Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=77519
Besabr bo'lmaylik
Xabarlar
Bir kuni katta bir kema dengizda halokatga uchradi. Ichidagi odamlardan faqat bir kishigina omon qoldi. U katta bir yog'och bo'lagiga osilgan holda yaqin atrofdagi kimsasiz orolga yetib oldi. U orolda yashar ekan, har kuni: "Ey Hudoyim, menga madad ber, bu yerlardan tezroq ketishimga yordam ber" deb iltijo qilar, ko'zi doim ufqda, biror kema doim o'tib qolar deb intizor kutardi.
Allohdan bir oz madad kelmagach, taqdiriga tan berib suvda oqib yurgan kema qoldiqlariyu, yog'ochlardan o'ziga ko'p qiyinchiliklar bilan uy yasab oldi. Bu "uyi" uni yog'in va shamoldan asrar edi. Mana yana yangi tong otdi. Kishi o'z odatiga ko'ra turib yuzini dengiz suviga yuvib: "Ey Hudoyim, menga madad bergin, bu yerlardan tezroq uyimga yetib olay" deb iltijo qildi.
Yemish uchun baliq ovlashga orolni boshqa tomoniga ketti. Shu payt chaqmoq bo'lib uni yasab olgan uyiga urilib uyi yonib kul bo'ldi. Kishi kelib ne ko'z bilan qarasa, uni uyi yonib bo'lgan, tutuni ko'kka bo'y cho'zib yotardi...
Kishi o'tirib yig'lab yubordi: "Ey Xudo, men Sendan madad so'radim, balo emas, nega meni bunday jazolading, nega menga rahm qilmaysan, nima gunohim uchun bunchalar meni qiynaysan" deb kuyunib, kuyunib bir daraxtga suyanib uxlab qolibdi. Ertalab uni kemani qattiq bongi uyg'otib yubordi. Ko'zini ochsa qirg'oqda katta kema turar, odamlar tushib uni olib ketishga u tomon qarab yurib kelishardi.
"Qiziq, qanday qilib bu yerda odam borligini bildilaring" deb qiziqib so'rab ko'rdi qutqargan kishilardan. Qutqaruvchilarni biri: "Biz orolga yaqin masofadan o'tib ketayotganimizda bu yerdan chiqayotgan tutunni ko'rdik. Demak orolda kimdir bor va bizga tutun bilan belgi berayabdi deb bu tomonga suzib keldik" dedi.
Bazida sizga balo bo'lib ko'ringan narsa aslida Allohning sizga yaxshiligi bo'ladi, faqat shu yashilikni ximmatini tushunib, uni qanday talqin qilish faqat siga bog'liq. Zotan Alloh Mehribon va Rahimli bo'lgan Rahmon va Rohiym Zotdir, U bandaga zulm qilmaydi. Agar nimadir yuborsa albatta hikmat bilan yuboradi. Besabr bo'lmaylik.
Manba: oq-ayiq.net
+ (2): YosHmaster, @Aguero@,
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 18:22:29, 1 Jan 2020