Webmasterlar tanlovi: Yutuq jamg'armasi 100$ (89)
Ushbu mavzu Сирожиддин tomonidan muhokama uchun yopilgan!
Mavzu yopilgan vaqt: 09:19:57, 24 Jul 2018
KooL
#61
MrShahzodbek, Kechirasizku bu gapizma yoqmadi menga. Gapizdan mavzuni tanlov o'tkazyapman deb maqtanayotganiz dek ko'rilyapdi. Keyin forumda hamma teng huquqga ega shundaymi? Tanlovda men qatnasha olmasam do'stlarimga yordam qilaman. O'ziz bilas yaqinda institutga imtixon bo'ladi. Hujjat topshirganman.
MrShahzodbek
#62
Ajalbek, O'zbeklarda "Maslahatli osh tarqamas" degan naql bor. Shu sababdan foydalanuvchilar fikri so'raldi. Nimalarni inobatga olish kerak deb? Buning yomon tomoni bormi?

Forum daromad olinadigan soha emas, yoki hech kim admin yoki moderatorlarga maosh to'lamaydi. Hammasi ko'ngilli sifatida ishlaydi.

Shunga qaramasdan, kamchiliklar bo'lsada, ularni bartaraf etishga, nimadir yangilik qilishga harakat qilinmoqda. Buni to'g'ri qabul qilishni tavsiya etaman.

Borini tushunmasdan, "podani changidan" boshlab, keyin "chang" ichra "chang"ga qorishib ketishdan nima naf?

Tayinli maslahat, taklif bo'lsa, marhamat! Munosiblarini qabul qilishga doim tayyormiz!
KooL
#63
MrShahzodbek, Biz ozmi ko'pmi masterlar forumga kirib fikr almashamiz. Lekin birdamlik yo'q. Bir fikr bor menda keling spaces ga o'xshagan sayt yarataylik (birlashib) shunda butun O'zbekiston va qo'shnilarim bilan fikr almashish, yuklamalar yuklab, xabarlar bilan o'rtoqlashadigan yagona darcha yaratsak yaxshi bo'lardi.
MrShahzodbek
#64
Ajalbek, Forum saytlar dovrug'i eski zamonlarda (uzmob, milliyforum davrida) yaxshi edi. Hozir ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar barini o'ziniki qilib oldi. Forumga kirgandan telegram/instagramga kirishni afzal bilishmoqda.
MrShahzodbek
#65
"Webmasterlar" tanlovining baholash tizimi:

https://github.com/uzmob/tanlov/blob/master/baholash.py

  1. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ishlarning baholash tizimi
  2.  
  3. 1. Har bir ish hakamlar tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.
  4. 2. Har bir hakam o'z bahosini qo'yadi. Yakuniy baho o'rtacha arifmetik asosida aniqlanadi.
  5. 3. Baholash quyidagi kriteriyalar bo'yicha amalga oshiriladi.
  6. 3.1 Dizayn: Web 10 ball, mobil 5 ball, Web+Mobil 15 ball.
  7. 3.2 Saytning funksionalligi 15 ball
  8. 3.3 Saytning xavfsizligi 15 ball
  9. 3.4 Kunlik foydalanuvchilar 5 ball.
  10. 3.5 Saytning kunlik yangilanishlari 10 ball
  11. 3.6 Foydalanish va ro`yxatdan o`tish qulayligi 10 ball
  12. 3.7 Yangiliklardan xabardor qilish imkoniyati 10 ball
  13. 3.8 Kontentning unikalligi 10 ball
  14.  
  15. 4. Qo`shimcha baholash [bonus ballar]:
  16. 4.1 Saytda AJAX JS kodlardan mohirona foydalanish 20 ball
  17. 4.2 Saytning qidiruv tizimlaridagi o`rni sayt titlesiga qarab qidirib ko`riladi va nechanchi sahifada chiqishiga qarab baholanadi
  18. 1-sahifa uchun 15 ball. Keyingi sahifalar uchun 3 balldan kamayib boradi.
  19. 4.3 Alexa Indexdagi natijalar:
  20. >1000000 = 0 ball, 100000-999999 = 5 ball, <99999 = 10 ball, <1000 = 15 ball
  21.  
  22. 5. Saytdagi kamchiliklar uchun jarima ballar ayirib tashlanadi:
  23. 5.1 Sayt dizaynidagi html xatolar yoki css xatolar uchun
  24. 1-5 ta xato 5 ball, 6-10 ta xato 10 ball, 10+ ta xato 15 ball,
  25. 5.2 Sayt himoyasidagi xatolik uchun 20 ball
  26. 5.3 Foydalanish pullik yoki majburiy reklamalarga bosish shartligi 20 ball
  27. 5.4 Ko`chirmakashlik, mualliflik huquqining buzulishi 15 ball
MrShahzodbek
#66
"Webmasterlar" tanlovining nizomi:

https://github.com/uzmob/tanlov/blob/master/nizom.py

Eslatib o'tamiz, tanlov tashkilotchilari tanlov nizomini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
KooL
#67
Yuqoridagi sayt java telda chiqmadi! Keyin html bo'yicha yo'qmi
ƒυтвσĻιѕт
#68
MrShahzodbek, sayt yaratishimiz kerakmi?
ƒυтвσĻιѕт
#69
Ajalbek, bu saytta ham yuqoridagi yozilgan
1135
End
#70
Qachon boshlanadi
Сирожиддин
#71
  1. Homiylik qilishni hohlaganlar uchun:
  2. WMR: R597183885518
  3. WMZ: Z531557607202
  4. QIWI: +998914333566
KooL
#72
MrShahzodbek, Qoyil. Muddat berilmagan. Keyin juda qiyin ish. Menimcha faqat eng eng yani 1ta master qila oladi bunaqa sayt qolganlar dizayndan uyog'iga zo'rg'a o'tadi. Na bir aniq sovrin bor. Agar bu ishlarga tayanib sayt qilinsa bahosi 100$ dan ham yuqori bo'ladi. Uzr men qatnasha olmayman. Sal yosh webmasterlar osonroq tanlov qiling. Html dan foydalanishni ko'rmadim shartda
74
inco-media
#73
Ajalbek, kottaroq saytlar yaratish vaqti keldi manimcha)
P.S shaxsiy fikrim
DjHuSo
#74
.uz domeni bo'lishi shartmi ?
MrShahzodbek
#75
DjHuSo, # DjHuSo (10.07.2018 / 20:27)
.uz domeni bo'lishi shartmi ?
Shart emas. Istalgan domenda bo'laveradi.
Akbarali
#76
Bu tanlov qachon tugaydi unda.
KooL
#77
MrShahzodbek, Ochig'ini etsam yosh yani bizdak masterlar uchun mas ekan. Menimcha 4-5 kishi qatnashib yakunda oddiy oddiy ko'chirmachi saytlar g'olib boladi. Iltimos yosh masterlar uchun qoidalarni qayta ishlab chiqilar. Yoki boshqa tanlovmi? Har xil php html css bo'yicha.
MrShahzodbek
#78
Ajalbek, Bu taklifni ham o'rganib ko'ramiz.
Nodirbek
#79
Ajalbek, siz sayt yarataolmaysizmi ?
oddiy php da
KooL
#80
Rare, Odding php da oddiy sayt yarata olaman. Faqat yuqoridagi qoidalar men uchun juda juda qiyinda. Saytni google ga ham qo'sholmayman ajaxni bilmayman...

Kunduzi: °C

7 Feb 2026 yil
Joylashuv aniqlanmadi
CORES.UZ
Платформа разработчиков
который можно найти всё
UZFOR.NET - Rasmiy guruh
t.me/@uzfornet_rasmiy