Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/74267-humo-bankomatlari-orqali-mastercard-kartalaridan-naqd-pul-yechish-yolga-qoyildi.html?act=fayl&id=74267
HUMO bankomatlari orqali Mastercard kartalaridan naqd pul yechish yo‘lga qo‘yildi
Mavzu fayllari (1)
Xabarlar
O‘zbekiston aholisi va xorijiy mehmonlarga Mastercard xalqaro kartalaridan mablag‘larni milliy valyutada yechib olish joriy etildi. O‘zbekiston shaharlarida o‘rnatilgan HUMO bankomatlari fuqarolar va sayyohlarga 24/7 xizmat ko‘rsatadi.
Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard kartalari egalariga mablag‘larini HUMO bankomatlarida milliy valyutada yechib olish joriy etdi. Mablag‘lar Mastercard xalqaro to‘lov tizimi tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha yechib olinadi.
«Biz Mastercard bilan barcha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunlab va bu xalqaro tizimni HUMO bankomatlariga integratsiyalab, endi mamlakatimiz aholisi va mehmonlarida naqd pullarini nafaqat HUMO va VISA kartalaridan, balki Mastercard kartalaridan ham yechib olish imkoniyati borligini xabar qilishdan xursandmiz. Xalqaro kartalardan milliy valyutadagi mablag‘larni bemalol naqd pul shaklida yechib olish – mamlakat qanchalik «tourist-friendly» ekanligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri. Keyinchalik biz Visa va Mastercard kartalarining egalari uchun to‘lovlarni HUMO terminal tarmog‘ida qabul qilishni joriy qilish niyatidamiz», – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.
«Bizning mijozlarimiz uchun bunday imkoniyatning berilishi, so‘zsiz, bizning O‘zbekiston bilan hamkorligimizda oldinga tashlangan muhim qadam hisoblanadi. Naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish nafaqat mamlakatdagi turizm sohasini yaxshilashga yordam beradi, balki O‘zbekiston fuqarolari uchun ham qulaylik yaratadi. Biz MBPM bilan shunday samarali hamkorlik qilishdan xursandmiz», – qo‘shimcha qildi Mastercard ning Gruziya va Markaziy Osiyodagi Bosh direktori Igor Stepanov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgustidan HUMO bankomatlari Visa xalqaro kartalarini qabul qila boshladi. 500 dan ortiq HUMO bankomatlari HUMO, Visa va Mastercard kartalari egalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bankomatdan milliy valyutada naqd mablag‘larni berish uchun komissiya bankning o‘zi tomonidan belgilanadi, kurs esa bevosita karta egasining to‘lov tizimi bilan belgilanadi. HUMO bankomatlari sayyohlar ko‘p bo‘ladigan shaharlardagi yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar yaqinidagi 24/7 punktlarida joylashgan.
Manba: terabayt.uz

Biriktirilgan fayllar [1]:
— 728_410_w.jpg (16.84 KB) (122 ↴)
— 728_410_w.jpg (16.84 KB) (122 ↴)
Uzbda Sberbank kartadan pul yechib olsa boladimi. ?
Bu bankomat faqat masterCard uchinmi yoki sberbank karta ham tushaveradimi?

ShaXanShax, # ShaXanShax (23.10.2019 / 00:28)
Uzbda Sberbank kartadan pul yechib olsa boladimi. ?
Bu bankomat faqat masterCard uchinmi yoki sberbank karta ham tushaveradimi?Sberbank nelzya, faqat visa mastercard

+ (1): ShaXanShax,
MasterOS, # MasterOS (23.10.2019 / 00:32)
ShaXanShax, Sberbank nelzya, faqat visa mastercardMen Borguncha sberbank ham qo'shilib qolar

+ (1): NetLizard,
ShaXanShax, # ShaXanShax (23.10.2019 / 00:35)
MasterOS, Men Borguncha sberbank ham qo'shilib qolarМен хам шуни кутяпман

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 7 ta
So'ngi faollik vaqti: 01:17:46, 23 Oct 2019