Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?id=34106&page=1
Telegram kanallarini jonlantirish haqida
Xabarlar
Kanalingiz doim aktiv foydalanuvchilardan iborat bo’lishini hohlaysizmi ? Unda kanalni “o’lik” va “eksponat” foydalanuvchilardan tozalab turing.
“Eksponat” akkauntlar: bir necha oy davomida telegram ishlatmaydigan foydalanuvchilar kiradi. Hozirgi vaqtda: Telegram sabab ovqatlari kuyib ketgan ayollaru, “Erga tegib ketgan” bokiralar kiradi.
“O`lik” akkauntlar : Telegramni tag – tugi bilan o`chirib tashlagan foydalanuvchilar kiradi. Masalan: Ovqat kuyish chastotasi ko`payib ketganidan, erining shapaloq impulsidan bahra olgan ayollar.
Kanalni tozalash
Kanalni keraksiz postlar bilan to`ldirib misoli “axlatxona” ko’rinishiga keltirib qo’ygan bandalar uchun – avvalo kanaldagi postlarni tartiblashni maslahat bergan bo’lar edim.
Kanalni passiv foydalanuvchilardan tozalashga kelsak, bizga @crosser_bot yordamga keladi.
Bu nega kerak?
Hozirda ,O`zbekistonda ochilayotgan yangi kanallarning ko`p qismi nakrutka orqali obunachilarni to`ldirishmoqda. Nakrutka orqali kanallarni asosan “passiv foydalanuvchilar” va “botlar” yordamida to’ldirishadi.
Eslatma uchun: Nakrutka qilingan kanaldan reklama sotib olish — dimlamani puliga gumma yeyish degani.
Crosser_bot nafaqat tozalash ishlarini olib boradi, balki kanal auditoriyasi qanchalik “jonli” ekanligini ko’rsatadi.
Jonli deganda nimani tushunish kerak ?
Deylik, kanalingizda 1000 ta odam bor. Lekin postlaringiz o`rtacha 300 tadan ko`p ko`rilmayapti. Bu – kanalingizda taxminan 750 balki , undan ko`p odam passiv, ya`ni o`lik degani. (Hozir matematika qirollari menga 1000-300 = 700 bo`ladi, 750 qayoqdan keldi deb baqirib qolishadi. Men esa: Kanalga doimiy obunachilardan tashqari, kunlik tashrif buyuruvchilar ham bo`ladi, 50 ta ularni hisobi deyman. Ular yana jim o`tirishda davom etadilar.)
Ular kanal uchun “soxta obro`”, “fonogramma”, “kserokopiya qilingan pul” dan boshqasi emas. Aqlli odam sizning kanalingizdan hech qachon reklama sotib olmaydi.
Demak, passiv foydalanuvchilarni tozalash – kanalingiz obrosini tushirish o`rniga ko`tarar ekan. Ya`ni: “Qozonda bori cho`michga chiqadi” degani akalar.
Crosser_Bot dan foydalanish
1. Avvalo, @crosser_bot ga ulaning va Start tugmachasini bosing
2. Kanalingiz haqida barcha haqiqatni bilmoqchi bo`lsangiz Аудитория tugmachasiga bosing.
Shu joyda, kichik pauza olib, bir narsani eslatib o`tishim kerak : Crosserbot sizga ma`lumotlarni ko`rsatishi uchun uni kanalingiz administratori qilib tayinlashingiz va Yangi adminlar qo`shish huquqi ni berishingiz kerak. Havotir olmang, u kanalingizga ziyon keltirmaydi
3. Crosser_bot ni kanal administratori qilib, kerakli huquq bilan ta`minlagandan so`ng Crosserbot ga kanalingiz manzilini yuboring. Masalan: @dardkashlarim
4. Bir oz kutgandan so`ng, u sizga barcha statistik ma`lumotlarni ko`rsatadi.
Statistika posti tagida «Посмотреть неактивных» tugmachasiga bosing
Bot sizga O`chib ketgan va Aktiv bo`lmagan foydalanuvchilar haqidaga ma`lumotlarni ko`rsatadi.
Ta`bingizga qarab o`zingiz hohlagan tugmani bosing va ularni kanaldan o`chirib tashlang.(Men o`chib ketgan akkauntlardan tozalamoqchiman)
So`nggi harakat : Потвердить удаление tugmachasiga bosish bilan tugallanadi.
Yeb qo`ymay desangiz
Hozir telegram olamida chala adminlar ko`paygan payt. Kanal statistikalari nakrutka qilingan, kontent o`g`irlangan va taxminim bo`yicha miyyasining chap yarim sharlari yaxshi ishlamaydi.
Bir ko`z bilan qaraganda, kanal foydalanuvchilari ko`p, postlar doimiy ravishda qo`shiladi va siz bu kanal aktivligiga ishonib reklama sotib olmoqchi bo`lasiz. STOP!
Kanaldan reklama sotib olishdan avval uning foydalanuvchilari va postlarning o`rtacha necha martta ko`rilganini yaxshilab qarang.
Agar post auditoriyasi 5000 kishini tashkil qilsayu, postlar o`rtacha 3500-4500 atrofida ko`rilgan bo`lsa bu yaxshi kanal. Agar post maksimal – 2000 martta ko`rilgan bo`lsa, ahvol chatoq. Bu kanal nakrutka ning hisobiga kun kechirayapti. U yerdan reklama sotib olsa bo`ladi, faqat juda arzon narxga. Yoki, umuman sotib olmagan yaxshi.
Siz tekshirayotgan kanalning 1-2 kun oldingi postlarini necha martta ko`rilganiga e`tibor bering. Nisbatan aniq ko`rsatkichni – 1-2 kun oldini postlar ko`rsatadi
Ushbu maqola kerakli deb hisoblasangiz Rahmat yoki [+] bosmang, shunchaki Zakladkangizga qo‘shib qo‘ying, kerak paytda izlab yurmaysiz
Manba: webology.uz, uzfor.uz

Rahmat aytdi (2): MR_BaxtiyoR, MrB,
Ayrim kanallani tagiga etiborni tortish uchun kanal ssilkasi qo'yiladi shu ssilkani bosgan odam yangi kanalga o'tib shu bilan birga azo bo'ladi shu nakrutka
MR_BaxtiyoR, # MR_BaxtiyoR (08.07.2018 / 10:50)
Ayrim kanallani tagiga etiborni tortish uchun kanal ssilkasi qo'yiladi shu ssilkani bosgan odam yangi kanalga o'tib shu bilan birga azo bo'ladi shu nakrutkaAdashmang, reklamani bosib o‘tgan foydalanuvchilar haqiqiy hisoblanadi. Suniy ravishda o‘lik akkauntlar va botlar orqali to‘ldirilsa nakrutka deyiladi. Ya’ni bunga misol, telemember, membersgramlar.

+ (1): MR_BaxtiyoR,
Nakrutka - sifatiga tupuring
Barchaga assalomu alaykum. Hafta davomida zerikmadingiz degan umiddaman. Bugun sizlar bilan sayohat qilmoqchiman. Qayerga ? Bu yolg`on dunyoning yana bir afyuni – nakrutka(sun`iy ravishda ko`rsatkichlarni o`zgartirish) olamiga. Qani ketdik
Hammasi nimadan boshlangan edi
Qadim qadim zamonda, hali dinozavrlar qirilib ketmasdan, yirtqich hayvonlar bilan o`txorlar do`st bo`lgan bir paytlarda odamlar telegram kanallarga haqqoniy yo`l bilan obunachilarni to`plashar edi.
Hammasi do`damdan qolgan sxema bo`yicha: Kanal och, unga ma`lumotlarni qo`sh, ilk 200 obunachini kontaktlaringdan jalb qil va postlarni guruhlarda tarqat. Agar, boshlang`ich kapital bo`lsa, reklama sotib ol.
Bu sxema yillar davomida pand bermay ishladi. Natijada telegram olamida yangi ВП(Взаимный пиар)[o`zaro piar hamkorlik] guruhlari ishga tushdi. Endi adminlar kanallarni o`zaro reklama qilishishga kirishishdi.
Orada bir shovvoz chiqib Мега пиар nomli maxluqni o`ylab topdi. Unga ko`ra hamma o`z kanalidagi postlarni tekinga bir guruhda bo`lishishi kerak edi.
Vaqtlar o`tib, Piar tizimi mukammalashib bordi va Подборка(to`plam) lar ishga tushdi. Adminlar kanal obunachilari soniga qarab turli kategoriyaga bo`lindilar. Maxsus bot esa, kategoriyada 5 ta admin kanali yig`ilishi bilan shu 5 ta admin kanalida bitta umumiy to`plam postni obuna qilar edi.
Shunday qilib, kanalni rivojlantirish uchun hamma adminlar tinmay ter to`kib, kechalari uxlamasdan, yemasdan va xojatxonaga kirmasdan ishlashar edi. Topgan foydalarini 75% i ko`zni tiniqlashtiruvchi doriga va buxanka noniga ketar edi.
Nakrutkalar davri
Telegram kanallari qanday ishlashini tubdan o`rganib chiqgan shovvozlar, kanal adminlariga – nakrutka orqali obunachilarni sun`iy ravishda ko`paytirib berishni taklif qilishdi. Kimdir foydalandi, yana kimdir nakrutkachini so`kib, dasturi kuyib ketishini niyyat qildi. To`g`rida, kanalga 100 ta odam to`plash uchun haftalab mehnat qilish kerak. Bular esa, 1 daqiqada mazkur natijaga erishayapti.
Nakrutka avvaliga passiv simkarta raqamlaridagi odamlarni kanalga qo`shishdan boshlanib – robotlar bilan tugadi. Botlar bilan ishlash oson edi. Chunki ularning akkaunti o`chib ketmaydi, kanaldan chiqib ketmaydi va “Nega menu bu kanalga qo`shding,***” deb so`kinmaydi.
Nakrutkaning yana bir turi bu mavzuga aloqador bo`lmagan reklama edi. Bunday reklamalarga ko`zingiz tushgan: “Zarinaning qilgan ishini ko`rsangiz”, “Bu qizni videosi internetni portlatdi, oxirigacha ko`rish uchun buni bosing”, “Kelinning birinchi kechada nima qilganini bilasizmi “ – bu tugmachalarga cheksiz ravishda bosib chiqsangiz ham “Kelinni birinchi kecha nima qilganini” bila olmaysiz(Usha kuni u uxlagan, rahmat shart emas). Bunday reklamalarga 70% odam bosib ko`radi. Natijada begona kanalga a`zo bo`lish bilan yakunlanadi
Endi nakrutkani hamma qiladi
Nakrutka davrining boshlanishi – eski tizim qabilida ishlaydigan yangi dasturlarni keltirib chiqardi. Tanishing, Telemember. Bu dastur huddi klik-klublar usulida ishlaydi. Siz bir kanalga a`zo bo`lasiz, u kanalni admini sizga a`zo bo`ladi.
Telemember qirolligi davrida yaxshi natijalarni ko`rsatdi. Odamlarning orqasidan hali tuvakni izi ketmasdan kanalga 1000lab odam qo`shib tashlashdi. Lekin, yorug` kunlarning birida halollik tarafdori bo`lgan adminlarning duolari ijobat bo`lib, Telemember dasturi ishdan chiqdi. Bunga serverga berigan judayam ko`plab so`rovlar sabab bo`ldi. Qisqa qilib aytganda, foydalanuvchilar ko`payib ketganidan ular o`zi bilmagan holda Telemember serverig DDOS hujum uyushtirishdi.
Uning o`rniga membersgram keldi. Bu dastur Telememberning mukammalashgan va tezkor varianti edi. Aynan hozir, bu dastur yangi kanallarning deyarli 80% oyoqga turmoqda.
Dastur akalaridan tez, sifatli va judayam qulay qilib tuzilgan. Dasturga kirib, kanallarga a`zo bo`lasiz. Har bir kanalga a`zo bo`lganingiz uchun 2 tanga beradi. Tangalar soni 80 taga yetganda, o`z kanalingizga 20 ta obunachi yig`ishingiz mumkin.
Diqqat eslatma! Obuna bo`lgan kanallardan chiqib ketmang! Hech bo`lmasa 2 kun. Aks xolda, Membersgram dagi tangalaringiz kamayib ketadi.
Membersgram – sifatga tupuring, son muhimroq!

Tayota, # Tayota (17.05.2020 / 00:43)
Juda ajoyib maqolalar bölibdi. Yana yozsangiz nur ustiga alo nur bölardiSizni va meni mana shu postlarimiz judayam foydasiz)
Yaxshi bo'lishini Hujandiyni o'zi ham biladi , shunchaki kutish kerak!
Agar aktiv va yaxshi kanal qanaqa bo'lishini ko'rishni hohlasanglar @moodle_of_tuit kanalini ko'rishinglar mumkin. Bez nakrutka

+ (1): Tayota,
Salom doʻstlar. Manda telegramga oid savol bor edi. Telegramda bitta kanal ochib uni faqat oʻzim uchun oʻchirib tashlagandim. Lekin bu kanal hozi boshqalar uchun koʻrinadi. Gap shundaki bu kanalimni hozir topolmayapman. Oʻshani topib toʻliq oʻchirib tashlamoqchiman. Nima qilsam boʻladi?
Har 5 minutda kanalingizga kamida 20 ta odam bepul qoʻsha oladigan saytni bilaman.
Qiziquvchilar lichkaga
Qiziquvchilar lichkaga
https://ru.mrpopular.net/get-free-telegram-subscribers.php
#15 Mana o'sha sayt. Bemalol foydalansa bo'ladi..

+ (1): Ali AVFO Xujandiy,
Nakrutka faqat botlar emas, balki befarq odamlarni loyihalarga jalb qilish hamdir!
Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 19 ta
So'ngi faollik vaqti: 10:45:26, 29 Jul 2022