Ushbu mavzu Сирожиддин tomonidan muhokama uchun yopilgan!
Mavzu yopilgan vaqt: 20:24:38, 19 May 2023
Demo_FOTO
#1
Biri “halol shashliklar bor” deb hayqirsa, kimdir issiq somsa, issiq choy borligini ovoza qiladi, yana kimdir esa plastik kartaga ham savdo qilaverishini jar soladi. Ular asosan oʻrta yoshli kishilar, yigitlar boʻlgani uchun ovozlari jarangdor yangraydi...

Burchakda bir 60-65 yoshni qoralagan, koʻrinishidan qarovsiz ekanligi yaqqol namoyon boʻlayotgan onaxon roʻmol ochib eski kiyilgan kiyimlar, ishlatilgan roʻzgʻor buyumlari, oʻqilgan kitoblar yoyib oʻtiribdi. Juda tanish chehra... esladim: ishga shoshayotgan paytim bu onaxondan pirashka olib yeb ketardim. Uning hech kimi yoʻqligi, oʻz qornining gʻamini shu yoʻl bilan yeyishi haqida eshitganlarim ham bor edi.

Kitob qiziqishida yoniga yaqinlashdim va “ona, endi pirashka sotmaysizmi?”- deb soʻradim. Onaxonning javobidan qattiq taʼsirlandim, atrofdagi sotuvchi-jarchilarga qaradim-u koʻzimni yerga oldim:
– Hozir Ramazon oyi-ku, uyat boʻladi, bolam, uyat....

Odinaxon Abduvoxobova
SYSTEM
#2
UZFOR.UZ forumida yangi mavzu ochildi, iltimos forum qoidalari bilan tanishib chiqing, qoidalar buzilish holatlari aniqlansa, profilingiz bloklanadi!

Kunduzi: °C

7 Feb 2026 yil
Joylashuv aniqlanmadi
CORES.UZ
Платформа разработчиков
который можно найти всё
UZFOR.NET - Rasmiy guruh
t.me/@uzfornet_rasmiy