Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/86937-aforizmlar-haqida.html?id=63642
Aforizmlar haqida
Ushbu mavzu Clever tomonidan muhokama uchun yopilgan!
Mavzu yopilgan vaqt: 11:46:39, 22 Jul 2020

Xabarlar
Aforizmlar haqida
Shunaqangi lo‘nda hikmatli so‘zlar yoki maqollar borki, ularni hamma biladi va hamma foydalanadi. Agar bunday hikmatli so‘zlarga barcha kishilar ishonishmaganda edi, ular asrlardan-asrlarga o‘tib kelmasdi.
KVINTILIAN
Lo‘nda fikrlash xalqqa xos...
M. GORKIY
Men maqollardan juda ko‘p narsani, boshqacha qilib aytganda,— lo‘nda fikrlashni o‘rganganman.
M. GORKIY
Inson tafakkuri va tajribasining boqiy xazinalari ming yillar osha so‘zda jamlanadi va abadul-abad yashaydi.
M. A. SHOLOXOV
Ko‘chirmalar, nodir fikrlar va shu singarilar serqirra shishaga qiyos — ular yozuvchilarning asarlarida sochilib yotgan aql, bilim yog‘dularini bir yerga jamlaydi va bu yog‘dularni o‘quvchi ongida o‘zgacha kuch va jonli tarzda mujassamlashtirib beradi.
J. SVIFT
Ayrim fikrlar bir yerga jamlangan nur oqimidek odamni u qadar charchatmaydi.
P. BAUST
Aforizmlar — falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir.
L. N. TOLSTOY
Axloq uzundan-uzun gap, nasihatgo‘ylikdan ko‘ra ixchamgina hikmatli so‘zlarda yaxshi ifodalanadi.
K. IMMERMAN
Aforizmlar hayot daraxtida yetilgan mevadek bo‘lishi kerak.
J. NIZAR
Aforizmlar — ixcham shakldagi donolik, fikr va tuyg‘ular javhari.
U. OLJER
Maqollar ulkan ma’noning uch-to‘rt og‘iz so‘z bilan ifodalangan shaklidir.
T. FULLER
Jamiki hikmatli so‘zlarda tugallik ma’lum darajada qisqa ifoda shakliga qurbon beriladi.
S. JONSON
Aql fikrning bir tutamgina nuri va yog‘dusini to‘plab olib, shu beozor lazzatni hamma narsani sistemaga solish va hamma narsani muhokama qilish kasali bilan xarob etmagani holda undan zavqlangan ma’qul.
A. FRANS
Shunday fikrlar borki, ularni benihoya keng ma’noda qo‘llash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik ko‘pchilikka mos shaklda ifodalangan bo‘lsa, aql va yurakka shunchalik ko‘p oziq beradi, ular shu darajada chuqur his etilgan fikrlar bo‘lib chiqadi.
L. N. TOLSTOY
Axloqiy aforizmlar ma’naviyatdagi mustahkam negizlarni, inson faoliyati va ongidagi sabr-bardosh asoslarini belgilab beruvchi hayotiy majburiyatlarni, turmush donishmandligi, nuqtai nazarlarni qisqa shaklda bayon etadi.
GEGEL
Klassiklardan o‘rganish ajoyib natija beradi, darvoqe, ularda hammavaqt nimadir uchraydiki, u miyangga qattiq o‘rnashib qoladi, qon va jismingga o‘tadi.
Ya. KOMENSKIY
Mutafakkirlarning fikrlari bilan tanishish miya uchun tengsiz mashq: aqlga aql qo‘shadi va fikrni charxlaydi.
I. GERDER
Muxtasar ifodalangan o‘tkir fikrlar hayotni yaxshilashga ko‘p xizmat qiladi.
SITSERON
Teran fikrlar — aqlga o‘rnashgan po‘lat mixdek, ularni sug‘urib bo‘lmaydi.
D. DIDRO
So‘zlar — asrga, fikrlar esa asrlarga tatiydi.
N. M. KARAMZIN
Lo‘nda hikmatli so‘zlar kishilarning miyasiga singib qoladi, ildiz otib, gullaydi, hosil beradi va hamisha ta’sir ko‘rsatib boradi.
F. BODENSHTEDT
Fikr, va hikmatli so‘zlar, xonani bezab turgan gul singari ko‘ngilni bezaydi.
E. KAPIYEV
Go‘zal tashbehlar go‘zal fikrga yarashib, uni avaylab turadi.
V. GYUGO
Hikmatli so‘z kitoblari aqlning mustaqil faoliyatiga nafaqat tazyiq o‘tkazadi, aksincha, mustaqil faoliyatga chorlaydi.
L. N. TOLSTOY
Lo‘nda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni o‘zicha o‘ylashga majbur etadi.
L. N. TOLSTOY
Aksari hollarda yoshlarning men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. O’ylab ko‘rilganlarni o‘ylab o‘tirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olg‘a ketaver. Insoniyatning qudrati shunda.
L. N. TOLSTOY
O’zi bilan o‘zi o‘ralashib, hech kimni tan olmay qo‘yganlarga ta’na bo‘lmasinu, yaxshi fikr qaerdan olinganidan qat’iy nazar, o‘zingning nodon fikringdan ko‘ra afzalroqdir.
F. LAMOTLEVAYYE
Men, ayniqsa, ziddiyatli hodisalarga sinchkovligimni uyg‘otuvchi va o‘sha ziddiyatlarni hal etib beruvchi har turli ixcham hikmatli so‘zlarni qadrlayman.
I. GYOTE
Aqlli odam doimo buyuk kishilar sinovidan o‘tgan yo‘lni tanlashi va eng ajoyib shaxslarga taqlid qilishi kerak, chunki u mabodo o‘sha buyuklik darajasiga ko‘tarilolmagan taqdirda ham har nechuk qittay bo‘lsada, uning yogdusini emadi.
N. MAKIAVELLI

Iltimos mavzu ochayotganingizda avval forumda bunday mavzu bormi yoki yo'qligini tekshirib ko'rishlaringizni maslahat beraman!
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 4 ta
So'ngi faollik vaqti: 11:08:38, 22 Jul 2020