Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/1351-html-haqida.html?id=34
HTML haqida!
Xabarlar
Butun dunyo o’rgimchagi to’ri –World Wide Web(WWW) HTML gipermatn bog’lanish tili yordamida tuzilgan Web-sahifalardan iborat HTML ancha murakkab til (Standart Generalived Marnup Language)SGMLning hisoblanadi. Ananaviy tushuncha bo’yicha HTML butunlay dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML–hujjatni belgilash tili. HTML–hujjatni tadqiq qilishda matnli hujjatlar teg(tag)lar bilan belgilanadi. Ular maxsus burchakli ishoralar bilan o’rlagan bo’ladi, (< va >). Teglar matnlarni formatlashda va matnga har xil nomatn elementlarni masalan, grafiklar, qo’shimcha ob'ektlar va shu kabilarni o’rnatishda ishlatiladi.HTML tiliningasosiy qoidalariquyidagicha:1 - qoida. HTMLdagi istalgan harakat teglar bilan aniqlanadi. Bitta teg (chap) harakatning bosh qismida, ikkinchisi esa, (o’ng) oxirida turadi. Bunda teglar « < » yoki« > » ishoralar bilan yonma-yon turadi. Yolg’iz o’zi ishlatiladigan teglar ham mavjud.2 - qoida. Brauzer darchasidagi burchakli qavs ichiga joylashtirilgan istagan teg yoki boshqa instruktsiya tashqariga chiqarilmaydi va HTML–fayl uchun ichki buyruq hisoblanadiDemak,WWWsistemasidan qandaydir hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi formatlangan, o`qish uchun qulay matn paydo bo`lganini ko`rasiz. Bu shuni anglatadiki,WWWhujjatlarida qandaydir ma'lumotlarni ekranda boshqarish imkoniyati ham mavjud. Hujjatlar tayyor, siz foydalanuvchiningqaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz, hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo`ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat'iy nazar, yaxshi formatlangan hujjatni olish kerak. Bu muammoniHTMLandoza tili hal qiladi.HTML(Hyper Text Markup Language - gipermatn belgilash tili). WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi.HTMLhujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo`lmagan buyruqlar majmuidan iborat.HTMLbuyruqlari orqali matnlarni istagancha shaklini o`zgartirish, ya'ni matnning ma'lum bir qismini ajratib olib boshqa faylga yozish, shuningdek boshqa joydan turli xil rangli tasvirlarni qo`yish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog`laydigan gipermatnli aloqalarga ega.90-yillarning o’rtalarida internet tarmog’ining eksponentsial o’sishi oqibatida HTML tili ommaviy tus oldi. Bu vaqtga kelib, tilni standartizatsiyalash zarurati tug’ildi, chunki ko’p kompaniyalar Internetga kirish uchun ko’plab dasturiy ta'minotlar ishlab chiqdilar, to’xtovsiz o’sib borayotgan (HTML instruktsiyasi bo’yicha) o’zlarini variantlarini tavsiya qildilar. HTML tili teglarini qo’llash bo’yicha yagona bir qarorga kelish payti yaqinlashgan edi.World Wide Web Consortium (qisqacha–WZS) deb nomlangan tashkilot HTML standarti (spetsifikatsiya)ni yaratish ishlarini o’ziga oldi. Uning vazifasiga brauzerlar tadqiqotchi kompaniyalarning har xil takliflarini hisobga olgan holda tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS konsortsiumi standart loyihasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so’ng, uning ishchi (draft) varianti chiqariladi, so’ngra uni ma'lum bir davrga yana muhokama qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xohlovchi odam HTML standartining yangi teg va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri tugagandan keyin, standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya'ni HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo’ladi. Qabul qilingan standart (Document Type Definition - hujjat xilini aniqlash)DTDdeb ataladi.Internetda birinchi marta ko’rsatilgan (taqdim qilingan) HTMLdagi DTD–standartning 1.0 versiyasi bo’ldi. So’ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun ancha aniq va o’ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi.1996 yil sentyabr oyida bir necha oylik muxokamadan so’ng 3.2 versiya tasdiqlandi (3.0 versiya nashr qilinmadi).1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e'lon qilindi va 1997 yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning eng oxirgisidir.
Html ning qanday qulayliklari bor meni o'rganishga sabrim yetmadi
ZavqliRap, # ZavqliRap (04.10.2017 / 15:45)
Menimcha eng mukammal til shuHTML bu web dasturlash zinasining birinchi zinapoyasi.
HTML bu juda oddiy, siz qo'llanmalarsiz, darsliklarsiz birdan ichiga kirib ketolmaysiz, bunda ko'p vaqtingiz ham ketadi, tushunmagan narsalaringiz ham juda ko'pdek tuyuladi.
Tajriba orttirganingizdan keyin dasturlashga oid barcha kodlar "Archa-archa jon archa" she'riga o'xshab hechqachon esingizdan chiqib qolmaydi.
Asosiysi ko'proq amalda o'zingizni sinab ko'rish, tayyor kodni so'rab aytgan joyiga qo'ygan bilan "bu narsani ham o'rganib oldim" deyish noto'g'ri.

+ (1): ZavqliRap,
Vunderkind, # Vunderkind (30.11.2017 / 15:26)
HTML ni maximal tezlikda qancha vaqitda o'rganish mumkin? . Kim eng tez o'rgangan?Men 2 oyda o'rgandim
HTML ni maximal tezlikda qancha vaqitda o'rganish mumkin? . Kim eng tez o'rgangan?Men 2 oyda o'rgandim
SUHROBBEK, # SUHROBBEK (04.10.2017 / 17:23)
html da includega õxshagan kõd qanaqa<iframe src="https://sayt.uz">
html da includega õxshagan kõd qanaqa<iframe src="https://sayt.uz">
MiniMaster, # MiniMaster (04.10.2017 / 15:28)
Html ning qanday qulayliklari bor meni o'rganishga sabrim yetmadiDirka shell buladi deb havotir olmaysiz, urganish oson, tushunarli
Html ning qanday qulayliklari bor meni o'rganishga sabrim yetmadiDirka shell buladi deb havotir olmaysiz, urganish oson, tushunarli
IRFON, # IRFON (30.11.2017 / 17:15)
Htmlni o'rganish uchun tavsiyalar berilarYuklam dvijok olib tahrirlang va o'rganing. Masalan, 301java.ru dvijogini
Htmlni o'rganish uchun tavsiyalar berilarYuklam dvijok olib tahrirlang va o'rganing. Masalan, 301java.ru dvijogini
Сирожиддин (Раис), # Сирожиддин (Раис) (04.10.2017 / 17:34)
ZavqliRap, HTML bu web dasturlash zinasining birinchi zinapoyasi.
HTML bu juda oddiy, siz qo'llanmalarsiz, darsliklarsiz birdan ichiga kirib ketolmaysiz, bunda ko'p vaqtingiz ham ketadi, tushunmagan Siz necha foiz bilaman deb öylaysiz?

Nodirali, # Nodirali (02.12.2017 / 13:03)
YaxaMedia, 1ta yangiliknimi yoki hammasinimi?kuldi.ru/news.lm ishidagi latifalar di
YaxaMedia, 1ta yangiliknimi yoki hammasinimi?kuldi.ru/news.lm ishidagi latifalar di
YaxaMedia, News.css ga .top va .btm larni öchiring.
.top, .btm {display:none;}
deb yozing. Va iframe kod bilan /news.lm ni chiqaras.
.top, .btm {display:none;}
deb yozing. Va iframe kod bilan /news.lm ni chiqaras.
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 70 ta
So'ngi faollik vaqti: 19:16:34, 12 Jan 2020