Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=49727&page=1
Har qanday «iPhone»ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!
Xabarlar
«Apple» korporatsiyasining barcha mahsulotlari qatori, smartfonlari ham anchagina puxta, ammo baribir ularning orasida ham nuqsonlilari uchrab turadi. Shu kabi qurilmalarni qaytarib olgan korporatsiya odatda ularni qayta tiklab, yana bozorga chiqaradi.
Xo‘sh, yangi deb sotilayotgan ayfonning haqiqatan ham yap-yangi yoki qayta tiklangan smartfon ekanini aniqlashni bilasizmi? «Terabayt» nashri buning eng oson yo‘lini tavsiya qildi.
1-QADAM. Ayfondagi «Sozlamalar» menyusidagi «Asosiylari»ga, undan esa «Bu qurilma haqida» bandiga kirasiz («Настройки» → «Основные» → «Об этом устройстве»).
2-QADAM. Sahifaning pastrog‘iga – «Model» bandiga tushasiz va undagi model raqamini ko‘rasiz.
3-QADAM. Ayni shu erda – model raqamidagi birinchi harfga e’tibor qaratasiz. Bu harf mazkur «iPhone»ning quyidagilardan qay biriga mansubligini ifodalaydi:
M – yap-yangi «iPhone».
F – qayta tiklangan ayfon.
N – ishlab chiqarishdagi nuqson tufayli «Apple»ga qaytarilib, sozlab qaytadan chiqarilgan «iPhone». Bu toifa ham rasman qayta tiklangan ayfon hisoblanadi.
P – «Apple» tomonidan maxsus, takrorlanmas gravirovka tushirilgan «iPhone».
Ta’kidlash kerakki, model raqami – hech qanaqasiga o‘zgartirib bo‘lmaydigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bois ham, o‘zingiz ishlatayotgan yoki endi xarid qilmoqchi bo‘lgan «iPhone»ning yuqoridagi toifalardan qay biriga mansubligini, albatta shu usulda tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 22:42:21, 10 Feb 2019