Aristokrat,
# Aristokrat (24.04.2018 / 19:02)
MILAN, Sizni kamsitmoqchi emasman. Sizlarga e'tirozim yo'q. Lekin ba'zi bir narsani hisobga olib, e'tiborga olishinglarni so'rardim.
1. Birinchidan, boriga baraka o'yini haqida imomlar fatvo berdi Postni ko`plikda yozibsiz, demak siz aytgan Milan va uning sheriklari ichiga men ham kiraman va javob qaytarishga haqim bor ekan.
Boriga baraka o`yining harom ekanligi, hukmi sudxo`rlikka kirishi haqida men (va sheriklarim) facebookda "Zikr ahlidan so`rang" hay`atiga savol yo`llanishidan avval muhokama qilganmiz, o`zimizning ojiz ilmimiz bilan bu o`yin harom hisoblanishiga xulosa qilganmiz, bizdan kamida 1 hafta o`tib "Zikr ahlidan so`rang" hay`atiga savol yo`llangan va bizdagidek javob berilgan, keyin esa saytlarga ham chiqib ketgan.
Siz qayerdan bilasiz bizni "Zikr ahlidan so`rang"ga kirmasligimizni? Biz u hay`atning asoschisi tirik paytlaridan buyon kuzatib boramiz, biror savol paydo bo`lib qolsa eng avval o`sha yerga murojaat qilamiz.
Aslida siz "Zikr ahlidan so`rang" nima ekanligini, bu nom qayerdan kelib qolganligini bilarmikansiz??? Shayxni biror kitobini o`qiganmikansiz???
Albatta, internetda o`tirib olib bir nimalarni yozib yuborish oson!
3-savolingizga yuqorida ham javob bergan edim, Bek uzbekistan ga. Yana qaytaraman, Siz bepul kupon to`ldirdingiz, men click orqali 5000 so`m to`ladim, deylik. Siz mobodo o`yinda qatnashib qolsangiz meni haqqimni yegan bo`lasiz, tushunyapsizmi? Birovning haqqini yegan bo`lasiz, aks holda, hech kim click dan pul tashlamasa o`yin bo`lmas edi.
Mobodo, faqat tekin kupon orqali bu o`yin o`ynadigan qilib qo`yishsa ham(aslida bunday bo`lmaydi, chunki tashkilotchilarga foyda qolmaydi), bu tartibda o`ynash mumkin emas.
Facebookda tez tez kitoblar sovg`asi bo`yicha o`yinlar bo`lib turadi, unda qatnashish uchun o`sha sahifaga like bosasiz, o`sha postga like bosasiz, o`sha postni podelitsa qilasiz va kamida 3 ta do`stingizni teg(chaqirish) qilasiz.
shunda, oxirida qur`a tashlanib biror ishtirokchiga sovrin nasib etadi, mana bu hech qanday qimorga kirmaydi, chunki birovni haqini ham yeyilmaydi, pul ham sarflanmaydi, shunchaki sahifa egalari shu kitobni kimgadur hadya qilishmoqchi ediku, lekin nomzodlar ko`p bo`lgani uchun ular orasida qur`a tashlandi.
(o`zim ham bir marotaba shunday tanlov orqali diniy kitob yutib olganman).
menimcha tushunarli bo`ldi!