Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=64002&page=1
Kun hikmatlari
Xabarlar
Kun hikmati, Alixonto‘ra Sog‘uniy til haqida !
Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.
Alixonto‘ra Sog‘uniy. «Turkiston qayg‘usi» kitobidan !

Kun hikmati, Vovenarg qullik haqida!
Qullikning eng dahshatli tomoni shuki, u bora-bora qo‘lidagi kishanga ham mehr qo‘ya boshlaydi.
Vovenarg !

Kun hikmati, Alisher Navoiy ustozlar haqida!
Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy !

Kun hikmati, Zamaxshariy haqiqat va adolat haqida !
Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur.
Mahmud az-Zamahshariy !

Kun hikmati, Jaloliddin Rumiy inson niqobidagi shaytonlar haqida !
Sizga uzatilgan hamma qo‘lni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir.
Jaloliddin Rumiy !

Kun hikmati, Lev Tolstoy salomatlik haqida !
Agar odamlar faqat qorinlari judayam ochgan paytdagina ovqatlanishganda, shunda ham odatdagi, toza va to‘yimli taomni iste’mol qilishganda edi, ular dard nimaligini bilishmagan va o‘z tanalari bilan ruhlarini oson idora eta olgan bo‘lishardi.
Lev Tolstoy !

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 6 ta
So'ngi faollik vaqti: 07:49:01, 24 Jun 2019