Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/52258-jurnalist-nigohi.html
Jurnalist nigohi
Mavzu fayllari (1)
Xabarlar
Assalomu alaykum, hurmatli forumdoshlar.
Mening kichkinagina telegram kanalim bor, shunga joylangan postlarni bu yerda ham yozib qoldirmoqchiman.
Ozgina bo‘lsa ham foydasi tegadi degan umiddaman.
@JurnalistNigohi

Biriktirilgan fayllar [1]:
— jurnalist_nigohi_3.jpg (2093.38 KB) (166 ↴)

Makarenko qaydasan?
Ha, Makarenko 26 yillikning unutilmas siymosi bo'lib ulgurdi. Gazeta.uz da yozishicha, Mono davlatlar rivojlanmaslikka mahkum emish. Sal oshirib yuboradi-da shu joyiga. Mono davlat kim? O'zbekistonda 88% o'zbeklar yashaydi. Nima u bizni rivojlanmaslikka mahkum hisoblayaptimi? Makarenko qiziq shaxs. To'g'ri, fikrlari ajoyib, lekin negadir men shu insonni maqolalarini hech qiziqib o'qimagan ekanman. Makarenko ajoyib yozadi. Takrorlanmas. Inkor qilib bo'lmas darajada haqiqatni yozadi, inkor qilib bo'lmas darajada asabni o'ynaydi. Aslida hamma o'z haqiqatini qog'ozga tushiradi. Makarenko aytganidek ma'naviyatni qobiq qilib bo'lmaydi.
Aslida ma'naviyat qanday tushuncha? Juda keng yoritsak bo'ladi to'g'rimi?! Lekin menimcha ma'naviyat tor tushuncha. Ha, ma'naviyat biz uchun hozirgi kunda torayib-torayib ketayotgan tushuncha. U barcha ishlarning debochasi deya olamizmi? Yo'q! U insonni o'zgartiryaptimi? Yo'q! Ma'naviyat shunday tushunchaki, qachon inson uni boshqarishni boshlasa u o'z jozibasini yo'qota boshlaydi. Qachon u insonni boshqara boshlasa, inson yo'qola boshlaydi. Qachonki ikkovi birga harakat qilsa, u yashaydi, yashnaydi, yashnatadi. Demak, juda ko'p faylasuflarcha vazdan so'ng bir daqiqa o'zimizga savol beraylik: Men ma'naviyatli insonmanmi?
Javob qidirmang, yetarli. Makarenkoga qaytsak, u kecha kelmadi. Unga alohida priglasitelnaya jo'natmabmiz essiz. Kutgandim. Gaplashmoqni istagandim. Kelmadi, yo'q Gazeta.uz bugungi ma'naviyat beshigi bo'lib hizmat qilayotgan edi. Makarenko shu beshikni yasagan duradgor vazifasida edi. Qani u? 3marta press konferensiya bo'ldi. Birortasida ham kal boshini ko'rsatgani yo'q?. Hurmat qilaman uni. Zo'r yozadi. Ayniqsa, Toshkent zerikarli shahar deb boshlagan jumlasi vah vah vah. Makarenko janoblariga 2 ta qitmir savolim bor edi: Sizning millatingiz o'zbek emas, demak siz mono xalq ichida emassiz shundaymi? Sochlaringizni har doim olib yurasizmi? Bo'ldi shu.
OAV deganda Uz.A Gazeta.uz Kun.uz Davletov.uz larni tushunib boryapmiz. Ular bizga, ma'naviyatga dushmanmi? Ular biz bilan birga harakat qilmog'i darkor emasmikan? Bir-birimizni tanqid qilib, orqadan berkinib maqola yozib chiqarib nimani ko'rsatmoqchimiz? Yoki nimaga erishmoqchimiz? Birga harakat qilaylik, Nikita aka! Bo'ldi, keling matbuot anjumanlarga. Yarashmaydi, uyat qiladi odamlar
Qayerdasan Makarenko?
Ra'no Ibragimova boshqa kim ham bo'lardi☺️?

O'ZBEK o'z haqqini talab qilib "yozsa", "yozuvchi" deymiz.
RUS haqqini talab qilsa "честный" deymiz.
Juda qiziqmizda!
Sherzod Nurmatov
@JurnalistNigohi
RUS haqqini talab qilsa "честный" deymiz.
Juda qiziqmizda!
Sherzod Nurmatov
@JurnalistNigohi
Bir qiz mikroto'lqinli pech eslatmalari qatoriga mushukni uning ichiga solmaslik haqidagi bandi kiritilmaganidan nolib isitgich ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga beribdi. Uning ayblovi asosli deb topilmabdi yakunda. Lekin u barchani o'yga toldira oldi: xo'sh, uy hayvonimiz aziyat cheksa, bunga kim javobgar bo'lishi kerak?!
Din, payg'ambar va muqaddas kitob hech qachon majburiyatdan so'zlamaydi. Ular shunchaki eslatmadir. Qur'oni karimning so'nggi oyatlarini ayta turib Rasululloh shunday deydilar: "Bugun diningizni mukammal qilib berdim". Biz norozilik bildira olishimiz mumkin bo'lgan birorta ham bahsli vaziyat qoldirilmadi. Muqaddas va sahih hadislar yuzaga kelishi ehtimoliy bo'lgan hamma savollarga javob qilib berildi. Oy va Quyosh bir nuqtaga kelib, odamiylar ko'z o'ngida ulkan tog'lar qumga aylantirib yuboriladigan kunda biz yuqoridagi kabi bu eslatma yo'q deya olmaymiz. Ishingizni yuraklarni larzaga keltiradigan quyidagi oyat bilan boshlang: "Mehribon va rahimli Alloh nomi bilan boshlayman".
Mansurbek Ne'matov

Besoqolillarning to'yiga ruxsatnoma
Besoqollilarni barcha tushunsa kerak, men ham 1 hafta oldin tushunib oldim. Xullas, bu g'ayritabiiy sevishganlar prezidentimiz Sh. Mirziyoyevga butun boshli sevgilarini O'zbekistonda jinoyat darajasida ko'rmasliklarini so'rab maktub yo'llashibdi. Nima emish: "Janob Prezident, sevgi bu jinoyat emas! Bizga qarshi qonunni o'zgartirsangiz, biz Vatanga qaytamiz"
Qaytma-ya♀ qolib ket-a o'sha yerda.
Davomi: " Barcha mustaqil davlatlar bu qonunni amalda tatbiq etishmay qo'yishgan. O'zbekistonda ham bu qonun yo'qolishi tarafdorimiz. Bu Sovet davridan sarqitdir."
Ana xolos, yaqinda kelsa agar shular, yana xat yozadi " Janob Prezident, bizni to'yimizni o'tkazib bering. Axir, biz ham teng huquqlimiz." ?
Astag'firulloh, birgina shu kalima yetarli butun boshli xatga! Bu kabi insonlarga kelsak, qo'shtirnoq ichidagi "demokratiya" davlatni qulashga olib keladi! Ma'naviyatni yanchib tashlaydi, xalqni abgor qiladi. Yigitlar yigitlarni sevib qolishi uchun azizlar, to'g'risi kasal bo'lish kerak. Davolash kerak ularni bu ketishda bilmadim u yog'ini o'ylagim ham kelmayapti♀
Ra'no Ibragimova

Besoqolbozlikka boshqa davlatlarda aslida nima uchun ruxsat etilganini yaxshilab tushunib olish kerak. To'g'ri, o'zim ham bu narsaga juda-juda qarshiman. Lekin keling ozgina mulohaza qilib ko'ramiz. Bu qonunni joriy etishda Fransiya birinchi bo'ldi. Dunyoni lol qoldira oldi bu qaror bilan. Xo'sh, bu orqali davlatga qanday manfaat bo'lishi mumkin?
Fransiya yetimxonalarida ota-onasiz bolalarning ko'payib ketganligi va voyaga endigina yetgan fuqarolar orasida turmush qurishni xohlovchilarning keskin kamayib ketganligi uchun shu antiqa uslub qo'llandi. Agar ayol va ayol yoki erkak hamda erkak kishi turmush quradigan bo'lsa, ana shunday bolalarni o'z tarbiyasiga olishi talab etiladi(yetim bolalarni). Kinolarda ko'rib sal bo'lsada tushunamizki, ular uyni tunaydigan joy sifatida bilishadi. Bolalarning aksariyat qismi ota-onalarini deyarli ko'rishmasayam ajabmas. Bizdagi odatlar ularga mutlaqo ahamiyatsiz. Ular bo'lajak kelinlarni tekshiruvlarga olib borib yoki og'irroq buyum ko'tartirib ko'rib sinamaydi davrdan kelib chiqib ko'ngilni xotirjam qilish uchun(nima demoqchiligimni tushundingiz deb o'ylayman). Ularni biz olishni xohlamagan natija qaytanga shubhalantiradi. Ikkita erkak bitta oilaga birlashdi deylik. G'ayritabiiy juftlik bolalar uyidan kimnidir asrab olishga majbur bo'ladi. Ular kun davomida ish bilan mashg'ul bo'lib, yakunda uyga qaytsa farzandi tarbiyasi bilan shug'ullanishiga to'g'ri keladi. Qanday sharoit yaratib berilgani doimiy nazoratda bo'ladi. Tekshiruvchi biror kamchilik sezsa, ularning noodatiy nikohi bekor qilinadi. O'sha ikkita "yigit" ko'chada qizlar bilan yurishni shundoq ham qoyillatishadi. Tabiiyki, bu holat xuddi ikki talabaning bir xonada yashashini eslatadi. Demokratiya deb o'zni hamma ahmoqgarchiliklarga uraverishga batamom qarshiman. Yuqoridagi gaplar esa nima maqsad qilingandi-yu nima deb o'ylashyapti savoliga qisqagina javob edi, xolos.Million yillik qonun parcha-parcha qilib yuborishmoqchi besoqolbozlar. Mavjud bo'lganmi yo'qmi - ibtidoiy odam ham buning yaxshigina farqiga borgan, menimcha. Uy hayvonlarini sevib qolish undanda global muammo.

Bravoni konsertida „Yamaga kirib ketmagin“, „Tog‘da ot mindik“, „Bodring zakuska qilamiz“, „Ahmad+Madina“, „Opani uyidan bitta aka derazadan sakrab qochdi“ kabi xazillarga mazza qilib kulib o‘tirgan qizlarga xayron qoldim. Shu an‘ana sekin sekin normallashib boryapti. 20 yildan keyin bunaqa jamoalar qanday bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Menimcha xammasi kiyimsiz sahnaga chiqadi... Konsertda beldan pastga tushilmaydigan xazillar bo‘ladi deyishgani uchun ko‘rgan edim, xa beldan pastga tushilmagan, tepaga xam chiqishmagan. Bel atrofida to‘xtashgan. Xar safar Million yoki Dizaynni konsertida saviya tushib, odamlarni faqat erotik xazillar bilan yaxshiroq kuldiriladi. Qo‘pollroq qilib aytganda, odamlarni beti qotib, kuchliroq xazillar xoxlayapti. Menga Pushkin bir jahon, lekin qo‘rqqanim, vaqti kelib shunaqa konsertlarni mazza qilib ko‘radigan qizlarga ota-ona bo‘lamiz yoki shunaqa kayfiyatda katta bo‘lgan qizlarga uylanamiz. Bir tomondan olib qaraydigan bo‘lsangiz odamlarga xam yoqyapti, shu Bravoni koserti youtube orqali bir kunda 1 Millionta marta ko‘rilibdi. Endi solishtirib ko‘ramiz, yoshlarga rosa kerakli bo‘lgan o‘zbek tilidagi jami videodarslar necha marta ko‘rilganu, Bravo necha marta...
Endi kanaldagi ayrim xazillar xaqida. O‘ylashimcha biz juda oshirib yubormaymiz. Bizda xam bachkana xazillar bo‘lishi mumkin lekin bizda yengil yumor. Biz „Yama“ ga yaqinlashmaymiz. Nobody is perfect. Yoshlar buzilib ketyapti. Uzr, ichib olsam o‘zi shunaqa ko‘p gapiraman...
Bunyod

To'liq o'qib chiqing
Dinni cheklov deb qabul qilsangiz qattiq yanglishasiz. U e'tiqodi butunlar uchun imkoniyatdir. Sizga kim huquq berdiki, Rasulullohning aytgan nasihatini fikringizga moslab musiqa ta'qiqlangan deb qaror chiqarib qo'yasiz?! Tug'ilgan kun va Yangi yil bayramini nishollash mumkin emas deb yuborasiz. Qaysi oyati karima yoki muqaddas hadis bunga guvohlik berishini aniq ko'rsata olmaysiz-u yana Xudo nomidan gapirasizmi?Yolg'on so'z aytish va guvohlik berish man etilganini bila turib, biror marta ham yolg'on gapirmaganman deb ayta olasizmi? Hatto, zino ham qattiq tavbadan so'ng kechirilishi mumkinligini, ilk yolg'onni Shayton alayhi la'na aytganini o'zingiz ham eshitgansiz. Agar ular majburiyat bo'lganida edi, ro'za oyida quyosh yerni yoritayotgan chog'da og'izlaringiz tikib qo'yilar edi.Yana bir misol aynan shu muqaddas oyda kun davomida Iblis kishanlanib qo'yiladi. Mana bu majburiyat, mana shu cheklovning o'zginasi!Shayton odam qiyofasidagi iblislardan ko'proq umidvor bo'ladi. Haddidan ortiqcha oshgan chog'larida ayollarni esini joyiga kiritib qo'yish mumkinligi haqida aytishardi va bunga hujjat ham mavjud. Lekin hozir "Sevimli" telekanalida efirga uzatilayotgan turk serialidan bir gapni tasodifan eshitib qoldim. Bir imomga yuqoridagi hadis haqida savol berishadi. Shunda u Payg'ambar alayhissalom nega xotinlarini urmadilar unda deb qarshi savol yo'llaydi. U yana shunday dedi: " Allohning rasuli loyiq ko'rmagan ishni nega biz qilishimiz kerak. Axir, u zot har birimiz uchun o'rnak emasmi?! U kishi hatto, ayollarga qattiqroq ham gapirmaganlar-ku". Aslida, yo'nalishim sport jurnalistikasi bo'lsada, o'ylab qarasam din haqida juda ko'p yozib yuboribman. To'g'ri, meni o'zicha aqillilik qilayapti deb hisoblashingiz mumkin. Lekin bitta narsani ham yodingizdan chiqarib qo'ymang: kimdir nima haqidadir fikr bildirsa, bu uning to'laqonli haq ekanligini anglatmaydi. Siz qaysilar xato g'oyalar ekanini bilishingiz uchun ham, avvalo, uni eshitib ko'rishingiz kerak.Barchasi shunchaki shaxsiy qarashingizni shakllantirish uchun bo'lgan urunish edi, xolos. Modomiki, futbol tomosho qilgani sababli emas aynan diniy bilimlari yetarli bo'lmagani tufayli odamlar to'g'ri yo'ldan ozayotgan ekanlar, xo'sh, unda nima sababli biz bu haqida gapirmasligimiz kerak?!

Biz hali-hamon eskicha fikrlayapmiz. O'zimizning shaxsiy qarashlarimiz shakllanmagan, afsuski. Birinchi odamning gaplariga ko'r-ko'rona ergashib ketaveramiz go'yoki yosh bolalardek. Insoniyat har doim oddiy narsani murakkablashtirib , murakkabini esa soddagina qabul qiladi. AQSH iqtisodiyoti va kompaniyalari butun dunyoda hukm surmoqda. Bu imperiya ildiziga bolta uradigan kuch buyog'igayam topilmasa kerak. Bir vaqtlar o'sha gegemonlar: "Odamlar o'zlari nima xohlashlarini bilishmaydi. Ular uchun istaklarni biz yaratamiz", - deya oldiga maqsad qo'yib olgan edi. Buni bir necha yuz yillardan beri muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqdalar. Universitetda men bilan birga o'qiydigan talabalardan biri shunday savol bergan edi: " Nega faqat AQSHni misol keltirishimiz kerak? Nega u kabi bo'lishga intilish lozim? Nima solishtirishga boshqa davlat yo'qmi?". Bu savolning o'zi menga facebook (!) ijtimoiy tarmog'ida bahs paytida yo'llangan edi. Mamlakatimiz hududida va umuman butun jahondagi barcha kompyuterlar Windows, Macintosh yoki Linux (!) operatsion tizimlarida ishlaydi. O'z sohasi bo'yicha bozorimizni shitob bilan egallab olgan Coca Cola, Pepsi va Royal Crown ichimlik ishlab chiqaruvchi brendlari dunyo bo'yicha eng yetakchi mavqega ega. O'zgachaligi va ajoyib dizayni bilan ajralib turuvchi Apple ning iPhone lari haqida alohida to'xtalish shart emas, nazarimda. Raqamli tarmoqda mahsulotlarning elektron savdosi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan Amazon saytini yaxshi bilasiz. Hozirda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avto mashinalar "Chevrolet" logosi bilan harakatlanmoqda. Yuqorida sanalgan barcha kompaniyalar Qo'shma Shtatlar kompaniyalari. Xohishimizni o'zlari belgilab, o'zlari ta'minlayotgan ekan, obro'si eng yuqori pog'onalarda bo'lsa, nega biz ular kabi bo'lishga harakat qilmasligimiz kerak? Maqsadni baland qo'yish darkor. Qattiq va qat'iyat bilan intilsak, o'sha osilgan baland dorimizning o'zi bizni tortib oladi.
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov
Birgina kichik asteroid odamzodning qanchalar ojiz ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Endi nimangga kerila olasan, inson?! O'sha kun kelsa, qo'lingdan nima keladi? Bizdan farqli o'laro u boymi kambag'al, oqsuyak yoki yalangoyoq deb ajratib o'tirmaydi. Qandaydir "qum" uyumining aqli shunga yetganda nega biz shuni tushunmaymiz? Asteroid tushishi haqidagi xabarni eshitib bir hazil esimga tushib ketdi: " Dinozavrlar hamma erkaklarni yeb qo'yadi. Yer yuzi ayollarga qoladi". Bu gap qanchalikka soddalarcha yangrasa, o'sha yangilik mazmuni ham unga ishonganlar ham shunchalik go'l tuyuladi.
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov
Erkin fikr:
Nega obyekt yaxshi tomonga o'zgarishi hamda obod bo'lishi uchun albatta, qaysidir "katta inson" jabrlanishi (va afsuski, o'lishi) shart. Nega shunday? Qachon hamma o'z ishini bilib qilaveradi...
Qoloq hudud yaxshi tarafga o'zgarishi uchun ham katta mansabli kishi borishi kerak. Ungacha qilinmaydi... hech qachon!
Nega shunday? Qaysi davrlargacha o'zimizni o'zimiz aldab yuramiz?
Axir, bu hayotda sizdan tashqari, sizning onangiz, otangiz, aka-uka, opa-singlingiz yashayapti-ku!

Hozirgi zamon Layli-yu Majnun bo'lib sevgi uchun jon fido qiladigan davr emas. Hamma narsani yosh bolalardek hissiyotlarga berilib qabul qilish bugun uchun begona. Muhabbat asosiga quriladigan oilalarning biroz o'tib ajralib ketishiga ham sababchi. Ikki juftlik to'ygacha ko'rishi mumkin bo'lgan barcha qiyinchiliklarni boshidan o'tkazib bo'lgan bo'ladi. Biroz o'tib bir-birlaridan zerika boshlaydilar. Xudo tomonidan betoqat qilib yaratilganmiz. Xuddi kompyuterlar kabi dasturimizdan chetga chiqib keta olmaymiz. Na sovuqqa va na issiqqa ko'nika olmaganimizdan yil fasllari ham tinimsiz almashinib turadi. Biz duch kelishni xohlamaydigan muammolar bo'lmaganida shu havoning o'zi bo'g'ib qo'ygan bo'lardi. Tan oling, bir o'y hammani qiynaydi. Siz tinch va betashvish hayot kechirsangiz-u qolganlar azoblanayotganini hafsalasizgina kuzatib o'tirsangiz. Bu holatga faqat jannatda guvoh bo'lasiz, ungacha shavqatsiz hayot sizni bir lahza bo'lsada tinch qo'ymaydi. Umrimiz kabi undagi hamma narsa vaqtinchalik. Bir ko'rishdagi muhabbat bo'lmaydi. Siz sevib qolgan inson sizdan ustun bo'lsagina birgina nigohdan nimanidir kutish mumkin. Qolgan barcha holatlar ortiqcha o'rganib qolish mahsuli. Bir filmda shunday deyiladi: " Sevgi bu yosh bolalar o'yini". Muhabbatdan o'lar holatga borish esa miyani bunga bolalikdan dasturlashtirib borish (bunda kino filmlarning ulushi yuqori) va tabiiy hamda biologik o'zidan nasl qoldirishga moyillik natijasida yuzaga keladi. Romantikani o'ta qadrlovchi qizlarimizga bu gaplar yoqmayotgan bo'lishi mumkin. Lekin yana bir holat: o'sha yuragingiz yangisi paydo bo'lganda eskisini birdaniga unutib yuboradi va ko'zga yaqinini ideallashtiradi. Bunisiyam qo'ldan chiqqach yana oniy lahzada eskisiga intila boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga qurilgan dunyoda qaysi jihat ustunlik qilishini anglash qiyin emas. Bunday tuyg'ular abadiy emas. Bu dunyoga o'zingizdan nimadir qoldiring. O'z insoniy vazifangizni bajaring. Mavhum o'ylar bilan ko'p ovora bo'lib qolmang.
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov
Ijtimoiy tarmoqdagi profillarga "hikmatli so'zlar"(qo'shtirnoq ichida)ni qo'yib olish juda ommalashdi. Ba'zi birlarini o'qib hayratdan yoqa ushlaysan: nahotki, odamlar shunchalik aqlli bo'lib ketgan bo'lishsa?! Mana o'shalardan biri - "O'lsang tobutingni ko'taradigan do'stlaring bo'lsin". O'ylashimcha, sizda bir o'y paydo bo'ldi:" Xo'sh nimasi yomon? " demoqchidirsiz, balki. Davom etamiz. Bir anchagina ishlov berilgan qabr toshi, sharros quyayotgan yomg'ir va jiqqa ho'l bo'lgan yigitlar "to'dasi". Rasmda ularning ko'pchiligi 25 dan ham oshmaganligini sezish qiyin emas. Haliyam oddiydek tuyulyaptimi? To'g'ri, biz musulmonmiz va har bir kunimizda o'lim haqligini eslashimiz oladigan nafasimiz soni kabi sanoqsiz bo'lishi kerak. Oldin ham aytganimdek, yaxshilab tushunib olmasdan turib hamma narsani o'zingizcha talqin qilishga shoshilmang. Biror yomon ish qilishdan oldin agar hozir shu qabih niyatni amalga oshira turib, nogahon, narigi dunyoga ravona bo'lsangiz va bu eng asosiy imtihonda sizning oyog'ingidan chalishi mumkinligini fahmlasangiz siz bu eslashning foydasini to'g'ri tushunibsiz. Biroq yuqoridagi statusni qo'yib olgan "yigitcha"ning o'yi taxminan bunday bo'ladi: "Agarda hozir men o'lsam, o'rtoqlarim qator-qator bo'lib meni ko'tarib borishmasa nima bo'ladi? Hamma meni yomon odam bo'lgan ekan deb o'ylaydi"(taxminan shunday). Dabdababozlikka shunchalik berilib ketganmizki, o'zimiz ko'ra olmaydigan yoki ko'rishga vaqtimiz bo'lmaydigan vaqt haqida hozirdan bosh qotiryapmiz.
Mening variantim: shu qadar uzoq umr ko'ringki, o'sha ko'tarishi kerak bo'lganlardan oxirgisi siz bo'ling yoki do'stlaringiz bu vaqtda qarib-qartayib tobut ko'tara olmas holatda bo'lsin. Nevara, chevara va evaralaringiz baquvvat qo'llari bilan o'zlari eltib qo'yishsin. Buni yuqoridagi status bilan solishtirib ko'ring. Qaysi ko'proq yoqdi? Esingizda bo'lsa, xorijiy filmlardan birida : "U shunday dabdabani yoqtiradi" - deb turib aktyor itdan qolgan yasama kokilni maxsus quvurlardan quyulgan "soxta" yomg'ir tomchilari ostida dafn qilishardi.

+ (1): iamwedeuz,
O‘zbek xalqining imiji kimlarning qo‘lida?..
“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”.
(Abdulla Avloniy)
Shonli tariximizga nazar solsak, o‘zbek yigitlari o‘zlarining vatanparvarligi, mardligi, g‘ururi va or-nomusi bilan shuhrat qozongan. Nafaqat o‘zbek yigitlari, balki o‘zbek qizlari ham ibo-hayo, andisha va odobi bilan o‘zga xalq vakillarining e’tiboriga sazavor bo‘lgan.
"Obro‘ misqollab keladi, qadoqlab ketadi", deb bejiz aytilmagan. Hozir ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan voqealar kishini ajablantiradi. Xalqimizning yillar, asrlar mobaynida orttirib kelayotgan obro‘yi, imiji ayrim ma’naviyatsiz ishlar tufayli salbiy tomonga o‘zgarmoqda.
OAV da tarqalgan Samarqandlik qizlarning hayosizlarcha olingan videolari o‘zbek xalqining imijiga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Endi yaqin kunlarda sodir bo‘lgan “fanat” qizlarning turk aktyori – Burak O‘zchevitga ko‘rsatgan “iltifotlari”ni izohlashga til ojiz. Burak O‘zchevitning Vatanimizga tashrifi davomida va o‘zbek qizlarining unga bo‘lgan munosabati juda achinarli. Bunday voqealardan so‘ng “o‘zbek qizi”, “o‘zbek ayoli” kabi ohori to‘kilmagan ta’riflarni eshitgan boshqa millat vakillari qanday xulosaga kelishi barchaga ayon... Kishi o‘ylab qoladi... Har holda bunday "fanatlar" ma’rifat, ilm dargohlarida tahsil olishyaptimi yoki...
Har bir ison ma’naviyatni boshqalardan emas, avvalo, o‘zidan boshlashi lozim. O‘zbek xalqi uchun "ayol" or - nomus, g‘urur hisoblanadi. Bu g‘ururning nafaqat boshqa xalq vakillari oldida, balki o‘z xalqi oldida ham poymol qilinishi juda ayanchli hol.
Xalq orasida "Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi", degan naql bor. Ammo “o‘zbek ayoli” bilan birga butun xalqning oynadek tiniq yuziga dog‘ tushiradigan o‘gil-qizlar kurmakdan ham ko‘payib ketyapti, degan gaplar quloqqa chalinadi. Shu o‘rinda aytish joizki, bir-ikki kishining chaqirig‘i da’vati bilan xalq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmaydi. Biz ma’naviyatimizni yuksaltirishimiz, o‘zbek xalqining imijiga, qadriyatlariga dog‘ tushirmasligimiz uchun, eng avvalo, o‘zimizni isloh qilishdan, ma’rifat va madaniyatimizni yuksaltirishdan boshlashimiz kerak.
Jahongir Mardonov

NewMasterUZ, # NewMasterUZ (27.02.2019 / 16:52)
Menimcha bular maqolalalar bo'lsa kerak lekin zo'r ekan o'zingiz yozasizmi?Ba'zilari menga tegishli, ba'zilarini tagiga muallifi yozilgan.

Nihoyat bizda ham zamonaviy ko'rinish va nomga ega "city"lar barpo etish ishlari olib borilmoqda. Hali o'z ko'zimiz bilan ko'rib sifatiga ishonch hosil qilmagan bo'lsakda, bu boradagi umidlarimiz yomon emas. "Tashkent city"ni reklama qilish va xalq orasida ommalashtirish uchun mashhur charm qo'lqop ustasi Mayk Tayson olib kelindi. To'g'ri, uning poytaxtimizga shaxsan tashrif buyurgani haqida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Katta ehtimol bilan u yashash joyidan turib virtual tashviqot o'tkazdi. Har holda, u mashinada sayr qilgan ko'chalar tabiiysidan biroz farq qiladi, shuningdek, Mayk deraza ortiga tikilgan xona o'sha vaqtda tayyor bo'lmasligiga oddiy odamning ham aqli yetadi. Lekin reklamaning qayerda va qay tarzda amalga oshirilishi zarracha ahamiyatga ega emas. Shunga o'xshash hashamatli loyiha "Olmazor city" nomi bilan bunyod etilishi e'lon qilindi. O'zaro raqobat bormidi yoki yo'q bu bizga ma'lum emas, biroq Olmazor innovatsion shahri quruvchilari yuqoridagilardan hech kam joyi yo'qligini ko'rsatish uchunmi Burak O'zchevitni taklif etdi. Faoliyatini model sifatida boshlaganini inobatga olsak, bu loyiha yuziga aylanishga munosib nomzod. Birgina serial orqali shunchalik ko'p muxlisalarga ega bo'lish mumkinligini ko'rib o'zi ham lol qolgan bo'lsa kerak. Bu holatni juda ko'p tanqid qilishdi. Lekin keling, yigitlar, ortiqcha maydalashib ketmaylik. Bu qattiq muxlislikning bir ko'rinishi. Chet ellik san'atkorlarning "Xalqlar do'stligi" saroyidagi konsertlaridagi holatlar xuddi o'shaning biroz kattaroq ifodasi. Biznikilar qilgan bo'lsa, selfi tushish va uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qo'yish yoki OAVning biror bir shaklida mashhur aktyorning yonida turgan holatda namoyon bo'lish uchun qilishdi. Bu shunchaki xalq va kuzatuvchilar orasida obro' orttirish niyatida amalga oshirilgan bir urunish edi, xolos. O'zimizcha bu bilan qo'shni jins vakillari ulardan ustunligimizni yana bir bor ko'rishlarini xohladik. Agar siz G'arbiy Osiyo mamlakatlaridagi fanatiklikni ko'rsangiz shokka tushib qolgan bo'lardingiz. Bu qichqiriqlar odamning tovush paychalaridan chiqayotganiga shubhalanib qolasiz. Modomiki, bu tashrifdan biror "minus" topmoqchi bo'lsangiz, barchasi o'zbek san'ati uchun bo'ldi. Burak hali jahon miqyosidagi yulduz emas. Ammo uning hozirgi darajasi biznikilarning nonini yarimta qilish uchun yetarli bo'ldi. Shu qizlarning bir stol atrofida to'planishini ko'rib chet elda biz haqimizda qandaydir salbiy munosabat paydo bo'lishidan xavotirda bo'lsangiz sizga bir gap aytaman: biz hech qachon va hech kimga biror narsani isbotlashga majbur emasmiz!
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov
Maymundan tarqagan odam, odamdan tarqagan maymun.
Falsafa va dinshunoslik fani darslarida odam qanday yaralgan degan savolga ko‘pchilik "maymundan tarqagan" fikr ham yo‘q emas deydi. Ammo, lekin, biroq biologikaga ko‘ra odam sut emizuvchilar sinfi, gomenid oilasiga mansub primat turi deya tariflanadi. Bu turkumga esa maymun ham kiradi. Demakki odam ham maymun ham bitta turkumga (primat) mansub tur hisoblanadi. Hisobga ko‘ra odam maymundan tarqamagan.
Lekin, maymunsifat odamlar bor, ko‘cha kuyda axlat qutisi sifatida ariqdan foydalanuvchi ko‘rinishida uchraydi.
Endigi galda, odamdan tarqagan maymunlar haqida yozadigan bo‘lsam, ba'zilari moshinada yursa ota onasi hassada yuradi, ba'zilari esa qanot chiqarib oyog‘i yerdan uzilib qolgan, ba'zilari esa galstukka bog‘lanib kostyum-shim ichida uchraydi.
Qisqasi, maymunlar "odam"lardan yaxshi, chunki ular go‘sht yemaydi (yeydiganlari bor, lekin asosiy ozuqasi go‘sht emas). Odamlar-chi?! Yeydi, hatto o‘zlarining go‘shtini o‘zlari yeydi.
Nimaga bunday qilishini, nimani talashayotganini o‘zi bilmaydi.
Tegadigan nasibamiz 2 va 30 ku.
Sherzodiy

Hovuz ichidagi tosh ustidagi zamburug‘.
Universitetimizda balig‘i bor hovuz bor. Tagi va atrofi tosh bilan o‘ralgan. Suvi yangilanib turadi. Baliqlar suzadi.
Bugun nazar solsam hovuzga tubidagi toshlarni zamburug‘lar qoplabdi.
Zamburug‘ - yerdagi ilk tiriklik namunasi.
Yer yuzida suv yo‘q edi bir paytlar, koinot uzra aylanib uchgan bo‘lak muz urilib yerga, yerda suv paydo bo‘ldi.
? "Biz osmondan o‘lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik". (Mo‘minun - 18).
Yerdagi tuproq suv bilan qorishib loy bo‘ldi, loydan esa ham o‘shandek zamburug‘ o‘sib chiqdi.
Ha, tuproqdan chiqib tuproqqa kiramizda.
Tegadigan nasibamiz 2 va 30.

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 32 ta
So'ngi faollik vaqti: 17:39:25, 3 Nov 2019
Mavzu moderatori: SHERLOCK