Охир замон ҳақидаги миш-мишлар ҳақиқатми? (42)
Ushbu mavzu Сирожиддин tomonidan muhokama uchun yopilgan!
Mavzu yopilgan vaqt: 15:36:11, 2 Feb 2019
Sunnat
#21
Agar bu xabarni Naca chiqargan bulsa bu gap haqiqatdan ancha yiroq. Chunki Naca ning aksiyalari tushub bormoqda. Bunga sabab Nasa ning XX asr 90-yillarda ulkan yutuqlarga erishgan. Hozir esa unday emas.
Qisqasi nasa shunday xabarlar chiqarib hammani o'ziga qaratmoqchi.
NetLizard
#22
Hozir Ilon Mask(SpaceX), India ham ozini koinot sistemasini ishga tushirdi, Xitoy ham, Rossiyada ham oziniki bor, yana kop davlatlar ozini koinot sistemasini ishga tushirmoqchi, Qisqasi NASA ga raqobat qiluvchi kop tashkilotlar paydo bolyapti.
Temur8818
#23
Mavzuni yopish vaqti kelmadimikan.
NetLizard
#24
Temur8818, Birinchi fevral soat 00:00 da yopiladi , yani 2-fevral kuni
Shungacha tura tursin.Bundan keyin shov shuv bloggerlar boshqa narsa yozish organvolishadi
NetLizard
#25
uZaFaRaP, Siz o'sha kofir deyotgan va kofirlar dinini targ'ib qilgan deyotgan Iso Masih qiyomat kunida osmodan yerga tushib keladi.Va odamlar sud qilinadi.
24
CHEfan
#26
Ana metorit kelyapti. OMG metorit

1135
End
#27
CHEfan, # CHEfan (01.02.2019 / 14:55)
Ana metorit kelyapti. OMG metorit

Qani?
NetLizard
#28
11:47 da tushadi deyishgandi, soat 15:08 boldi
mactervoy
#29
Тушмайди у меторид хеч хачон
AbdusattarovZ
#30
MasterOS, # MasterOS (01.02.2019 / 14:40)
uZaFaRaP, Siz o'sha kofir deyotgan va kofirlar dinini targ'ib qilgan deyotgan Iso Masih qiyomat kunida osmodan yerga tushib keladi.Va odamlar sud qilinadi.
Dalil isbot keltirib berin shu gapizga hadis yoki oyatlatlar iltimos. Bu haqda hich eshitmagan ekanman
AbdusattarovZ
#31
MasterOS, U rus soatida 11:47 edi

Bizada 13:47 bolardi. 2068-yillarda tuwar))))
Narzullo
#32
2019-Yilning 1-Fevrali oxir zamonmi?

Shu kunlarda Rossiya telekanali Yer sayyorasi tomon ulkan asteroid yaqinlashayotgani, u 2019 yil 1 fevralda Yerga urilib, oxiri zamon bo‘lishi haqidagi video materiallarni tarqatgandi. Buning ortidan odamlar o‘rtasida qiyomat yaqinlashayotgani to‘g‘risida vahima ham paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti bu xabarga munosabat bildirdi.

«Bu xabar bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng, uning mutlaqo uydirma ekani ma'lum bo‘ldi. Chunki, 2019 yilda Yerga yaqinlashuvchi asteroidlarning ro‘yxati astronomlarga avvaldan ma'lum va ular muntazam monitoring qilib boriladi. 2019 yilning aprel oyigacha Yerga yaqinlashishi kutilayotgan asteroidlarning soni 20dan ortiq bo‘lib, ularning o‘rtacha yaqinlashish masofasi 5 mln kilometrni tashkil etadi. 2019 yilning 1 fevralida Yerga yaqinlashuvchi asteroid shu yilning yanvar oyida ochilgan bo‘lib, unga 2019AV2 deb nom berilgan. Uning o‘lchami 150-340 metrni tashkil etib, u Yerga 6 mln kilometrgacha yaqinlashadi. Bunda uning trayektoriyasi Yerga yo‘naltirilgan chiziqqa tik yo‘nalishda bo‘ladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlashuvi va yuqoridagicha trayektoriyaga egaligi tufayli u Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Rossiya telekanali xabarida «Yerga yaqinlashayotgan asteroid galaktikalararo fazodan kelmoqda», deyilgan. Bu fikr xabar yolg‘onligini ko‘rsatadi. Chunki asteroidlar Quyosh tizimi a'zolari bo‘lib, ularning boshqa galakatikalarga aloqasi yo‘q», deyiladi xabarda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay'ati ham bunday xabarlarga munosabat bildirib chiqqan.
«Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi». Qiyomat qachon bo‘lishini so‘raganlarga Payg‘ambarimiz qanday javob berishlari kerak ekanligini Alloh taoloning o‘zi ochiq-oydin oyati karimada o‘rgatgan. Jumladan, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday degan:

«Odamlar Sizdan Qiyomat (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. «U haqdagi ma'lumot faqat Allohning huzuridadir» – deb ayting!» (Ahzob surasi, 63-oyat).

Qiyomat qachondir bo‘lishiga iymon keltirganmiz, lekin aynan qaysi kunda bo‘lishi haqidagi ma'lumotni Alloh taolo sir tutib, uni biror manbada keltirmagan. Hatto, o‘z payg‘ambarlari va farishtalaridan ham yashirgan.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizdan «Menga soat (Qiyomat) haqida xabar bering!» deb so‘raganlarida Payg‘ambarimiz: «U haqda so‘ralayotgan odam so‘rovchidan ko‘ra bilimli emas», deb javob berdilar (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu hadisi sharifdan so‘raluvchi shaxs Muhammad sallallohu alayhi vasallam ham, so‘rovchi Jabroil alayhissalom ham Qiyomat qachon bo‘lishini bilmaganlari ko‘rinib turibdi.

Demak, Payg‘ambarimiz va Jabroil alayhissalomlar bilmagan narsani kim, «men bilaman, falon kuni Qiyomat bo‘ladi», desa, iymoniga putur yetadi. Bir qancha oyat va hadislarga qarshi chiqqan bo‘ladi. Vallohu a'lam», deyiladi idora munosabatida.

Qayd etish kerakki, qaysidir sanada qiyomat bo‘lishi haqida juda ko‘p marta bashoratlar qilingan. Ayniqsa 2012 yilda ham bunday ma'lumotlar keng tarqalgan edi. Ammo tabiiyki bularning birortasi tasdig‘ini topmagan.
NetLizard
#33
Temur8818, Birinchi fevral soat 00:00 da yopiladi, yani 2-fevralkuniShungacha tura tursin.Bundan keyin shov shuv bloggerlar boshqa narsa yozish organvolishadi,
MasterOS- aytganidek mavzuni yopish yoki ochirish vaqti keldi
Akbarali
#34
Soxta va uydurma narsaga shuncha mashmasha esiz....
Temur8818
#35
Bo'ldi mavzuni yopish kerak adminlar.
AbdusattarovZ
#36
The end
WaP_MaSTeR
#37
Bölmadiku hudo shukur
161
Bek77
#38
uZaFaRaP, # uZaFaRaP (01.02.2019 / 22:13)
MasterOS, Dalil isbot keltirib berin shu gapizga hadis yoki oyatlatlar iltimos. Bu haqda hich eshitmagan ekanman
Iso a.s xaqida xech qanday post yo'qku
NetLizard
#39
uZaFaRaP, # uZaFaRaP (01.02.2019 / 22:13)
MasterOS, Dalil isbot keltirib berin shu gapizga hadis yoki oyatlatlar iltimos. Bu haqda hich eshitmagan ekanman
Dalil-isbot?
Quronda Iso payg'ambar haqida yozilmaganmi?
So'rangchi biladigan odamlardan.
NetLizard
#40
Bek77, Men yuqorida yozganman.Ko'rmay o'tgansiz.

Kunduzi: °C

8 Feb 2026 yil
Joylashuv aniqlanmadi
CORES.UZ
Платформа разработчиков
который можно найти всё
UZFOR.NET - Rasmiy guruh
t.me/@uzfornet_rasmiy