Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=77954&page=1
“O‘g‘lim, Filippinda yana bitta oilam bor...”
Xabarlar
Bir kishi vafoti yaqinlashgan payt farzandlarini huzuriga chaqirdi.
To‘ng‘ich o‘g‘liga: "Mening chet elda ham xotinim bor. Bu uning Filippindagi turar joyi, o‘sha ayolimning ham holidan xabar olib qo‘ygin", – dedi.
Ota vafot etdi. Farzandlar meros taqsimlanishi uchun qozi huzurida jamlandilar. To‘ng‘ich o‘g‘il otasining vasiyatini eslab, qoziga vasiyat haqida so‘zlab berdi. Qozi bor haqiqatdan xabar topgach, to otalarining Filippindagi ayoli ham meros taqsimotiga qatnashmas ekan, meros bo‘linmasligini bildirdi.
To‘ng‘ich o‘g‘il otasining ayolini qidirib Filippinga yo‘l oldi. Manzilni qiynalib zo‘rg‘a topdi. Qarasa, juda oddiy va ko‘rimsiz hovlida turar ekan. Eshikni taqillatgan edi unga hijobli bir ayol chiqib keldi.
Ayol: “Men otangning ayoliman. Vafot etganini eshitdim. Alloh O‘z rahmatiga olsin", – dedi. To‘ng‘ich o‘g‘il unga qozi meros taqsimlanishi uchun Riyozga chaqirtirayotganini aytdi.
Ayol erining o‘g‘li bilan Riyozga qaytdi va merosdan 800 ming riyol nasibasini oldi. So‘ng katta o‘g‘ildan uni umraga olib borishini iltimos qildi. O‘g‘il uni umra qildirib, Jiddadan o‘zining yurtiga kuzatib qo‘ydi.
Oradan to‘rt yil vaqt o‘tdi. To‘ng‘ich o‘g‘il otasining ayolini ziyorat qilgisi keldi. Filippinga uchib bordi. Ayolning manziliga borib ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uyda hech qanday o‘zgarish yo‘q ekan. Hovlining tashi ham, ichi ham avval qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha turgan emish. O‘g‘il hayratlanib:
– Otamdan qolgan merosingiz qani? Hech qanday o‘zgarish yo‘q-ku! – dedi.
Ayol:
– Men bilan yur, - dedi va uni shahar markazida joylashgan katta bir islomiy markaz oldiga olib bordi. Markazda Qur’on tahfizi va diniy bilimlar ta’lim berilar, yetimlar uchun boshpanalar ham bor ekan.
Ayol erining o‘g‘liga: "Boshingni ko‘tar va tepadagi yozuvni o‘qi", – dedi. Markazga otasining nomi qo‘yilgan ekan. Ayol: "Otangning nomini men qo‘ydim va uning nomidan sadaqa qilib yubordim", – dedi.
O‘g‘ilning ko‘zidan shashqator yosh oqdi. Ayolning taqvosi, vafosi va sadoqatini ko‘rib hayratga tushdi.
Riyozga yetar-yetmas ukalariga ko‘rgan narsalarining xabarini berdi. Ular ham akalari kelmasidan otalari nomidan xayriya ochish uchun o‘rtaga pul tashlashdi. Jami besh million riyol pul yig‘ildi.
Bu ayol ularga dunyodan ko‘ra oxiratni sevishni o‘rgatdi.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Dunyo o‘zi bir matodir. Dunyo matolarining eng yaxshisi soliha ayoldir», dedilar.
Qandayin ham to‘g‘ri, ajoyib so‘zlar!
Barcha mo‘min-musulmonga o‘ziga mos taqvoli, soliha ayol nasib etsin!
Manba: Azon.uz

+ (1): Unforgettable,
rivoyatga gap yoq ku lekin man yana gap boshida Jumanazar haqida ketvotti dib oylabman
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 16:04:39, 14 Jan 2020