Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/64008-pirimqul-qodirov-xalq-tilining-qudrati.html?id=63642
Pirimqul Qodirov. Xalq tilining qudrati!
Xabarlar
Til ilmining bilimdonlari, ayniqsa, adabiy til tadqiqotchilarining kitoblarini varaqlaganda atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning nomini, “Xalq tili va realistik proza”, “Til va dil”, “Til va el” nomli asarlaridan olingan iqtiboslarga tez-tez ko‘zingiz tushadi. Zamonaviy o‘zbek nasrini “Qadrim”, “Erk”, “Meros” singari ajoyib qissalari, tarixiy romanchiligimizni yangi pog‘onaga ko‘targan “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar davoni”, zamondoshlar hayotidan olib yozilgan “Qora ko‘zlar”, “Olmos kamar” kabi romanlar bilan boyitgan adibning adabiy til tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlari bugungi kunda ham yosh ijodkorlarga, ilmiy izlanuvchi va adabiyotga ixlosi baland kitobxonlarga badiiyat sirlaridan o‘ziga xos saboq berib kelayotir.
Til tarixi, mumtoz adabiyotimiz namunalari, xalq tili va adabiyot muammolari yozuvchini ham hayrat solgan, ham duru gavharlar makonidek mudom izlanishga chorlagan. Garchi yuksak realistik asarlari bilan keng tanilgan bo‘lsa-da, ustoz Pirimqul Qodirov badiiy so‘z jozibasini, til sehrini ilmiy-ommabop uslubda chuqur tahlil va talqin etganki, uning bu sohaga doir merosi ham ulkan qadr-qimmatga ega.
Quyida adibning adabiy til, so‘z san’ati, mumtoz shoirlar, ulug‘ siymolarning bu boradagi ibratlari talqin etilgan asarlaridan ayrim iqtiboslarni o‘qiysiz.
* * *
Dunyo tarixiga nazar tashlasangiz, qaysi mamlakatda milliy til davlat tiliga aylangan bo‘lsa va shu tilda haqqoniy tarixiy asarlar yaratilsa, o‘sha joyda taraqqiyot tezlashib borganini ko‘rasiz. O‘tgan asrlarda Angliya taraqqiyotini tezlashtirgan eng muhim omillar orasida ingliz adabiy tilining davlat tiliga aylangani va bu tilda Shekspir, Valter Skott kabi yozuvchilar yorqin tarixiy asarlar yozib, o‘z xalqini dunyoga tanitgani alohida ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu fikrni Balzakning vatani Frantsiya, Gyotening vatani Germaniya, Lev Tolstoyning vatani Rossiya haqida ham aytish mumkin.
* * *
“Temur tuzuklari” o‘zbek adabiyotida bundan olti asr burun realizmni boshlab bergan avtobiografik asar sifatida yuksak darajada qadrlanishi kerak. Amir Temur Shomiy kabi adiblar oldiga ham realistik talablar qo‘ygani, lof va mubolag‘aga berilmasdan, chin haqiqatni barchaga yetib boradigan tushunarli tilda asar yozishga da’vat etgani keyinchalik davlatni boshqargan Temuriylar uchun ulkan bir ibrat va dasturilamalga aylanadi.
* * *
Amir Temur o‘z “Tuzuklar”i bilan turkiy tilning mavqeini yuqori ko‘tarib, bu tilga munosabatda burilish yasab ketganligi uning avlodlari uchun katta bir ibrat manbai bo‘ldi.
* * *
Ellik ming bayt she’rni xotirasida jamlagan Alisher Navoiy adabiy tilimizning ming yillar davomida yaratilgan boyliklarini qalbga yig‘ish bilan cheklanmaydi. Balki arab va fors tilining o‘ziga yoqqan so‘z va iboralarini ham xotirasida jamlab, bu tillardagi yaxshi she’rlarni yod oladi.
* * *
Alisher Navoiy she’riyatiga uning hayot paytidayoq eng yuksak bahoni Husayn Boyqaro bergan edi. Davlat ishlari bilan behad band bo‘lgan podshoning shoir ijodiga bag‘ishlab maxsus risola yozganligi tarixda misli ko‘rilmagan hodisadir.
Risolada Alisher Navoiyning eng buyuk xizmati quyidagicha baholanadi: “Turkiy tilning o‘lgan jasadig‘a Maseh nafasi bila ruh kiyurdi va ul ruh topqonlarg‘a turkiy alfoz toru pudidin to‘kulgan hulla va harir kiyurdi”.
* * *
Alisher Navoiy asarlarini bunday suyukli umrboqiy qilgan fazilatlar, avvalo, uning so‘z san’atida, badiiy tilida aks etadi. Chunki til mazmunga nisbatan shakldir va go‘yo mazmunga kiydirilgan “libos”dir. Shuning uchun bizning nigohimiz eng avval shu “libos” — tilga tushadi.
* * *
Boburning tili Navoiy tiliga nisbatan sodda, jonli so‘zlashuv tiliga yaqin. Shuning uchun kitobiy tilda “erdi”, “erdim” deb yoziladigan so‘zlar qisqaroq tarzda “edi”, “edim” deb yoziladi. Bu hammasi Bobur Mirzoning adabiy tilimiz sarchashmalariga vatan bo‘lgan Andijonda tug‘ilib o‘sganligi, Toshkent va Samarqandlarda yashaganligi bilan ham bog‘liqdir..!

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 17:55:47, 14 Jun 2019