Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/77632-hayotingizda-nimalar-kop-ibratli-hikoya.html?id=63645
Hayotingizda nimalar ko’p? Ibratli hikoya
Xabarlar
Bu hayotda qiyinchiliklar ko’p deydiganlar uchun qisqa hikoya. Xulosa o’zingizdan.
Ustoz O‘quvchini doim qovog‘i osilgan, tushkun holatda ko‘rardi.
Bir kuni Ustoz shunday dedi:
— Shu xonada nima jigarrang tusda bo‘lsa, hammasini ko‘rib eslab qol, keyin menga aytib berasan.
O‘quvchi hamma yoqni ko‘zdan kechirdi.
Xonada jigarrang tusdagi narsalar ko‘p edi: deraza ramkalari, pardailgichlar, turli jihozlar va mayda-chuyda buyumlar…
— Tayyormisan?
— Ha.
— Endi ko‘zingni yum.
— Yumdim.
— Qani, ayt-chi, xonada nimalar ko‘k rangda ekan?
— Bu nima deganingiz?! Jigarrang tusdagi narsalarni sanashni buyurganingiz uchun men ko‘k tusdagilarga umuman e’tibor qilmabman.
Ko‘k tusdagi birorta narsaniyam ilg‘aganim yo‘q.
— Endi ko‘zingni ochib qara: bu xonada ko‘k tusdagi narsalar to‘lib-toshib yotibdi.
O‘quvchi ko‘zini ochdi. Haqiqatan ham, ko‘p narsalar ko‘k tusda edi.
Jigarrang karnizga osilgan pardalar ham, xona o‘rtasidagi stol lampasi ham, qandillar ham, gilam ham – barcha chiroyli narsalar ko‘k tusda edi.
O‘quvchi chiday olmadi:
— Siz meni chalg‘itdingiz. Yo‘qsa, shuncha chiroyli narsa ko‘k tusda ekan – payqamasmidim?
Ustoz kulimsiradi:
— Menga xuddi shu narsa kerak edi. Sen o‘z hayotingda yomon narsalarga diqqat qaratib, atrofdagi chiroyli narsalarni payqamaysan.
— Lekin mening tushunishimcha, hayotdan yomonlik kutib yashasang, yomonlik kelganda shoshib qolmaysan – kutganing bo‘lyapti; agar yaxshilik kelib qolsa, bu senga hayotning kutilmagan sovg‘asi bo‘ladi.
— Yo‘q, hayotda e’tiborni yomonlikka jalb qilar ekansan, faqat yomon narsalarga duch kelasan. Hayotdan yaxshilik kutib yasha, shunda yaxshi narsalar hamrohing bo‘ladi.

+ (1): meer14,
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 17:51:33, 6 Jan 2020