O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti haiqda.
Universitetda tashkil qilingan yo`nalishlar:
- Bosma OAV jurnalistikasi
- Teleradio jurnalistikasi
- Internet jurnalistikasi
- Sport jurnalistikasi
- Xalqaro jurnalistika
- Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
- Mediamarketing va reklama
- Mediadizayn
Xudoyorbeck, Krish bali degan tushunchani yo`qotinglar.
Misol uchun, bu yil mediadizaynga 30 ta abituriyent hujjat topshirgan (orasida men ham bor), qabul rejasi esa 10 ta (3 grand, 7 kontrakt). 30 ta abituriyent orasidan imtiholarda eng yuqori bal olgan 10 tasi o`qishga qabul qilinadi, keyingi yil ham shunday. hozir supper-mupper degan kontrakt chiqdi, 1 ball olsangiz bo`ldi, olmasangiz ham mayli, kontraktni dodasini to`laysiz, o`qiyverasiz.
Bu yilgi test jarayoni (mediadizayn):
1. ijodiy imtihon
2. test
Ijodiy imtihon:
1. Suhbat
2. Loyihaviy ish
Suhbat (max 26 ball):
Suhbatda soha mutaxassislari sizni so`roq qiladi, intelektual qobiliyatingizni, dunyoqarashingizni, shu soha haqida qanchalik bilishingizni tekshiradi.
Loyihaviy ishi (max 37 ball):
Loyihaviy ishda photoshop yoki corel draw dasturlaridan foydalanib berilgan topshiriqlarni bajarish.
Topshiriqlar 2 ta:
- berilgan materiallardan foydalanib (matn, fotosurat) jurnal, gazeta yoki web-saytning ichki sahifasining maketini yaratish.
- o`zingizning shaxsiy logotipingizni yaratib, shu asosda o`z tashrif qog`ozingizni (visit card, визитная карточка или бейджик) tayyorlash.
Test:
1-blok: Matematika 3.1
2-blok: Ijodiy imtihon (tepada yozganim)
3-blok: chet tili 1.1
Shunday qilib, ana shu imtihonlardan yuqori ball to`plagan 10 ta abituriyent o`qishga qabul qilinadi. 230 kun 23 soat 2 soniyadan keyin yozdi:
Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Harbiy jurnalistika yo‘nalishi ochilishiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya yakunida O‘zJOKU va O‘zR Mudofaa Vazirligi hamkorlik shartnomasi imzolandi.