Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/16097-o039zbek-blogerlari.html?id=11
O'zbek blogerlari
Mavzu fayllari (1)
Xabarlar
Anchadan beri ochmoqchi bo'lib yurgandim, mana nihoyat. O'zbek bloggerlari haqida suhbatlashamiz.
Rahmat aytdi (1): AMIROV,
Bugungi kundagi “blog” tushunchasi inglizcha “web log” — “veb-kundalik” birikmasidan kelib chiqqani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak. Bu ibora boshida “web log”, keyinroq “weblog” holida qo‘llanilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay “blog” holiga kelgan.
Demak, blog — bu, onlayn-kundalik. Blogger esa uni yuritadigan odam. O‘z-o‘zidan, bloggerlik degani blog yuritish ekanligi kelib chiqadi.

Hozirda mashhur bloggerlar: Asadbek Ibragimov (get-money.uz), Azamat Xodjakov (azamat.uz), tanga (pul-ishlash.ru) .......
1. XUSHNUDBEK.UZ– bloggerning shaxsiy qiziqishi va yo’nalishiga asoslangan yaxshi blog: foydali ma’lumotlarga boy, yorqin va ko’p sonli muxlislariga ega. Blogda asosan qonunchilikka oid maqolalar jamlangan. Huquqshunoslik sohasiga qiziquvchilardan tashqari bu blogdan boshqa soha vakillari ham foydali ma’lumotlarni olishlari mumkin.
2. ORBITA.UZ– ilmiy maqolalarga boy bo’lgan bu blog ko’proq ilmiy portal shaklidagi saytga o’xshash tartibda tuzilgan. Shaxsan menga bu blogning ilm bilan bog’liq ekanligi yoqadi. Aniq va tabiiy fanlarga qiziquvchilarning ushbu blogni kuzatishlari foydadan holi bo’lmaydi.

+ (1): Farrux2829,
Muallif: Gulruxsora SANA: Dekabr 30, 2014Uncategorized
“Blog”, “bloger” va “blogerlik” kabi so‘zlarning dunyoga kelganiga hech qancha bo‘lmay, kundalik hayotimizga jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bloglar esa o‘z navbatida “fuqarolik jurnalistikasi” degan tushunchani yuzaga keltirdi. Endi jurnalistika sohasiga ishtiyoqi baland, mutaxassis bo‘lmaganlar ham havaskor jurnalist sifatida internetda o‘z shaxsiy bloglariga ega bo‘lishi, axborot tarqatuvchi sifatida faoliyat yuritishi, o‘zi guvohi bo‘lgan voqealarni yoritish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Blogerlik asli nima? Qachon, qaerdan kelib chiqqan? Ilk blogerlar kimlar va ilk bloglar qanday faoliyat yuritgan? Blogning funksiya va turlari qanday? Jahonda va O‘zbekistonda blogerlarni rag‘batlantiruvchi qanday tanlovlar mavjud? Blogerlikning yutuqlari va imkoniyatlari? Mazkur maqolada ushbu savollarga javob aks ettirilishi ko‘zda tutilgan.
“Blog” atamasi “web log”1 (voqealar internet-jurnali, internet kundalik, onlayn-kundalik) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, internetda nashr qilingan muhokama yoki axborot sayti hisoblanadi. Blogda muntazam yozib boriladi va u matn, rasmlar yoki multimediadan iborat bo‘ladi. Bloglarning o‘ziga xos jihati – bu ularning qisqaliligi, vaqt qiymatiga ega ekanligi va teskari xronologik tartibda joylashishi, ya’ni oxirgi chop etilgan maqola (post, blogpost) eng tepada turadi. 2009-yilgacha bloglar, asosan, yakka mualliflar tomonidan yuritilgan. Keyinchalik bloglar kichik guruhlar tomonidan ham yuritilib, asosan, bir yo‘nalishdagi mavzular yoritilgan. Bunday bloglar ko‘p muallifli bloglar, ya’ni jamoaviy bloglar (multi-author blogs) deb ataladi. Jamoaviy bloglar internetda gazeta-jurnallar, boshqa media nashrlar, universitetlar, “ThinkTank”lar (tahliliy markazlar), advokatlik guruhlari va kichik institut saytlarining tarkibiga blog foydalanuvchilarini jalb qilish va ko‘paytirish maqsadida tashkil qilinadi.
Tvitter va boshqa mikroblog yuritish tizimlarining rivojlanishi jamoaviy bloglar va yakka mualliflik bloglarining ijtimoiy yangiliklar oqimiga uyg‘unlashuviga sabab bo‘ldi. Bloglarning oddiy an’anaviy kundaliklardan farqi – uning ommaviyligi, doimiy o‘quvchilarga ega ekanligi, muallif va o‘quvchi o‘rtasida bevosita muloqot (izoh qoldirish imkoniyati) ning mavjudligi2. Bloggerlar faqatgina bloglariga maqola yozibgina qolmasdan, o‘z o‘quvchilari va boshqa bloggerlar o‘rtasida ijtimoiy aloqalarni o‘rnatadi3. Bloglarni yurituvchi shaxslar blogerlar deb ataladi. Tarmoqdagi barcha bloglar umumlashtirilib “blogosfera” deb ataladi. Bloglar deganda, ba’zan shaxsiy saytlar ham nazarda tutiladi, chunki bunday saytlarda muallifning shaxsiy qarashlari o‘rin oladi.
Blog nima, degan savolga mutahassislar quyidagicha ta’rif berishgan: Ilk bloglardan biri “Scripting News” blogining muallifi Dev Vayner “Garvard Universiteti bloglari: blogni nima blog qiladi” (2003-yil 23-may) nomli maqolasida blogga shunday ta’rif beradi: “Blog – matn, rasmlar, media ob’ekt va ma’lumotlarning xronologik tartibda ketma ket joylashgan ko‘rinishi”. U o‘z fikrini Weblogs yangiliklari saytida chop etgan “Bloglar tarixi” nomli maqolasida rivojlantirib, deydi: “Bloglar gid yordamida bilib boradigan davomiy sayohatning bir ko‘rinishidir. Bu yerda tanlash mumkin bo‘lgan bir nechta qo‘llanmalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z auditoriyasiga ega”4.
Marketing Terms saytida esa blogga “shaxsiy fikr-mulohazalarning tez-tez yangilanuvchi xronologik nashri” deya ta’rif berilgan5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘atida blogga quyidagicha izoh beriladi: “Blog – asosan, muntazam ravishda chop etiladigan yozuvlar, tasvirlar yoki multimediadan iborat veb-sayt. Odatda, bloglar xronologik tartibda joylashtirilgan va uzun bo‘lmagan yozuvlardan iborat. Mualliflariga qarab bloglar shaxsiy, guruhiy (masalan, korporativ) yoki ommaviy (ochiq), tarkibi bo‘yicha esa tematik yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Blogni olib boruvchi shaxslar blogerlar deyiladi. Internetdagi barcha bloglarning jami blogosfera deyiladi”6.
Boshqa bir mutaxxasis, Debbi Veyl, bu atamasi keng ma’noda tushunadi va o‘z fikrini quyidagicha bildiradi: “Blog – o‘z ishonchli taassurotlarini, fikrlarini tahrirlanmagan shakli; tez-tez yangilanib turadigan ma’lumotlarning onlayn jurnali; o‘z o‘quvchilari yordamida yangi jamiyat yaratishning bir yo‘li; talabalarga qanday yozishni o‘rgatish vositasi; mijozlar bilan munosabat o‘rnatishning yangi yo‘li; yirik kompaniyalarda malaka oshirishning yangi shakli; ishsizlarni band qilish yo‘li” deb javob beradi7.
Demak, guvohi bo‘lganimizdek, blog bugun onlayn-kundalik darajasidan o‘sib, yirik ijtimoiy hodisa sifatida shakllanib ulgurdi.
Bloglarning rivojlanishi xronologiyasi 1992-yildan boshlanadi, shu yil Tim Berners-Li tomonidan yuritila boshlagan sahifa ilk blog hisoblanadi, unda muallif yangiliklarni nashr qilib borgan. 1996-yildan boshlab bloglar ommaviy tus ola boshladi. 1999-yilning avgust oyida San-Fransisko shahridagi Pyra Labs kompyuter kompaniyasi blogger.com saytini ochdi, u blog xizmatini ko‘rsatuvchi ilk tekin sayt edi. Hozirgi kunda bloglarning muhim tomoni yozuvlar tuzilishidagina emas, balki yangi yozuvlar qo‘shishdagi oddiylikda ko‘rinadi.
“Veblog” atamasi 1997-yil 17-dekabrda Jorn Barger tomonidan o‘ylab topilgan8. Aynan “blog” so‘zini esa 1999-yilning aprel-may oylarida Peter Merholz o‘zining peterme.com blogida hazilona tarzda yozgan9 va bu so‘z ommaviylashib ketdi10. Pyra Labs kompaniyasi xodimi Ivan Uilyams birinchi marta “blog” (to blog – “blogni tahrirlamoq” yoki “blogga yangi yozuv qo‘shmoq”) atamasini ham ot, ham fe’l turkumi sifatida ishlata boshlagan. Bu esa bloger atamasining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi11.
Bloging ommalashishidan oldin virtual jamiyatda boshqa shakllar ham mavjud bo‘lgan: USENET, tijoriy onlayn xizmatlar– GEnie, BiX va ilk CompuServe xizmati, email ro‘yxati12 va Bulliten Board Systems (BBS, forum).
Hozirgi ko‘rinishdagi bloglar internetdan foydalanuvchilar o‘z hayotlarini yoritib turishadigan onlayn kundaliklardan kelib chiqqan. Ular kundalik yurituvchilar, jurnalistlar, jurnal yurituvchilar deb atalgan. 1994-yilda Swartmore College talabasi Jastin Xoll13 shaxsiy blogini yuritgan Jerri Purnelldek14 ilk blogerlardan hisoblanadi. Dave Vaynersning “ScriptingNews” blogi ham birinchilardan ochilgan15 va uzoq vaqt yuritilgan bloglar sirasiga kiradi16. OAV taxririyatlari tobora qiziqtirib bordi, shu tariqa, 1996-yilda The Australian Netguide jurnali o‘zining veb-saytida “The Daily Net News”17 blogini ishga tushirdi. “The Daily Net News” Avstraliyada joylashgan yangi veb-saytlardagi kunlik tahliliy maqolalar va havolalarni taqdim etib borgan.
Juda sekin rivojlanishni boshlagan blog yuritish yoki bloging 1999-yillardan keyin birinchi blog uskunalari dunyo yuzini ko‘rishi bilan tezkor suratda ommaviylashni boshladi.
1998-yil oktabr oyida Bryus Ablson “OpenDiary” xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Unda zudlik bilan minglab onlayn kundaliklar ishga tushirilgan. “OpenDiary” birinchilardan bo‘lib izoh qoldirish funksiyasini yaratdi, ya’ni boshqalar yozuvchining blogpostiga izoh qo‘sha olardi. Va aynan shu jihat uni jamoaviy blog sifatida mashhur qildi.
1999-yil mart oyida Bred Fitspatrik LiveJournal saytini ishga tushirdi.
Andryu Smales 1999-yil iyul oyida pitas.com saytini yaratdi. Mazkur sayt yangiliklar sahifasini internetga osonroq muqobilini olib kirdi18.
1999-yil sentabrda esa Diaryland sayti uning davomchisi bo‘ldi. Yuqoridagilarda, asosan, shaxsiy kundalik jamiyatlariga e’tibor qaratilgan edi.
PyraLabs xodimlari bo‘lgan Evan Uilliams va Meg Hourihan 1999-yil avgust oyida blogger.com xizmatini ishga tushirishdi (2003-yil fevral oyida Google kompaniyasi ushbu xizmatni sotib olgan).
Bloglarni o‘qish hamda ularga mualliflik qilish – bular ikkalasi ikki xil jarayon hisoblanadi. Blogning yana bir imkoniyati bo‘lmish kommunikatsiya orqali blogning muallifi bevosita muloqotda bo‘la olmagan kishilar bilan aloqada bo‘lib turadi. Yevgeniy Gorniy o‘zining maqolasida19 bloglarning muallif yaqinlari bilan muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, quyidagi sabablar blog o‘quvchilari sonining ortishiga xizmat qilishini keltirib o‘tadi:
axborot olish;
ko‘ngilochar bitiklar;
u yoki bu holat, voqea-hodisaga nisbatan ommaning munosabatini aniqlab borish (aslida, bloglar o‘zining yirik fokus-guruhlarga egaligi bilan mashhur);
ijtimoiylashish uchun bloglarni o‘qib borish, ya’ni o‘zini mashhur insonlar hayotiga tegishli deb hisoblash.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yil 10-mart holatiga ko‘ra, jahon bo‘ylab 175,2 million Tumblr bloglari20 va WordPress tarmog‘ida esa 76 610 933 ta21 bloglar mavjud. Tanqidchilar va boshqa bloggerlarga ko‘ra2223, bugungi kunda Blogger eng mashhur blog yuritish xizmati hisoblanadi, lekin mazkur xizmat o‘z statistika ma’lumotlarini oshkor etmaydi. Technorati blog xizmatida esa 2014-yil 10-mart holatiga ko‘ra, 1 343 398 ta blog ro‘yxatga olingan

Siyosiy ta’siri
2002-yildan boshlab bloglarning muhimlilik darajasi ortdi. Hattoki, siyosiy inqirozlarni keltirib chiqaradigan darajada rivoj topdi. Blogerlar AQSh siyosatida bo‘layotgan har bir voqea haqida maqolalar yozishar, ularga o‘z fikrlarini bildirishardi. Bloglar OAVdan ko‘ra xolisroq, ishonchliroq ma’lumot bera boshladi, chunki blogerlar tashqi ta’sirlardan holi bo‘lib, o‘z ko‘rgan-bilganlarini ochiq-oydin yoza oladi.
Jurnalist Alan Volf “New YorkTimes” gazetasida chop etilgan siyosiy bloglar haqidagi maqolasida shunday fikr bildiradi: “Siyosiy bloglar tufayli xalqaro siyosat yanada globallashdi (ya’ni, bir mamlakat ichidagi voqealar butun jahon e’tiborini tortadigan darajaga yetdi) va internetlashdi. Buning ijobiy tomoni mazkur bloglar tufayli insonlar ko‘proq axborotga ega bo‘ladi va qiziqishi ortadi. Salbiy tomoni esa “virtualga ketish” hukumatga ta’sir etishning an’anaviy usullarining jozibadorligini kamaytiradi, masalan, protest namoyishi”.
Juda ko‘pchilik uchun bloglar – o‘z shaxsiy fikrini bayon etishning yagona xavfsiz va mumkin bo‘lgan vositasi. Senzura, ma’muriy bosim va “xo‘jalik sub’ektlari bahslari” mavjud bo‘lgan mamlakatlarda OAVga amalda hech vaqo qolmaydi, bunday holatda, ayniqsa, bloglar orqali odamlar rasmiy bo‘lmagan qarama-qarshi fikrlarini bemalol bildira olishadi. Qoidaga ko‘ra, bunday holatda barcha ommaviy siyosat maydonlari qisqaradi va asosiy siyosiy masalalar faqatgina norasmiy hal qilinadi. Faol fuqaro holati bilan shug‘ullanuvchi, tanqidiy fikrlovchi kishilar hukumat tomonidan qattiq nazorat qilinmaydigan sohalarda, jumladan, bloglarda o‘z fikrlarini bildirishiga olib keladi.
Tajribali siyosatshunoslar bloglardan quyidagi maqsadlarda foydalanishadi:
– Axborot berish;
– Tarafdorlarini izlash;
– O‘z fikrlarini targ‘ib qilish;
– Teskari targ‘ib qilish;
– Siyosiy raqiblarga qarshi kurashish.
Xillari Klinton, Angela Merkel, Segolen Ruayal va hatto Maxmud Axmadinajot kabi yirik siyosatchilar nomidan ham bloglar yuritiladi. Shuningdek, rossiyalik siyosatshunoslarning LiveJournal blog yuritish tizimida bloglari ko‘paygandan ko‘paymoqda: Nikita Belix, Garri Kasparov, Leonid Nevzlin, Valeriya Novodvorskaya, Sergey Mironov va Vitaliy Tretyakov.
Rasmiy OAV ning o‘ziga xos muqobili sifatida bloglarning axborot yetkazish vazifasi ham ortib bormoqda 27. Iroqdagi urushlar vaqtida amerikalik askarlarning bloglari paydo bo‘ldi, ularda urush harakatlari “teatri”da, aslida, nimalar bo‘layotganini yoritib borishar hamda ularning qarindoshlari va tanishlari tomonidan askar maktublari joylab borilar edi 28 29. Mazkur bloglar AQSh hukumati targ‘ibotiga kuchli zarba berdi. Iroqdagi urushlar haqida yozib borgan eng mashhur bloger piyoda askar Kolbi Bazzel bo‘lib, uning “Kolbi Bazzel urushni ***ga jo‘natadi” nomli blogi juda katta mashhurlikka erishdi 30. Bazzel yurtiga qaytgach, Esquire jurnali uni ishga taklif qildi, 2007-yilda esa u o‘zining “Mening urushim: Iroqda kechgan behuda vaqtim” nomli kitobi uchun mashhur “Lulu Blooker Prize” sovrini bilan taqdirlandi.
2003-yilda e’tiborga molik voqea yuz berdi: Buyuk Britaniyaning Guardian gazetasi o‘zining onlayn versiyasida o‘sha vaqtda AQSh mudofaa vazirining o‘rinbosari Pol Vulfovisning neft yetkazib berish xavfsizligini ta’minlash maqsadida AQSh Iroqqa bostirib kirganligini e’lon qilgan xabarini beruvchi maqolani chop qilgan edi. Mazkur iqtibos jahonning minglab OAVlari tomonidan nusxa ko‘chirildi. Lekin blogerlar bundan tezda xatolik topishdi. Natijada, Guardian gazetasi o‘z uzrini so‘rashga majbur bo‘ldi va o‘zining bosma nashrida bu haqda hech qanday ma’lumot bermaslikka majbur bo‘ldi 31.
Saylovlar vaqtida bloglar turli norasmiy so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlar almashish maydoniga aylanib bormoqda. Masalan, hali OAVda exit-polls (dastlabki ovoz berish) va boshqa so‘rovnomalar natijalari nashr qilish ta’qiqlangan bir vaqtda blogerlar bemalol o‘z ovozlari haqida ma’lumotlarni ulashishadi.
Rossiya hukumati ham “LiveJournal” blog yuritish tizimida salohiyatli blogerlardan o‘z faoliyatini yoritish maqsadida foydalanadi. 2010-yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedovning davlat tashriflari va tadbirlarini “LiveJournal”da “drugoi” tahallusi ostida faoliyat yurituvchi bloger Rustem Adagamov bir necha marta yoritib bordi 32. 2011-yilda esa Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi Vladimir Putinning tashriflariga “Zyalt” taxallusli blogger Ilya Varlamov qatnashgan

Mr_Aleksandr, Birinchidan getmoney va pulishlash saytlari hech qanaqa blog emas bu foyda olish uchun ochilgan saytlar.
Azamat akani sayti esa haqiqiy blog
Azamat akani sayti esa haqiqiy blog
MiniMaster, # MiniMaster (10.01.2018 / 20:36)
Mr_Aleksandr, Birinchidan getmoney va pulishlash saytlari hech qanaqa blog emas bu foyda olish uchun ochilgan saytlar.
Azamat akani sayti esa haqiqiy blogHa to'g'ri
.
Lekin ular ham bloggerlarku

Mr_Aleksandr, # Mr_Aleksandr (10.01.2018 / 21:18)
MiniMaster, Ha to'g'ri
.
Lekin ular ham bloggerlarkuU blogger Blog Ortidagi Mablag'...

Man ham blogerman (MENING BLOGIM: bekuzbekistan.blogspot.com)
Shu bugungacha ikki marotaba blogerlar chempionati o'tkazildi. Ikkinchisida ishtirok etgan edim.
Afsuski shu-shu bo'ldiyu blogerlar o'rtasida ken ko'lamni boshqa tadbirlar o'tkazilmay qo'yildi

Oʻzbek bloggerlari ichida Umid Gafurov
Vloggerlardan : Shaha Dolimov , Nodir Zakirov , Folkeeey (Nazokat ismli qiz ) , Bek Vlogs , MrAziko youtubeda sal yaxshi oʻzbk vloggerlardan ;) Folkeeey yaxshi emasdur nu lekin Normalni

#14 - Bek_Uzbekistan, Xushnud Xudoyberdiyevning twitterdagi habariga ko'ra bloggerlar chempianati yaqin kunlarda yana start oladi!
p.s: Habar 15-fevralda yozilgan.
p.s: Habar 15-fevralda yozilgan.
Sanjarsaid.uz 3 ёшда: блогерлик менга нима берди?
2 соат аввал
Мулоҳаза
51
Бугун интернетда ўз шахсий блогим – sanjarsaid.uz очилганига роппа-роса уч йил бўлди. Бу йиллар давомида блогимда 211 дан ортиқ блогпост жойлаштирдим (айрим постларим маълум сабабларга ўчирилган). Уларга 600 дан ортиқ изоҳлар қолдирилган. Хостинг янгиланган 2017 йил июлидан бугунга қадар блогимга 27,8 минг киши кириб, саҳифаларни 54 минг мартадан ошиқ ўқиган, ҳар бир саҳифа учун ўртача 2,32 дақиқа вақт сарфланган.
Ўз блогимдан ташқари Gazeta.uz, Xabar.uz, Fayzbog.uz, Kun.uz, Arirang.uzсайтлари учун ҳам мақола, блогпостлар тайёрлаганимни ҳисобга олсам, ўтган уч йил давомида кўплаб постларим минглаб маротаба ўқилди, деб айта оламан. Шунингдек, блогларга киритилмаган мулоҳазаларимни Facebook, Twitter, Telegramкаби ижтимоий тармоқ ва месенжерларда эълон қилаяпман. Яқиндан YouTube орқали видеороликлар эълон қилишни ҳам бошладим. Ўзбек блогерлари отахонларидан бири, Ziyouz.com сайти асосчиси Давронбек ака Тожиалиев билан биргаликда «Фейсбук»да жонли эфир орқали «Ҳафта блогерлар нигоҳида» номли лойиҳани бошладик. Унда ҳафта давомидаги энг муҳим хабарлар ва уларга блогерлар муносабати, изоҳи бериб борилаяпти. Жонли суҳбат сўнгра YouTubeга жойлаштирилаяпти.
Блогерлик менга нима берди? Энг асосий ва энг муҳими кўплаб яхши одамлар билан дўстлаштирди. Ғойибона – виртуал дўст-қадрдонларимни аста-секин ҳаётда ҳам кўриб, янада иноқлашаяпмиз. Шу пайтгача кўплаб танловларда қатнашиб, совринли ўринларни қўлга киритдим, блогер сифатида тадбирлар, акцияларга таклиф қилиндим, блогерлик, ижтимоий тармоқлардаги фаолият бўйича семинар-тренингларда тренер сифатида қатнашиб, ўз тажриба ва билимларим билан ўртоқлашдим. Энг катта эришган натижаларимдан бири – 2018 йилнинг 8-18 февраль кунлари АҚШ Давлат департаменти томонидан молиялаштирилган «Медиа ко» дастурида блогер сифатида иштирок этиб, Американинг Бостон, Блумингтон, Вашингтон ва Сиэтл шаҳарларида бўлиб, АҚШ олий таълим тизими билан яқиндан танишдик.
Олдинда улкан режалар, мақсадлар бор. Янги-янги лойиҳаларга қўл уриш арафасидамиз. Айниқса туризм бўйича катта ишларни қилишга тайёргарлик, режалар тузиш, уларни амалга ошириш бўйича ҳамкорлар топиш жараёни кечмоқда. Видеоблогерликни кенгайтириш, видеога олиш ва уни монтаж қилишни ўрганаяпман. Умид қиламанки, кейинги йили худди шу санада бугун олдимга қўйган вазифаларнинг барчасини охирига етказиб, катта натижаларга эришаман. Бунда сиз азизлар, дўстларим, яқинларим, ҳамфикрларимнинг ёрдамларингиз, ишончингиз ва қўллаб-қувватлашингизга муҳтожман. Эътиборингиз учун раҳмат.
Ҳурмат билан Санжар Саид, блогер

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 79 ta
So'ngi faollik vaqti: 00:40:21, 9 Aug 2021