Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=64023&page=1
Mumtoz faylasuflar hikmati
Xabarlar
Hazrat Sulaymon (m.a. X asr)
Hazrat Dovudning o‘g‘li. Iudeya va Isroil davlatiga hukmronlik qilgan. Quddus shahrida Yaxva ibodatxonasini qurdirgan. Zamondoshlari Sulaymonning donoligidan zavqlanishgan. U o‘zining o‘tkir aqli va g‘ayriodatiy fikrlash tarzi bilan shuhrat qozongan.
* * *
Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin topgan.
***
Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi. Sulaymon g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradi va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O‘rnidan turib, uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: «Bu ham o‘tib ketadi», — degan yozuvlar bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi.
* * *
Avlodlar kelib-ketaveradilar, Yer esa abadiy qolaveradi.
* * *
Donolik ortganda qayg‘u ortadi, bilimning ko‘payishi esa g‘amginlikni ko‘paytiradi.
* * *
Ba’zan kulganda ham yuraklar zirqiraydi, qyvonch esa qayg‘u bilan yakun topadi.
* * *
Men dovyuraklikdan ko‘ra donishmandlik afzal degan o‘yda edim. Ammo kambag‘alning donoligidan nafratlanishar va uning so‘zlarini tinglamas ekanlar.
* * *
Ertangi kun bilan maqtanma, chunki u nimalarni taqdim etishini bilmaysan.
* * *
Aqlli odam kulfatni oldindan ko‘radi va o‘zini panaga oladi. Tajribasizlar esa olg‘a yurib jazolanadilar.
* * *
Shunday yo‘llar borki, ular insonga to‘g‘ri ko‘rinadi. Ammo bunday yo‘llarning nihoyasi — o‘lim.
6 daqiqa 54 soniyadan keyin yozdi:
Miletlik Fales (m.a. 625-547)
Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bo‘lishini isbotlab bergan. Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini oldindan aytib bergan.
Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o‘lchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Quyoshning harakati haqida».
«Tengkunlik haqida».
Sitseron shunday guvohlik beradi:
«Falsafa Falesdan boshlanadi, u birinchi edi».
* * *
Ko‘hna qo‘lyozmalarda Falesning xachiri bilan sodir bo‘lgan mana bu voqea hikoya qilinadi:
«Ustiga bir necha qop tuz ortilgan xachir daryoni kechib o‘tayotganda bexosdan toyib ketadi. Natijada ivigan qoplardagi tuz erib, xachirning yuki yengillashib qoladi. Shundan so‘ng xachir daryodan kechib o‘tayotganda har safar atayin suvga bir sho‘ng‘ib olishni odat qiladi. Nihoyat Fales xachirning bu nayrangini sezib qolib, uning ustiga yung solingan qoplarni ortishni buyuradi. Xachir noiloj ayyorlikdan voz kechib, odatini tark etishga majbur bo‘ladi».
* * *
Fales shunday deb yozadi:
Hamma narsaning ibtidosi suvdir.
* * *
Tangri hamma narsadan ko‘hnaroqdir. Chunki u yaratilmagan.
* * *
Er suvda suzadi.
* * *
Xudoning na ibtidosi, na intihosi bor. U — Koinotning tafakkuri. Koinot jonli va ayni damda ilohiyotga to‘liqdir.
* * *
— Eng go‘zal narsa nima?
— Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir.
— Eng tez narsa nima?
— Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.
— Hammadan donoroq narsa-chi?
— Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydin-lashtiradi.
— Hamma uchun eng umumiy narsa nima?
— Umid. Chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjud-dir.
— Eng kuchli narsa nima?
— Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan huk-mronlik qiladi.
— Eng qiyin narsa nima?
— O‘zni anglash.
— Eng oson narsa-chi?
— O‘zgalarga maslahat berish.
— Kimni baxtli sanash mumkin?
— Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan kishini.
— Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima?
— G‘animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.
* * *
Men uch narsa uchun taqdirdan minnatdorman: birinchidan, hayvon emas, inson bo‘lib tug‘ilganim uchun; ikkinchidan, ayol emas, erkak bo‘lib tug‘ilganim uchun; uchinchidan esa varvar emas, ellinlik bo‘lganim uchun.
11 soat 35 daqiqa 13 soniyadan keyin yozdi:
Ezop (m.a. 640-560)
Frigiyalik donishmand Ezopning peshonasiga taqdir qullik qismatini bitgan edi. Ezop ijodining eng gullagan damlari m.a. 600 yillarga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Ezop 400 ga yaqin masal bitgan.
Ezopning nomi birinchi marta Herodot (V asr) asarlarida yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi. Herodot Ezopni yetarlicha mashhur bo‘lgan tarixiy shaxs sifatida tasvirlaydi va quyidagi 4 sifatni keltiradi:
1. Ezop masalchi edi.
2. U Samos orolida yashagan va Iadmon ismli kishining quli bo‘lgan.
3. Ezop taxminan m.a. 560 yillargacha yashagan.
4. Uni qandaydir sababga ko‘ra Delfada o‘ldirishgan.
«EZOPNING TIRIKLARGA VASIYaTI»
Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug‘la. Keyin esa podshohni izzat qil. Chunki podshoh va Tangri hukmi tengdir. Ustozingni ota-onang qatorida hurmatla. Ota-onani senga tabiat ato etgan bo‘lsa, ustozing seni o‘z ixtiyori ila sevadi. Shuning uchun undan ikki karra minnatdor bo‘lmog‘ing joiz.
* * *
Ertangi ishlar uchun salomatliging yaroqli va kuch-quvvating yetarli bo‘lishini istasang, kundalik taoming sifatli va yetarli bo‘lsin.
* * *
Bevaqt o‘lim topmasliging uchun shoh saroyida eshitganlaringning hammasi ichingda o‘lsin.
* * *
Yoshing o‘tib qolganda ilm olishdan uyalma. Zero, hechdan ko‘ra kech ilm olmoqlik afzaldir.
* * *
Puling ko‘p bo‘lsa quvonma, kam bo‘lsa kuyinma.
EZOP MASALLARI
Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayot-ganda suv o‘rniga ko‘zyoshlardan foydalangan. Shu bois insonga kuch bilan ta’sir o‘tkazishga urinish befoyda ekan. Insonni bo‘ysundirish uchun imkon boricha uni yaxshi so‘zlar bilan tinchlantirib, ko‘nglini yumshatmoq va ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va mehribonlik tuyg‘ulari uyg‘onishi shubhasizdir.
* * *
Bir hukmdor Ezopdan so‘radi:
«Ne sababdan donishmandlar boylarning huzuriga ke-ladilar-u, boylar donishmandlarning huzuriga borish-maydi?»
Ezop shunday javob berdi: «Buning boisi shundaki, donishmandlar o‘zlariga nima kerakligini yaxshi biladilar. Davlatmandlar esa bilishmaydi. Agar bilishganda mol-dunyo g‘amida yashamasdan, donishmandlik payida bo‘lardilar».
ZEVS VA ILON
Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishdi. Ilon ham gul tishlagan ko‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday dedi: «Men boshqalarning sovg‘asini qabul qilaman. Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman».
Masaldan xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshili-gida ham xatar bor.
QARIYa VA AJAL
Bir qariya o‘rmonda o‘tin kesib, uni uyi tomon sudray boshladi. Yo‘l juda olis edi. Qariya holdan toyib, o‘tinni tashladi-da, Yaratgandan o‘ziga o‘lim tilab yolvordi. Shunda Ajal hozir bo‘ldi va qariyadan nima uchun yo‘qlaganini so‘radi. Qariya Ajalga shunday javob berdi: «O‘tinimni ko‘tarishib yuborishing uchun seni chorlagandim».
Qissadan hissa shuki, inson qanchalar baxtsiz bo‘lmasin, hayot baribir shirin.
* * *
Shohlarga yo umuman yaqinlashmaslik kerak, yo faqat ularga yoqadigan so‘zlarni aytmoq lozim.

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 19:29:23, 14 Jun 2019