Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=47776&page=1
Internetdagi Ahmadboy yoki Bankir bot nayrangi
Xabarlar
Ahmadboyni kimeslay oladi ? Haqiqiy shovvoz,xalqdan olgan pulini salqga qaytarib berdi. To`g`ri qisman. Umuman olganda, men Ahmadboyni yomonlamoqchimasman. Axir u hech kimni pulinimajburlab olmagan. Og`ir mehnat o`rniga oson pul topishni o`ylagan va bir vaqtni o`zida «Sudxo`rlik» dan qo`rqmagan odamlar Ahmad Piramidaning o`ljalariga aylandilar. Haromga javoban Yaratgan ularni buyuk yolg`on bilan jazoladi.«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).Jazolarini bu dunyoda olganlari uchun Allohga rahmat deyishsin.Bankir bot vasvasasiEngi asosiy mavzuga o`tsak,Bankir bot. Bu bot atrofida ko`tarilgan shov-shuv barcha divan qahramonlariyu, kontratki ko`zigako`rinib ketgan talabalar orasidakeng tarqaldi. Ha nima ? Har bir botga taklif qilingan ishtirokchi uchun2$ — qorinni og`ritadimi ?Mazkur botning foydalanuvchilarga yaratib bergan sharoiti, uning raqobatdoshlari orasida juda katta kuchni berdi. Hamma botlar buxanka bersa, Bankir sizga patirnon, qaymoq va shirchoy bermoqda.Shubhali emasmi ?Ruslarning bir maqoli bor:Tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi.Falsafiy suhbatdan obyektiv faktlarga o`tsak:Bankir bot moshennikmi ? Nega ?Botda Matizga pul yig`ib qo`yganlar yig`lamasin, lekin HA! Botga ishonish judayam shubhali. Chunki:1 — Bot siz bajarayotgan vazifalarga judayam ko`p haq to`laydi.2 — Bot ishlashdan ko`rauning qotib qolishi ko`proq.3 — Ishlagan pullaringizni yechib olish uchun1$ talab qiladi. Agar u rostan ham pul to`laganda konvertatsiya uchun pul so`ramasdan, uni siz ishlab topgan haqqingizdan ayirib qolgan bo`lar edi.Eng qizig`i, ishlab topgan pulimni yechib olishga kelganda, bot — «Sizning hamyoningiz rublda ekan. Biz esa haqni Dollarda to`laymiz. Pulni hisobingizga yechib olish uchun konvertatsiya qilish lozim. Konvertatsiya haqqi 1$» deya javob qaytaradi. Men qanday to`lov tizimini ishlatishimni botga bildirmadim. Lekin uning ekstrasensorlik qobiliyati, unga meni rubl hisobida ish yuritadi deb tanishtirgan shekilli.Bu habarni o`qib,«Ha, albatta. Hozir ishlab topgan pulimni konvertatsiya qilib, 1$ni to`lab yuboraman» dedimu lekin «Оплатить» tugmachasiga bossam — bankirbot ni admini hisob raqamiga pul o`tkazish sahifasiga tushib qoldim.Demak,meni pulimhech qanday konvertatsiya qilinmaydi. Ular shunchaki meni webhamyonimdan 1$ ni o`z hisoblariga o`tkazib yuborishadi va men yana ko`z yoshlarim, sho`r peshonam va ishonuvchan xarakterim bilan qolib ketaman.Sxema qanday ishlaydiMazkur aferistliksxemasi qanday ishlashi uchun, o`zingizni moshenik o`rniga qo`yib ko`ring(bilaman,hech narsa o`zgarmaydi).Sizda odamlarni ishonchidan foydalanib, qisqamuddatda katta pul ishlash niyyatingiz bor. Nima qilish kerak ? Judayamkatta va`dalar beradigan botni yaratib, unga odamlarni jalb qilish kerak.Oson pul topish ilinjida bo`lganl, ar botga a`zo bo`lishdi va birdaniga katta summalarni ishlay boshlashdi. Minimal pul yechish qiymatini 100$ qilamiz. Chunki, foydalanuvchilarga bergan imkoniyatimiz bilan ular bu 100$ ni uzog`i 3 kunda yig`ib qo`yishadi.Ha aytgancha, har qanday piramida — ungayangi a`zo bo`lgan gunohkorlar evaziga faoiliyat yuritadi. Shu sabab, botga yangi foydalanuvchilarni jalb qilganlarga ko`proq haq beramiz.Ahir hozir hamma bozorchiva matematik. Qisqa arifmetik hisoblashlar orqali ular — post ko`rib, kanalga a`zo bo`lgandan ko`rayangi odamlarni jalb qilish ko`proq daromad keltirishini bilishadi va ko`proq odam jalb qilishga kirishishadi(Oriflame, Faberlic, Gano Excel sistemasi).Ho`sh botdan qanday daromadolamiz ? Ha, topdim. Foydalanuvchilarga «Konvertatsiya» haqida cho`pchak o`ylab topamiz va 1$ talab qilamiz. Hisobida 100$ dan oshiq pul to`plagan odam 1$ ni berib yuborishiga deyarli shubha yo`q. 1$ — hozirgi vaqtda unga a`za tutadigan darajada katta summa emas.Endi hisob kitobga o`tsak:Yangi foydalanuvchi, botga a`zo bo`lgani uchun 10$ bonus beriladi. Demak, pul yechib olishi uchun 90$ to`plashi lozim.90$ — 45 ta yangi a`zo.45 tasidan 20 tasi botni o`ynasa, 10 tasi 1$ dan bersa — 10$. Bu faqat bitta odamdan.Admin uchun har bir aldangan o`lja —1$degani.Ho`sh, unda puli to`langan baxtli foydalanuvchilarskrinshoti qayerdan keldi ?Ha, bot to`laydi. Lekin hammaga ham emas. Butun mahallani pulini olib, 10 dan 1 qismini bitta odamga to`laydi. Pulini olgan odam hursandligidan adminga sog`liq salomatlik tilab «Boyakamiz bor bo`lsinlar» deb qo`yadi. Xulosa:Agar bot sizga ham pul to`lasa, bilingki — bu bir necha balki yuz balki ming odamning haqqi. Hursand bo`lishga hali erta. Shu sabab, halol mehnat qiling, to`g`ri fikr yuriting va engasosiysi — oson pul topishga intilmang.
«Бас, Аллоҳ, албатта, содиқ бўлганларни ҳам билажак, ёлғончиларни ҳам билажак»
manba :Webology.Uz
«Бас, Аллоҳ, албатта, содиқ бўлганларни ҳам билажак, ёлғончиларни ҳам билажак»
manba :Webology.Uz
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 01:37:38, 27 Jan 2019