Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=77562
G’urur bilan o’ralgan saxiylik. (ibratli hikoya)
Xabarlar
Yoshgina ayol tuxum sotayotgan kampirdan tuxumning narxini so’radi.
Kampir: “Donasi 500 so’mdan”, deb javob berdi.
«2500 so’mga oltita tuxum berasizmi”, salkam qarzini so’raganday balandroq ovozda dedi ayol va qo’shimcha qildi: “Bo’lmasa, ketaman-da, boshqa joydan ham olaveraman”.
Keksa kampir ozgina bir tuxumlarga, bir ayolga qaradi-da: «Mayli, olaqoling, ertalabdan beri bittayam sotolganim yo’q, harna sotilgani”, deb tuxumlarni xaltaga solib berdi.
Ayol go’yo katta g’alaba qilgandek, tuxumlarni va sumkalarini ko’tarib mashinasi turgan joyga qarab yurdi. YAngigina avtomobilga o’tirib, dugonasi bilan uchrashishi belgilangan restoranga keldi. Dugonalar ko’ngillari tusagan taomlardan yeb, xohlagan ichimliklarni ichib, maza qilishdi. Turib ketishayotganda, hisob keltirishdi. Haligi ayol hisobda ko’rsatilgandan ortiqcha pul berib, “qaytimi kerakmas”, degandek qo’li bilan ofisiantga imo qilib qo’ydi .
Bu voqea restoran xo’jayiniga arzimagan foyda keltirgan bo’lsa-da, tuxum sotayotgan kampirga katta zarar edi.
Nega biz kuchimizni ojizlardan narsa sotib olayotganda ko’rsatamiz? Nima uchun bizning saxiyligmizga muhtoj bo’lmagan odamlarga xayr qilgimiz kelib qoladi? Nega to’y-hasham, ma’rakalarda o’ziga to’q odamlarga boshqa joy, boshqacha dasturxon ko’rsatiladi-yu oddiy xalqning o’rni boshqa bo’ladi?
Ilgari qaerdadir o’qigandim:
«Mening otam muhtoj odamlarning sotayotgan narsasini o’ta yuqori narxda sotib olardi, hatto o’sha narsaga muhtoj bo’lmasa ham. Men undan buning sababini so’rasam: “Bu g’urur bilan o’ralgan saxiylik”, deb javob bergandi.

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 10:37:32, 4 Jan 2020