Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=25940
Toshkent Janubiy vokzali 4-apreldan ish boshlaydi
Mavzu fayllari (4)
Xabarlar
Toshkent Janubiy vokzali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekostruksiya qilindi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar bo‘lib, 650 metrlik 3 ta perronga ega.
Vokzal hududida diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora qurilgan. Bu yoz kunlari hududdagi iqlim musaffoligini ta’minlab, yo‘lovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.
Vokzal bir vaqtning o‘zida 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, bir kecha kunduzda 20 000 nafar yo‘lovchilar 19 poyezdlarda kutib olinadi va kuzatiladi.
Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida vokzal hududi zamonaviy devor bilan o‘ralgan. Vokzal binosi, kassa zali va vokzal hududi 170 ta videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.
Yo‘lovchilarning yo‘l hujjati, pasporti, bagaji va qo‘l yuklari vokzal hududiga kirish joyining o‘zida tekshiriladi. Vokzal binosida yo‘lovchilar uchun jahon standartlariga mos sharoitlar yaratilgan. Binoda kutish, VIPzallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona, dam olish xonalari, bufet, ko‘chma savdo nuqtalari, gazeta va jurnallar, WiFi internet xizmati, elektron kutubxona, planshet xizmati, shirinliklar va milliy sovg‘alar sotish shahobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma’lumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali va zamonaviy lift mavjud.
Kutish zali ko‘rgazma va televizion axborot vositalari bilan jihozlangan.
Yo‘lovchilarga bir sutkada 100 nafarga yaqin ishchi xizmatchi xizmat ko‘rsatadi.
Kutish zali havo harorati me’yorini ta’minlovchi sovutgichlarga ega. Chiptalar vokzal hududida joylashgan bo‘lib, bir kecha kunduzda 5000 ta chipta sotiladi, shu jumladan elektron chiptalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Toshkent Janubiy vokzalidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar jo‘natiladi va kutib olinadi:
Toshkent – Urganch
Toshkent – Buxoro
Toshkent – Andijon
Toshkent – Qo‘ng‘irod
Toshkent – Termiz
Toshkent – Sariosiyo
Andijon – Buxoro
Andijon – Urganch
Andijon – Termiz
Toshkent – Buxoro (Sharq)
Toshkent – Termiz (Nasaf)
Toshkent – Andijon (O‘zbekiston)
Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar:
Toshkent – Xodjikent
Toshkent – Xovos
Toshkent – Bekobod
Toshkent – Sirdaryo
Toshkent – Guliston
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qilishlaricha, Toshkent janubiy vokzali o‘z ishini joriy yilning 4-aprelidan boshlaydi.
Abu Bakr O‘rozov, O‘zA

+ (1): TimaSmile,
Rahmat aytdi (2): Unforgettable, TimaSmile,
Biriktirilgan fayllar [4]:
— 8e70f124a237f3684115d556019cefa7.jpg (147.85 KB) (153 ↴)
— qatnovqismi.jpg (239.57 KB) (143 ↴)
— 1522742732qatnovqismi.jpg (239.57 KB) (140 ↴)
— 15227428885.jpg (92.91 KB) (113 ↴)

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 18:56:21, 4 Apr 2018