bekzod To‘raxo‘jayev 2017-yil 15-sentabr kuni soat taxminan 23:00 atrofida qorni og‘riyotganidan shikoyat qilgan. Uni dastlab shahar 1-sonli kasalxonasiga olib borishgan. U yerda Bekzodni qabul qila olishmasligini, ko‘richak yorilishi xavfi mavjudligi sabab, uni zudlik bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi (ToshMI-2)ga olib borish kerakligini aytishgan.
Shundan so‘ng Bekzod zudlik bilan ToshMI-2ga olib borilgan, u yerda shifokorlar bemor yigitni o‘tkir ko‘richak tashxisi bilan bolalar jarrohligi bo‘limiga davolanish uchun qabul qilgan. Zudlik bilan jarrohlik ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rilgan. Shundan so‘ng 7:15 gacha — bosh shifokor ishga kelgunicha, ota-ona farzandining ahvolidan bexabar qolgan.
Bosh shifokor 4:30 da operatsiyaga olib kirib ketilgan Bekzod narkoz berilganidan so‘ng, buni ko‘tara olmay, jon berganini, shifokorlar esa allaqachon ish joyidan ketib bo‘lganini ma’lum qilgan. Ota-ona bu holat ustidan tegishli idoralarga arz qilgan, buning ortidan anesteziolog Sherzod Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Bekzodning onasi Nodira Tursunova bu holat yuzasidan shunday deydi: “Anesteziolog va xirurgning aybi bilan bolam olamdan o‘tdi. Men bu insonlar boshqa onalarning bolalarini ham o‘ldirishlariga yo‘l qo‘ymasligi uchun ularga nisbatan qonuniy jazo ko‘rilishini xohlayman”.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi 27-fevral kuni ish bo‘yicha barcha taraflarni eshitib, hukm chiqargan — unga ko‘ra, anezteziolog Sherzod Tursunov 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan va ikki yil muddatga tibbiyot sohasida mehnat qilish huquqidan mahrum etilgan. Daryo.uz dan olingan

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 16:00:42, 1 Mar 2018