Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/83066-garoyib-mashinalar.html?id=40
G'aroyib mashinalar
Ushbu mavzu khan tomonidan muhokama uchun yopilgan!
Mavzu yopilgan vaqt: 22:57:36, 13 Apr 2020

Xabarlar
[h1]Fotogalereya: G‘alati rekordlar uchun yaratilgan noodatiy avtomobillar[/h1]
Motor o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan rekord o‘rnatish maqsadida nostandart qilib ishlab chiqarilgan avtomobillarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
[h1]Italcorsa / Tarf II[/h1]
Pyerro Taruffi tomonidan qurilgan rekordchi avtomobil. Avtomobilga kuch agregati sifatida to‘rt silindrli, 290 ot kuchiga ega Maserati dvigateli o‘rnatilgan.
Foto: Motor
Tarf II 1951-yilda tayyor bo‘lgan va ikki yil davomida 1 kilometr va 1 mil masofa bo‘yicha yettita jahon rekordini o‘rnatgan. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 298,5 kilometrni tashkil etadi. Keyinchalik mashina qayta jihozlangan (Ferrari 246 Dino’ning olti silindrli dvigateli o‘rnatilgan) va 2012-yilda auksionda 89600 yevroga sotib yuborilgan.
Foto: Motor
Bombshell Betty
Bombshell Betty Jeff Brok tomonidan modifikatsiyaga uchraguniga qadar 1952-yilda ishlab chiqarilgan Super Riviera bo‘lgan. Unga 1950-yilda ishlab chiqarilgan Roadmaster modelining sig‘imi 5,2 litrga teng 8 silindrli dvigateli o‘rnatilgan.
Foto: Motor
Avtomobil 2009-yildan 2013-yilga qadar tezlik bo‘yicha XO/GCC Bonnevil klassida bir nechta rekordlarni o‘rnatgan. Bombshell Betty 2013-yilda soatiga 266,7 kilometr tezlikda harakatlanib, o‘zining eng yaxshi natijasiga erishgan. O‘tgan yili Las-Vegasdagi Barrett-Jackson auksionida avtomobil 36300 dollarga sotilgan.
Foto: Motor
Urbee 2
Urbee 2 avtomobilining dizayni to‘liq aerodinamikaga moslashgan. Bundan tashqari, Urbee 2 Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, dunyodagi eng aerodinamik avtomobil hisoblanadi — old tomondan qarshilik koeffitsienti 0,149 ga teng.
Foto: Motor
Hali bu hammasi emas: Urbee 2 kuzov panellari 3D-printerda chiqarilgan dunyodagi birinchi avtomobil hisoblanadi.
Foto: Motor
Tango T-600
Tango T-600 dunyodagi eng ingichka seriyali avtomobil sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan — ikki o‘rindiqli xetchbekning eni 99 santimetrga teng. Shu sababli avtomobil salonidagi o‘rindiqlar ketma-ket joylashtirilgan.
Foto: Motor
T-600’ning narxi 100 ming dollardan qimmatroq bo‘lib, 100 kilometr tezlikka 4 soniyada chiqa oladi. Maksimal tezligi soatiga 217 kilometrga teng. Akkumulyator batareyalari sabab uning og‘irligi 1430 kilogrammni tashkil etgan.
Foto: Motor
Jey Orbergning limuzini
American Dream (“Amerika orzusi”) deb nomlanuvchi avtomobil dunyodagi eng uzun limuzinni yaratishni istagan Jey Orbergga tegishli. Uni qurishda 70-yillarning oxirida ishlab chiqarilgan Cadillac asosidan foydalanilgan, Orberg uni 26 ta g‘ildirakka o‘rnatib, sedanning uzunligini 30,5 metrga yetkazgan.
Foto: Motor
2012-yilda avtomobil Nyu-Yorkning Autoseum Automotive Teaching Museum muzeyi tomonidan sotib olingan. Hozirda u restavratsiyaga muhtoj.
Foto: Motor
Thunderbolt
Foto: Motor
Ushbu avtomobilga 2350 ot kuchiga ega 12 silindrli bir juft Rolls-Royce aviamotori o‘rnatilgan. U Jon Kobbning Railton Special rekordchi avtomobilini asosiy raqibi hisoblangan. XX asrning 30-yillari davomida kapitan Eyston (Thunderbolt) va Jon Kobb (Railton Special) ushbu avtomobillarda rekord o‘rnatish bo‘yicha o‘rin almashib turgan. So‘nggi rekord Railton Special’ga tegishli bo‘lib, u soatiga 594,7 kilometr tezlikda harakatlangan, Thunderbolt’ning rekordi esa soatiga 575,3 kilometrni tashkil etgan. Bugungi kunga qadar faqatgina uning bitta dvigateli saqlab qolingan — avtomobil yonib ketgan.
Foto: Motor
Edd Chaynaning rekordchi avtomobillari
“Maxinatorlar” ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Edd Chayna o‘zining noodatiy avtomobillarni yaratishga bo‘lgan qiziqishi bilan mashhur. Shu sababli u eng nostandart harakatlanish vositalarini yaratib Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan. Masalan, “dunyodagi eng tezyurar hojatxona”ni aynan Edd yaratgan. U soatiga 85,6 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi.
Foto: Motor
Bundan tashqari, Eddning “eng tezkor divan” yoki “eng tez harakatlanuvchi ofis”i ham mavjud. 2006-yilda qurilgan Hot Desk soatiga 140 kilometr tezlik bilan harakatlanishga qodir.

+ (1): 990646640,
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 22:34:29, 13 Apr 2020