Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/22671-blokcheyn-sodda-tilda.html?id=6576
Blokcheyn sodda tilda
Xabarlar
Blokcheyn haqida turli maqolalarni o`qib chiqdim, tan olaman men uchun tushunish juda qiyin bo`ldi. U nima va nima uchun kerak ? shu savollarga aniq javob ola olmadim. Bir oz internet olamini titkilaganimdan so`ng, judayam qiziq bir maqolaga ko`zim tushdi. Mazkur maqolada, blokcheyn texnologiyasini metaforik ko`rinishda ta`riflab berishgan va judayam tushunarli qilib. Bu maqolani o`zbek tiliga tarjima qildim(ba`zi kesilgan joylari ham bor) va sizlar bilan baham ko`rmoqchiman.
Maqoladagi barcha ismlar o`zgartirilgan. Tag`in sudlashib o`tirmaylik.
Maqolada quyidagi personajlar bor:
Toxir – adolatli do`st
Ahmad – do`stini soddaligidan foydalanadigan shovvoz
Ahmadning chala xakkerlari – kichik epizoda chiqishadi
Blokcheyn bu — soxtalashtirib bo`lmaydigan kundalik
Tasavvur qiling, Toxir kundalik tutishga qaror qildi. Buning uchun u yon daftar sotib oldi va kunlik ishlarini quyidagi satrlar ko`rinishida yozib borardi:
1.Non sotib oldim
Uyga bordim
…
Axmadga 1000 so`m qarz berdim
Lola bilan ko`rishdim
Uxladim
U kundalikni adolatli ravishda tutishga harakat qilar edi. Agar o`tmishda bo`lib o`tgan hodisa yuzasidan nizo paydo bo`lib qolsa, u darhol kundalikni olib usha odamga yozuvni ko`rsatar edi.
Bir kuni Toxir, Axmadga bergan 1000 so`m qarzi borasida tortishib qolishdi. Axmad “men sendan pul olmaganman” derdi. Tortishuv vaqtida Toxirning kundaligi yonida emasligi pand beradi va u “Ertaga daftarni olib kelib, senga isbotlab beraman” deydi.
Axmad taqdirni sinamasdan, Toxirning uyiga o`g`rilikga tushadi. Uni kundaligini olib bir amallab 132 chi qatorni topadi va “Axmadga 1000 so`m qarz berdim” satrini “Ovqatlandim” ga o`zgartirib qo`yadi.
Ertasi kuni Toxir kundalikni olib qarasa, qarz borasida hech vaqo yo`q. Tushkunlikga tushgan Toxir Axmaddan uzur so`raydi.
Oradan bir yil o`tib, Axmadni vijdoni qiynaladi va insof chaqirib, Toxirga bo`lgan voqeani aytib beradi. Toxir do`stini kechiradi lekin, bu xato takrorlanmasligi uchun, soxtalashtirish qiyin bo`lgan kundalik tutish haqida o`ylab qoladi.
U “Linuks” operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterida md5sum nomli dasturni topib oladi. Dastur- har qanday satrni 32 ta harfli tushunarsiz xesh ga aylantirib qo`yar edi. Masalan , dasturga “Salom” so`zini kiritsa, natija : “8b4609d7e974702ff1451220c7ededcf” bo`lar edi. Agar huddi usha so`zni faqat oxiriga bitta bo`sh satr(probel) qo`shsa umuman boshqa xesh: “69ab827825fdb876e709abd3d783dbb6” paydo bo`lar edi.
Ozgina bosh qotirgandan so`ng, Toxir kelajakdagi Axmadlarni “yozuvlar soxtalashtirish” ishini qiyinlashtirish uchun yangi yozuv yozish usulini o`ylab topadi:
Har bir yozuvdan keyin xesh qo`yish. Xeshni esa bunday ko`rinishda olar edi:
Oldingi satr xeshi + Yangi satr matni birlashmasini md5summ dasturidan xeshlash orqali chiqgan natija. Shu orqali kundalikda quyidagi ko`rinishda satrlar yozila boshladi:
0000(boshlang`ich xesh, oson bo`lishi uchun 4 ta simvol ishlatamiz)
1.Non sotib oldim4178 (0000 dan va “Non sotib oldim” birlashmasidan olingan xesh)
Uyga bordim4234(4178 dan va “Uyga bordim” birlashmasidan olingan xesh)
…4492
Axmadga 1000 so`m qarz berdim1010
Lola bilan ko`rishdim8204( 1010 dan va “Axmadga Lola bilan ko`rishdim” birlashmasidan olingan xesh)
Ana endi, qandaydur Axmad 132 chi satrni o`zgartirmoqchi bo`lsa, shu satr xeshi ham o`zgarib qoladi(1010 o`rniga boshqa son bo`lib qoladi). Bu esa o`z navbatida 133.Lola bilan ko`rishdim satrining xeshiga ham ta`sir qiladi(u ham 8204 o`rniga boshqa songa aylanib qoladi) va shu yo`sinda kundalik oxiridagi satrgacha xeshlar o`zgarib ketadi. Axmad birgina satrni o`zgartirish uchun butun boshli kundalikni soxtalashtirishiga to`g`ri kelib qoladi. Bu juda ko`p vaqt talab qilgani bu ishni qilishga urinmaydi ham.
Vaqtlar o`tib, Toxir bank ochadi. U doimgidek , kundalikga “qarz bedim” va “qarz oldim” so`zlarini xeshlar bilan boyitib yozar edi. Bank kattalashadi va u yangi Axmadga million so`m qarz beradi. Ertasi kuni tunda, Axmad va uni 500.000 so`mga yonlagan 10 ta chalaxakeri Toxirni uyiga o`g`rilikga tushib, kundalikdagi “143313. Yangi Axmadga 1000000 qarz berdim” satrini “143313. Yangi Axmadga 10 qarz berdim” ga almashtirib qo`yishadi va hammasi birlashib, kundalikni oxirgi satrigacha xeshlarni qayta hisoblab chiqishadi. Avvaliga iloi yo`qdek tuyilgan ish 11 kishi bilan oson bitadi.
Toxir mo`jizaviy tarzda satr almashganini bilib qoladi va kundalikni ximoya tizmimini yanada takomillashtirishga kirishadi, Endi u, “Har bir yozuv so`ngida qovuslar ichida biron “nons” son yozib qo`yaman. Nons son shunda bo`lsinki, har bir xeshning oxiri 2 ta nol bilan tugasin” deydi. Buni yagona yo`li, kerakli xesh paydo bo`lmaguncha ketma-ket barcha sonlarni “nons” son sifatida sinab chiqish edi.

1.Non sotib oldim(22)4100 (0000 dan va “Non sotib oldim(22)” birlashmasidan olingan xesh)
(xesh ning so`nggi ikki raqami 00 bo`lib tugashi uchun 22 soni maxsus tanlab olingan deb tasavvur qilamiz)
Uyga bordim(14)3100(4100 dan va “Uyga bordim(14)” birlashmasidan olingan xesh)
…4492
Axmadga 1000 so`m qarz berdim(67)9900
Lola bilan ko`rishdim(81)8200( 9900 dan va “Lola bilan ko`rishdim(81)” birlashmasidan olingan xesh)
Endi, yangi satr yozish uchun Toxirga 50 ga yaqin sonni “nons” sifatida tekshirib, xeshga to`g`ri keladigan variantni yozib chiqishi kerak edi. Bu juda qiyin va vaqt talab qiladigan ish, lekin xavfsiz. Endi kimdir kundalikdagi yozuvni soxtalashtiraman desa, undan keyingi satrni soxtalashtirish 50 barobar qiyin bo`ladi. Bu Axmad va uni chalaxakerlarini ham qo`lidan kelmaydi.
Vaqtlar o`tib, Toxir o`ziga yangi sherik oladi va ular baravar kundalik tutishadi. Har bir yangi yozuv uchun ular bir vaqtni o`zida “nons” son izlashar edi. Kim birinchi topsa, usha odam yozuv yozadi. 2 kishilashib “nons” izlash oson bo`lgani sabab, Toxir masalani yanada murakkablashtiradi. Endi xeshlar 2 ta nolda emas 3 ta nolda tugashini talab qiladi.
Ana shu Toxirning mukammal kundaligi – haqiqiy blokcheyn namunasi. Toxir va uni sherigi esa – bir biri bilan bog`langan ko`plab kompyuterlardir. Xeshlarni esa, shunday murakkablashtirish kerakki, ularni aniqlash millionlab komyuterlarga ham qiyin bo`lsin.
Blokcheyn(bloklar zanjiri) – bu ma`lum bir yozuvlardan tashkil topgan kundalik. Ma`lumotlar omborining bir turi. Toxirning har bir yozuvi – bu kichik blokchalar. Har bir blok o`zidan oldingi blok haqida ma`lumotni saqlagani sabab, ular zanjir dek bir biriga bog`lanib Bloklar zanjiri(Blockchain) ni hosil qiladi. Shu sabab, uni soxtalashtirish va taxrirlashni iloji yo`q.
Bu ma`lumotlarning aniq egasi yo`q – ular turli komyuterlarda saqlanadi. Mana shunaqa, butun dunyo ma`lumotlari bir vaqtni o`zida hammaga va hech kimga tegishli emas.
Blokcheyn – blokchalarga bo`lingan ma`lumotlar ba`zasi desa ham bo`ladi.
Bunday ajoyib kundalikga ega bo`la turib, turli xil tizimlarni barpo etsa bo`ladi.
Masalan, bitkoin. Bitkoin — bu ham bir kundalik. Faqat undagi satrlar “Qanchadur pulni X hamyondan Y karmonga o`tkazish” ko`rinishida bo`ladi. Kundalikni soxtalashtirib bo`lmaydi va unda barcha o`tkazmalar tarixi saqlanib qolgani sabab, tizimdagi har bir hamyonda qanchadan mablag` borligini hisoblasa bo`ladi.
Bitkoin shunday qurilganki, tizimda pul tushunchasi bo`lishi uchun, undagi har bir satr “Z tangalar ishlab chiqarish va menga o`tkazish” so`zlari bilan tugaydi. Satrdagi “Menga” so`zi — bu xeshni kerakli nollar bilan ta`minlaydigan “nons” sonni birinchi aniqlagan foydalanuvchi hisoblanadi.
Blokcheyn nima uchun kerak ?
Blokcheyn o`zi nega kerak degan savol sizda paydo bo`lishi aniq.
Oddiy ma`lumotlar omborida barcha ma`lumotlar bitta serverda saqlanadi. Ya`ni asosiy serverda. Asosiy serverni buzilsa yoki undagi ma`lumotlar o`chib ketsa tamom. Yoki, biron xaker ma`lumotlar omborini buzib, undagi ma`lumotni o`zgartirib qo`ysachi ?
Blokcheyn da esa – ma`lumotlar kichik blokchalarda shifrlangan xolda saqlanadi. Eng qizig`i uning asosiy serveri, markazi yo`q. Ma`lumotlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarda saqlanadi. Har bir blok o`zidan oldingi blok haqidagi ma`lumotni shifrlangan ko`rinishda saqlagani sabab, uni buzish yoki taxrirlashning iloji yo`q. Bor ana, bitta blokni o`zgartirarsiz, lekin o`zgarish keyingi blokga ta`sir qilishi uchun keyingi blok xeshini ham buzish kerak, uni o`zgartirsangiz undan keyingisi va cheksizlikga qadar o`zgartirasiz. Bunga yillab balki asrlab vaqt ketadi.
Manbaa: Blokcheyn sodda tilda

+ (1): hayat,
Shu criptolarga hamma botib ketyapti. qaerga qarama cripto. Hamma uzinikini
Ishlab chiqishga xarakat qilyapti.
Ishlab chiqishga xarakat qilyapti.
MrShahzodbek, Sia sizga bu masalada as qotishi mumkin. Ma’lumot saqlash uchun qulay kripta hisoblanadi. Afsuski to’liq ma’lumotga ega emasman. Bilganlar bo’lsa davom ettirishadi.
Демакки бир тинга киммат "Пусстота" 8 минг долларча турса, хар ким оз електрон пулини яратиши мумкин. Ким тоскинлик кила олади? Масалан, Биткоин, ЛайтКоин, бирнимакоин. Мен хам озимникини яратиб "Пирамида" кураман, "хеч нарса"ни сотаман, бажонидил сотиб оладиган лохлар толиб ётипти
Ёки биткоинни моддий шаклини кордингизми?

#1-postni o’qib chiqa olishimga ko’zim yetmadi!
Блокчейн`ni faqat bitcoinlar bilan bo’g’lash qisman noto’g’ri chunki blockchain ma’lumotlar bazasi bo’lib hisoblanadi masalan shu kungacha biz yaxshi bilgan serverlar turli joylarda joylashgan masalan Germania, Russia, USA kabi yirik davlatlardagi serverlardan hozirda juda keng qo’llanamiz masalan keo.su hostinggining serveri Germaniada joylashgan, Agar keo ijaraga joy olvotgan kompanianing ma’lumotlar saqlanuvchi bazasiga tabiy ofat yoki bir boshqa narsa orqali sarar yetsa yoki but kul yo’q bo’lib ketishi mumkin, Blockchain da esa bu narsa ma’lum bir algoritmda uzluksiz ko’chib yuradi. Ushbu texnalogia 2008-yil Bitcoin ning asosi tarzida o’ylab topilgan. Hozirda blockchain texnalogiasi bilan ishlavotgan dunyo dasturchilari bu tvexnalogia 100% xafsiz va undagi ma’lumotni kim dir na o’chira oladi na o’zgartira oladi deb ishonch bilan etishayabdi
1 soniyadan keyin yozdi:
Tushunarli yoza oldim deb o’yleman

kHakimzhon, # kHakimzhon (06.04.2020 / 17:16)
#1-postni o’qib chiqa olishimga ko’zim yetmadi!
Блокчейн`ni faqat bitcoinlar bilan bo’g’lash qisman noto’g’ri chunki blockchain ma’lumotlar bazasi bo’lib hisoblanadi masalan shu kungacha biz yaxshiБлок-чаин богандан кейин только биткоинга алокаси ёклигини биламиз, аммо уни копчилилк шу ном билан танийди

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 8 ta
So'ngi faollik vaqti: 18:19:16, 6 Apr 2020