Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=77556
Sening qilgan ezgu amaling albatta o’zingga qaytadi
Xabarlar
Yigirmanchi asrning boshlarida bir shotland fermeri uyiga qaytish yo’lidagi botqoqlikdan o’tayotib, to’satdan yordam so’rab baqirgan ovozni eshitadi va darhol yordamga chopadi.
U botqoqning balchiqli atalasida jon talvasasida chiqishga intilayotgan bolani ko’radi. Bola botqoqning komidan qutulishga harakat qilar, dahshatli tubsizlik esa uning har bir harakatidan so’ng uni yanada pastga tortib muqarrar halokat onini yaqinlashtirar, bola esa chorasizlik va qo’rquv bilan qichqirar edi. Fermer chaqqonlik bilan daraxtning qalin shoxini kesib, ehtiyotlik bilan unga yaqinlashdi va najotbaxsh butoqni uzatdi.
Bola xavfsiz joyga chiqib oldi. Endi uni qaltiroq tutar, ancha vaqtgacha ko’z yoshlarini to’xtata olmay o’kirib yig’lar edi. Eng muhimi, u muqarrar o’limdan xalos bo’lgan edi!
– Yur men bilan uyga, – deb taklif qildi fermer. – Sen tinchlanib olishing, kiyimlaringni quritishing va isinishing zarur.
– Yo’q-yo’q, – bola boshini sarak-sarak qildi, – meni otam kutayapti. U juda xavotir olayotgan bo’lsa kerak.
O’z xaloskorining ko’zlariga cheksiz minnatdorchilik bilan boqdi va bola yugurib ketdi…
Ertasi kuni erta tongda fermerning uyi oldiga zotdor otlar qo’shilgan hashamatli izvosh kelib to’xtadi. Izvoshdan to’kis va bashang kiyingan oqsuyak to’ra tushib, fermerni chaqirdi va undan so’radi:
– Kecha mening o’g’limning hayotini siz qutqarib qoldingizmi?
– Ha, men, – javob berdi fermer.
– Men sizdan qancha qarzdorman?
– Meni xafa qilayapsiz, janob. Mendan hech qanday qarzingiz yo’q, chunki men har qanday diyonatli odam qilishi zarur bo’lgan ishni qildim.
– Yo’q, men buni shunday qoldira olmayman, chunki mening o’g’lim men uchun juda qadrli. Istagan miqdordagi pulni ayting, – o’z so’zida qattiq turib oldi, mehmon.
– Men bu mavzuda boshqa gaplashishni xohlamayman. Xayr. – Fermer ketishga chog’landi. Shu payt eshik ochilib, pillapoyaga uning o’g’li yugurib chiqdi.
– Bu sizning o’g’lingizmi? – so’radi badavlat mehmon.
– Ha, janob, – o’g’lining boshini silab, g’urur bilan javob qildi fermer.
– Keling bunday qilamiz. Men o’g’lingizni Londonga o’zim bilan birga olib ketaman va o’qishi uchun xarajatlarni o’z zimmamga olaman. Agar u ham otasi kabi oliyhimmat va diyonatli bo’lsa, siz ham, men ham bundan hech qachon afsuslanmaymiz.
Oradan yillar o’tdi. Fermerning o’g’li maktabni tugatdi, so’ngra tibbiyot institutini yakunladi va tez orada uning nomi, penitsilin dorisini kashf qilgan inson sifatida butun dunyoga mashhur bo’ldi. U Aleksandr Flemming edi.
Ikkinchi jahon urushi oldidan Londonning badavlat shifoxonalaridan biriga o’sha oqsuyak janobning o’g’li, og’ir o’pka shamollashi bilan olib kelinadi. Nima deb o’ylaysiz, bu safar uning hayotini nima saqlab qoldi? – Ha, aynan Aleksandr Flemming kashf qilgan penitsilin!
Aleksandr Flemmingning o’qishiga sharoit yaratib bergan badavlat janobning nomi Randolf Cherchill edi. Uning o’g’li esa Angliyaning mashhur bosh vaziri Uinston Cherchill.
Uinston Cherchill shunday degan: «Sening qilgan ezgu amaling albatta o’zingga qaytadi».

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 21:32:30, 3 Jan 2020