Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/77322-bayram-dasturxoni-uchun-mandarinli-rulet-un-mutlaqo-ishlatilmaydi.html?id=22
Bayram dasturxoni uchun mandarinli rulet: un mutlaqo ishlatilmaydi
Xabarlar
Yangi yilni har bir kishi ko‘ngliga yaqin insonlari davrasida kutib olishni, dasturxonni esa chiroyli bezatishni istaydi. Taomlar bayramona, uning ustiga ortiqcha kaloriyasiz va yengil hazm bo‘ladigan qilib tayyorlansa, yanayam yaxshi. Biz ana shunday shirinliklardan biri – unsiz tayyorlanadigan mandarinli rulet retseptini havola qilmoqchimiz. U ham mazali, ham chiroyli, eng muhimi bayramona.
Ruletning xamiri uchun:
1. 5 ta tuxum
2. 80 gramm shakar
3. 60 gramm makkajo‘xori kraxmali
4. 70 gramm o‘simlik yog‘i
5. 1 ta limonning po‘sti
6. 1 choyqoshiq vanil ekstrakti
7. 1 chimdim tuz kerak bo‘ladi.
Krem uchun:
1. 6-7 ta mandarin (ruletning ichiga solib o‘rash uchun)
2. 1 stakan mandarin sharbati
3. 80 gramm shakar
4. Tuyulgan limon po‘stidan yarim choyqoshiq
5. 20 gramm makkajo‘xori kraxmali
6. 400 gramm 33 foizli qaymoq.
Dastlab, krem tayyorlab olinadi: idishga shakar va kraxmal solib aralashtiriladi va uning ustida qumoq hosil bo‘lmasligi uchun asta-sekin aralashtirilib, mandarin sharbati quyiladi.
Undan keyin limonning yangi sharbati, tuyulgan limon po‘sti qo‘shiladi.
Hosil bo‘lgan aralashma past olovga qo‘yib quyiltiriladi. To me’yoriga yetmagunicha muntazam ravishda aralashtirib turish lozim. Olovdan olingach, sovitiladi.
Krem sovigunicha biskvit tayyorlanadi. Tuxumning sarig‘i oqidan ajratiladi. Oqi mikserda ko‘pirtiriladi. Tuz, shakar qo‘shib toki biror shaklga solinsa turadigan holga kelgunicha ko‘pirtirilaveradi.
Boshqa idishda shakarning qolgan qismi va tuxumning sarig‘i vanil qo‘shilib, ko‘pikli massa hosil qilinadi. Ko‘pirgach, makkajo‘xori kraxmali qo‘shib, xamir tayyorlanadi. Ko‘pirtirilgan tuxumning oqi kam-kamdan solinib, xamir yaxshilab qoriladi. Oxirida o‘simlik yog‘i solinib, aralashtiriladi. Natijada quyuq xamirli massa hosil bo‘ladi.
Gaz pechining patnisiga avval pergament qog‘ozi qo‘yiladi, ozgina yog‘ suriladi. Keyin xamir bir tekis qilib yoyiladi. 180 darajada 15-20 daqiqa pishiriladi. Biskvit biroz ko‘tarilishi lozim.
Sovitilgan kremga ko‘pirtirilgan qaymoq qo‘shiladi va rulet orasiga surish uchun tayyor holga keltiriladi.
Biskvit sovigunicha mandarin po‘stidan ajratiladi. Ammo bo‘laklarga bo‘linmaydi.
Sovitilgan biskvitning qizarib pishgan tomoni tepada qolishi uchun aylantirib, pergament olinadi.
Ustini bezash uchun bir qismi olib qo‘yilgan krem biskvitga suriladi. Biskvitning bir chekkasiga mandarinlar bir-biriga tekkizib, qator qilib teriladi. Ularga ozgina krem surilsa, yanayam mazali ta’mga ega bo‘ladi. Keyin biskvit mandarin terilgan tomondan o‘ralib, rulet holiga keltiriladi va 30-60 daqiqaga muzlatgichga qo‘yiladi. Shundan keyin bezatib, bayram stoliga tortish mumkin.
YOQIMLI ISHTAXA
- (1): ŝჩσჩĵฉჩσฑ,
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 09:46:18, 25 Dec 2019