Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/87657-ostonada-qolgan-baxt.html?id=63645
Ostonada qolgan baxt
Xabarlar
Yaqinda ona boʻlar ekanman. Bu xabarni eshitib bir muddat toshdek qotib qoldim.
Na xursand boʻlishni, na xafa boʻlishni bilaman. Yuragimni ezayotgan kuchli ogʻriqlar alamini biroz unutay, deb anhor boʻylab oʻzim ham bilmaydigan manzil tomon odimlab borar ekanman, barcha boʻlib oʻtgan voqealar koʻz oʻngimda kino tasmasidek gavdalana boshladi. Xatolarim esa xuddi oy yuzidagi dogʻ kabi ajralib turardi…
Mening ham barcha qizlar kabi orzu-umidlarim bir jahon edi. Bir xonadonning suyukli kelini, bir insonning sevimli rafiqasi boʻlishni istardim. Lekin bu yoʻl oson emasligi, qiyinchiliklar boʻlishi, ularni yengib oʻtishda sabr va bardosh kerakligi haqida sira oʻylab koʻrmagan ekanman. Yoshim yigirmadan oshib, qoʻshni mahallaning namunali xonadonlaridan biriga kelin boʻldim. Turmush oʻrtogʻim oʻqigan, hamma narsani tushunadigan inson edi. Oilaning yolgʻiz kelini boʻlganim uchun qaynota-qaynonam yeru koʻkka ishonishmasdi. Men oʻzim orzu qilgan baxtga erishdim, deb oʻylagandim. Ertalab uygʻonsam, qaynonam mendan avval turib nonushta tayyorlab qoʻyardi. Kun boʻyi qiladigan ishim ovqat pishirish, uy tozalash edi, xolos. Ammo hayot bir tekis davom etmas ekan. Kelin boʻlib tushganimdan uch oylar oʻtib qaynopamning turmush oʻrtogʻi ogʻir xastalikdan vafot etdi. Shundan keyin ular ikki bolasi bilan biznikida yashay boshlashdi. Avval rahmim kelib hammasiga chidadim, gʻashim kelsa ham ichimga yutishga harakat qildim. Bora-bora sabr kosam toʻldi. Bolalarining uylarni toʻzitishi, erimning ularga tinimsiz sovgʻa-salom koʻtarib kelishidan asabim buzilar, jahlimni zarda bilan koʻrsatib biroz yengil tortardim. Qaynopamning hadeb ishimga aralashaverishini-ku aytmasa ham boʻladi. Bir xoʻp dedim, ikki xoʻp dedim, boʻlmadi. Tez-tez gap qaytaradigan, jerkib tashlaydigan boʻldim. Endi bilsam, oʻshanda opam bilmaganlarimni oʻrgatishga harakat qilgan ekan. Mayli, men gʻoʻrlik qilibman, ammo nega oyim yoʻl koʻrsatmadi, degan savol ichimni tirnay boshladi. Oyimga kunda-kunora qoʻngʻiroq qilib, boʻlib oʻtgan voqealarni gapirib berardim. Ular ham toʻgʻri qilibsan, indamay oʻtirsang boshingga chiqib olishadi, deb meni qoʻllardi. Agar oʻshanda xato qilayotganimni aytib, yoʻlga solganda, hozir farzandimni otasiz qanday voyaga yetkazaman, degan oʻy meni qiynamayotgan boʻlarmidi. Bu alamning oldida boshqa tashvishlar bir zumda ahamiyatini yoʻqotdi goʻyo. Ehtimol, oʻshanda ogʻirroq boʻlganimda, hozir shiringina oilam davrasida bu quvonchli xabarni nishonlayotgan boʻlarmidik.
Oʻsha kuni hovli supurayotgandim, qaynopamning kichik oʻgʻli ortimdan qogʻoz yirtib, toʻzitayotganini koʻrib qoldim. Asablarim tarangligidanmi, oʻzimni toʻxtatib turolmay, “hoy yetimcha, bu nima qilganing”, deb yuziga tarsaki tushirdim. Ayni shu mahal turmush oʻrtogʻim ham ishdan kelib qoldi. Nima boʻlayotganini tushunmay, bir bolaga, bir menga qarardi. Oradan bir daqiqa ham oʻtmay, yuzimga urilgan tarsaki zarbidan nafasim boʻgʻzimga tiqilib qoldi. Kutilmagan bu holatdan oʻzimni yoʻqotib qoʻydim. Nima qilarimni bilmay, darvozadan koʻchaga otilib chiqdim. Ortimdan hech kim ergashmadi. Qandaydir kuch meni uyimgacha yetaklab keldi. Bir ahvolda, sochlarim toʻzib uyga kirib borganimni koʻrgan onam dod-voy solib bagʻriga bosdi. Qani endi oʻshanda koyib, ortimga qaytarib yuborganda. Lekin menga gʻamxoʻrlik qildi, bolamga yaxshi boʻlsin, deb xato qilayotganini anglamadi. Oradan bir kun oʻtib, meni olib ketishga kelgan qaynonamning oldiga yoʻlatmadi ham. “Men qizimni kaltaklashingiz uchun uzatganim yoʻq. Bemalol oʻgʻlingizni boshqasiga uylantirib qoʻyavering”, deb ustidan bir chelak suv quygandek qilib chiqarib yubordi.
Men ham turmushning bunchalar nozik ekanini anglab yetmay, ota uyimda erkaligimni qilib yashab yuraverdim. Dadam ham bittagina qizi boʻlganim uchun kimningdir qoʻl koʻtarishini sira koʻtara olmadi. Mayli, ota-onam bolam deb meni avaylagan ekan, nega oʻshanda oʻzim avval qoʻl koʻtarganimni tan olib ulardan uzr soʻramadim. Endi nima qilaman? Qaynopamning oʻgʻliga “etimcha”, deb qoʻl koʻtarib, oʻzimning farzandimni tirik yetim qilib qoʻygan boʻlsam-a? Yoʻq, men baxtimdan voz kechmasligim kerak. Koʻzim ochildi, kech boʻlsa ham koʻzim ochildi. Xayolimga kelgan bu fikrlardan tanamga kuch yoʻrgʻalab, meni tezroq qadam tashlashga undadi. Xuddi bir joyga shoshayotgan kishidek, uy tomon yoʻl oldim. Olisdan eshigimiz oldida turgan yuk mashinasi eʼtiborimni tortdi. Yuragimga gʻulgʻula oʻrmaladi. Oʻylaganim xato chiqishini shunchalar istardimki, ammo…
Yuk mashina toʻla mening kelinlik sarpolarim ekan. Turmush oʻrtogʻim mendan kechibdi. Opasining dilini ogʻritganimni, jiyanini “etimcha” deb haqoratlaganimni sira unuta olmayotgan emish. Hayronman, oʻzimni baland jarlikdan qulagandek chilparchin sezdim. Qaniydi, hammasi tush boʻlsa, yuzimni yuvib tashlab, yana oʻsha baxtli hayotimda yashashni davom ettirsam. Ammo nazarimda, ancha kech boʻldi. Sovigan koʻngillar endi isimaydi. Eng alam qiladigani esa bu qaygʻular faqat bir menga emas bagʻrimdagi bolamga ham azob berishi. Uni dunyoga
kelmasidan avvalroq tashvishga soldim, baxtidan mosuvo qildim…
Nodiraning kechinmalarini
muallif: Shahnoza ShOJALILOVA
manba :http://quvnoq.net

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 15:40:00, 18 Aug 2020