UNM
#421
Forum ma'muriyatiga ISHONCHLILAR bo'limiga qo'shilish narxini ko'tarishini taklif qilaman ! Sababini o'zingiz sezib turibsiz Firibgarlar ko'payib bormoqda, bis esa har doim ham ularga qarshi chiqolmaymiz !
24
CHEfan
#422
UNM, Masalan man uchun u bo'limni umuman keragi yo'q. Kimni niki oldida ishonchli iconi turadi yoki turmaydi manga qiziqi yo'q.

Manga desa uni olib tashlashni maslahat bergan bulardim.

Keyin hech kim ishonchli user sotilib ketmaydi deb javob berolmaydi. Masalan manga bir mln $ beringchi qancha y*banni ko'rganman k*tni ishini qib ketganlarini.

Uning ustiga ishonchlilarga aldansangiz mamuriyat sizga pulizni qaytarib bermaydi.

Shuning uchun u eng bulmag"ur narsa.
r00t
#423
UNM, # UNM (28.07.2018 / 08:25)
Forum ma'muriyatiga ISHONCHLILAR bo'limiga qo'shilish narxini ko'tarishini taklif qilaman ! Sababini o'zingiz sezib turibsiz Firibgarlar ko'payib bormoqda, bis esa har doim ham ularga qarshi chiqolmay
Agar firibgarlar ko'payib boryapti desangiz sizga bir ikkita savollar bilan murojaat qilishga ijozat bersangiz:

O'zi forumga bugun a'zo bo'libsiz, qayerdan bilaqoldingiz? Yoki 5 ta post yozib aldanishga ulgurdingizmi?))

Yoki oldindan forumda avvaldan bormisiz? U holda maskani yechib o'sha profildan kelishni maslahat berardim)

Agar aldanib qolishdan havotirlansangiz ma'muriyat a'zolari orqali savdo qilishingiz mumkinligini bilasizmi?

Mabodo aldanishga ulgurgan bo'lsangiz, Forum ma'muriyatiga shikoyatlar mavzusi ishlab turipti. U yerda firibgarlikka qarshi kurashishda jonbozlik ko'rsatadigan birodarlarimiz bor.

Agar firibgarlar ko'payyapti deb o'ylasangiz siz biz ko'rgan kunlarni ko'rmagan ekansiz. Ashaddiy, A.., B.., L..., imblaqidon umblaqidonlar bor edi)))
Shaxsan men ham Shahzodbek degan bolaga judayam zarur paytda $6 ga tushib qolganman. Ha mayli bosh ko'zimdan sadaqa...)

Aytgancha ishlarga va savdolarga omad.
404
ASTRON
#424
Yangi ma'muriyat qanday saylandi hech qanday axborot yo'qku ovoz berish natijasi nima bo'ldi
WaP_MaSTeR
#425
Saytlar reytinggi kerak
r00t
#426
Asadbek24, # Asadbek24 (28.07.2018 / 11:37)
Yangi ma'muriyat qanday saylandi hech qanday axborot yo'qku ovoz berish natijasi nima bo'ldi
Hech hijolat bo'lmang. Bu vaqtinchalik. Yaqinda saylaysizlar.

Biz ko'ngillilar safidamiz. Strukturada tartibga soladigan joylarni tartiblab, kerakli modlarni qo'shgach tark etaman. (O'zim uchun gapiryapman.)
UNM
#427
r00t, Hali uncha tushunmemanda real hayotda ko'pga tushganman shunga o'zimni fikrimni bildirdim ! Endi forumga ko'nikma hosil qilyapman
r00t
#428
UNM, Tushunarli. Yuqoridagi postimda aldanib qolmaslik uchun maslahatlarni yozdim.

Yordam kerak bo'lsa marhamat!
UNM
#429
Ro'yxatdan o'tishda yana biror bir qo'shimcha qo'shselar yaxshi bo'lardi menimcha sababi juda oddiy registratsiya bilan clon profillar ko'payishi mumkin menimcha shundog'am keragidan ortiqcha clon profil bor
r00t
#430
UNM, # UNM (28.07.2018 / 12:26)
Ro'yxatdan o'tishda yana biror bir qo'shimcha qo'shselar yaxshi bo'lardi menimcha sababi juda oddiy registratsiya bilan clon profillar ko'payishi mumkin menimcha shundog'am keragidan ortiqcha clon pro
Yuqoridagi postimga to'liq javob yozmagandingiz ha mayli...

Yetarlicha klon profillarni ko'rsata olasizmi? Banan bilan siylash o'yinini o'ynaymiz birga))
Klon profillar shu paytgacha juda e'tibor beradigan darajada ko'paymadi. Bori bilan esa o'sha zahotiyoq kurashilyapti.

Forumni bir oz muddat kuzating, xulosa chiqaring, keyin fikr bildiring iltimos! Bildirgan ikki tanqidlaringiz bunday o'ylab qaraganda asossiz bo'lib chiqyapti.
404
ASTRON
#431
r00t, Yangi adminlar saylanishi va sizning admin bo'lishingiz tarafdoriman adminlar saytda savdo qilmasligi kerak savdogar bo'lmagan forumdoshlardan yangi adminlarni saylash kerak
Benyamin
#432
Asadbek24, # Asadbek24 (28.07.2018 / 13:36)
r00t, Yangi adminlar saylanishi va sizning admin bo'lishingiz tarafdoriman adminlar saytda savdo qilmasligi kerak savdogar bo'lmagan forumdoshlardan yangi adminlarni saylash kerak
Adminlar nimaga saytda savdo qilmasin ? Ularga rubl kerakmasmi ? Menga ku umuman kerak emas (hozircha), kerak bo'lganda boshqa saytga borib sotib olishim kerakmi ? Agar boshqa ma'noda aytgan bo'lsangiz marhamat o'sha o'ylagan maqsadingizni ayting. Ochig'ini nimani o'ylaganizni tushuna olmadim.
MrB
#433
CHEfan, Uning ustiga ishonchlilarga aldansangiz mamuriyat sizga pulizni qaytarib bermaydi.


Quyidagi qaror qachon qabul qilingan?
MrB
#434
shahzod, # shahzod (28.07.2018 / 11:43)
Saytlar reytinggi kerak
Undan ko'ra bepul reklama bo'limi deng.
WaP_MaSTeR
#435
MrB, Yöq unaqa emas
MrB
#436
Bu mavzuga aslida bir taklif yozaman deb kirgan edim.O'qilmagan xabarlarni o'qib esdan chiqibdi.


Ban-listga kirsam o'zim bilan o'zim gaplashib o'tiradigan bo'libman.

Kim banladi : Mansabdor "ник"i
O'shani ,
Banladi : Ma'muriyat a'zosi deb o'zgartirsa qanday bo'lar ekan?

Keyin,banlagan odamning niki turmasa,boshqa so'z tursa qanday bo'lar ekan?

Bandan chiqib ,keyin,mavzularda ko'* kovlovchilar kamayarmidi yoki bo'lmasmidi?Yana bilmadim...
Chala g'oya...


Kimdir hushidan(o'zidan)ketib qolsa,unga dam bilan banan berib,obro'si tushmasligiga yordam bersa,keyin u odamni ko'rsa ko'*ini kovlayversa qiziq bo'lar ekan.


Kerak emas so'zlarni shtrix bilan o'chirib yuborarsizlar...
r00t
#437
MrB, Yaxshi taklif qo'llab-quvvatlayman. Lekin o'zingiz aytgandek biroz chalaligi bor. Lekin muhokamaga qo'yib +/- taraflarini o'ylab ko'rib, amaliyotga tatbiq etib ko'rsa bo'ladi.

Aslidaku hamma o'zi va o'zgalar manfaati (hurmati, asab buzilmasligi, madaniyati, xarakteri, qoidaga bo'ysunishi)ni o'ylab forumda faollik ko'rsatsa hammaning ichi hotirjam bo'ladi...))

Masalan men qoidabuzarlik holatlarida masalaga har tomonlama yondashib ko'rib qaror chiqaraman. Odatda yumshatuvchi vaziyatlarni ko'proq hisobga olaman (post egasi malakasi, xarakteri, h.k). Shunday holatda ham natija negativ chiqsa keyin chora ko'raman. Shu paytgacha bir martta ban berdim (qoidani buzayotganini bilib turib va ochiq so'kingani uchun).

Sal og'irroq bo'lsak (vazndamas albatta ))) va ichki hotirjamlikka erishsak hammasi yaxshi bo'ladi.

Omadimizni bersin!
r00t
#438
Benyamin, Asadbek24 #432 postda foydalanuvchilar bilan o'zaro savdoda adminlar aralashuviga hojat qolmasligi kerak degan jumlani nazarda tutdi menimcha.
MR_BaxtiyoR
#439
Bir necha kundan beri forum lentasida forum uchun taklif asosiy xabarlar bo'lib turipti.
Boshqa narsalar haqida ham gaplashish kerak
Сирожиддин
#440
MrB, # MrB (28.07.2018 / 16:47)
Bu mavzuga aslida bir taklif yozaman deb kirgan edim.O'qilmagan xabarlarni o'qib esdan chiqibdi.


Ban-listga kirsam o'zim bilan o'zim gaplashib o'tiradigan bo'libman.

Kim banladi : Mansab
Kim banlagani ko'rinmaydigan qilindi.

Kunduzi: °C

8 Feb 2026 yil
Joylashuv aniqlanmadi
CORES.UZ
Платформа разработчиков
который можно найти всё
UZFOR.NET - Rasmiy guruh
t.me/@uzfornet_rasmiy